O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti xayrullayeva dilafro‘z azamat qizi xorazm o‘zbeklarining oilaviy marosimlari mavzusi tarixshunosligi


Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi


Download 406.69 Kb.
bet4/12
Sana20.08.2023
Hajmi406.69 Kb.
#1668768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Shayboniylar

Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Tadqiqot ishi kirish, uch bobdan tashkil topgan asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat. Dissertatsiyaning umumiy hajmi 73 betni tashkil qiladi.
1.1. Oilaviy marosimlar turlari va u bilan bog‘liq an’analar
O‘zbek xalqining urf-odat va marosimlari asrlar bo‘yi o‘zbeklar millatining tashkil topishida ishtirok etgan barcha qabilalar va elatlarning madaniy malakalari va an’analarining uyg‘unlashuvidagi murakkab jarayonlar oqibatida tarkib topgan. Ular o‘ta o‘ziga xos, yorqin va turli-tuman bo‘lib, urug‘chilik patriarxal munosabatlaridan kelib chiqadi. Urf-odatlarning ko‘pchiligi oilaviy hayotga oid bo‘lib, bolaning tug‘ilishi va tarbiyasi (beshik to‘yi, xatna qilish), nikoh (fotiha to‘yi, to‘y) bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ensiklopediyada marosimga quyidagicha ta’rif beriladi: marosim – 1) diniy yoki an’anaviy urf-odatlar munosabati bilan o‘tkaziladigan ma’raka, yig‘in: diniy marosimlar, to‘y marosimlari, dafn marosimi va boshqalarni o‘z ichiga oladi. 2) tantanalar bilan o‘tkaziladigan rasmiy yig‘in: yubileylar, mukofot berish marosimi, haykalning ochilish marosimlari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Marosim inson hayotida muhim hodisalar sodir bo‘lganida vujudga keladi va kishilar hayotidagi eng muhim voqealarni (masalan, tug‘ilish, uylanish, o‘lim) qayd etadi, rasmiylashtiradi. Fanda qabul qilingan o‘ziga xos mezonlarga ko‘ra insoniyat hayotining muhim burilish nuqtalari bilan bog‘liq tarzda o‘tkaziladigan tadbirlar oilaviy marosimlar deb yuritiladi.
I. BOB. XORAZM O‘ZBEKLARINING OILAVIY MAROSIMLARI TURLARI VA UNING O‘RGANILISHI
Marosim arab tilidagi “marsum” ((ﻤﺮﺴﻭﻡ so‘zidan olingan bo‘lib, 1 – chizilgan; 2 – rasm qilingan; 3 – odat bo‘lgan ma’nolarini anglatadi. Muayyan qoidalar asosida chizilgan, millat tomonidan rasm qilingan va odat tusiga kirgan tadbirlarni esa shartli ravishda uch turga bo‘lish maqsadga muvofiqdir. 1. Oilaviy marosimlar. Ular, odatda, biror shaxs yoki oila a’zosi hayotidagi muhim voqealar munosabati bilan amalga oshiriladi. Oilaviy marosimlar ishtirokchilari qarindoshlar, quda-andalar, do‘stlar, tanish-bilishlar, qo‘shnilar va mahalladoshlar ishtirokida o‘tadi.
2. Tabiatda ro‘y bergan o‘zgarishlar, muayyan odat, rasm-rusum bilan aloqador va ma’lum darajada zarurat oqibatida tashkil qilinadigan marosimlar. Bunday marosimlar bahor, yoz, kuz, qish fasllarida uyushtiriladi. Ularda biror qishloq, mahalla, tuman aholisi qatnashadi. “Shox moylar”, “Sust xotin”, “Choy momo”, “Darvishona” kabilarni shular jumlasiga kiritish mumkin.
3. Umumxalq bayramlari munosabati bilan tantanali ravishda o‘tkaziladigan marosimlar. Bunday marosimlarga Mustaqillik bayrami, Navro‘z bayrami, Iydi Ramazon, Iydi Qurbon, Hosil bayramlari nisbat beriladi. Umumxalq bayramlari butun mamlakat miqyosida nishonlanadi. Har bir oila bunday marosimlarga o‘zining hissasini qo‘shishga harakat qiladi.
Oilaviy marosimlar ichida bola tug‘ilishi va uning tarbiyasi bilan bog‘liq marosimlar tarixshunosligini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. O‘zbeklar orasidagi ayolning homiladorlik davri bilan bog‘liq urf-odatlarga ko‘ra, ona o‘z homilasini yovuz kuchlar xurujidan omon saqlashi uchun muayyan tartib-taqiqlarni bajarishi lozim bo‘lgan. Bu qoidalarga yoki taqiqlarga muvofiq homilador ayolning qorong‘ida (oqshom) yolg‘iz yurishi ma’n qilingan; homilador ayolga bolasi o‘lgan yoki tug‘maydigan xotinlar izini bosish taqiqlangan. Homiladorlik davridagi ona bilan bolani yovuz kuchlar ta’siridan saqlashga qaratilgan afsungarlik ko‘rinishlari animistik e’tiqodlar asosida paydo bo‘lgan. Chaqaloqning sog‘lom va tetik bo‘lib o‘sishi uning ona qornidalik davridayoq balo-qazolar, yomon ruhlardan qanchalik mustahkam himoya qilinishiga bog‘liq degan ishonch ana shu turdagi afsungarlik ko‘rinishlari vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.
Yevropa xalqlarida ham yaqin kunlargacha homiladorlik davrlida ayollar yovuz kuchlar tasirida bo‘ladi, degan tasavvur bo‘lgan.Shu bois tug‘ilajak bola va onani ushbu xavfdan himoya qilish uchun ona afsun-duolar asosida qilingan tumorlar taqishi lozim deyilgan.

Download 406.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling