O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti xayrullayeva dilafro‘z azamat qizi xorazm o‘zbeklarining oilaviy marosimlari mavzusi tarixshunosligi


Nikoh to‘yi marosimlarning mustaqillik davri va xorijiy tadqiqotlarda yoritilishi


Download 406.69 Kb.
bet9/12
Sana20.08.2023
Hajmi406.69 Kb.
#1668768
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Shayboniylar

2.3 Nikoh to‘yi marosimlarning mustaqillik davri va xorijiy tadqiqotlarda yoritilishi
O‘zbekiston mustaqilikka erishgandan so‘ng etnologiya va etnografiya fani doirasida bajarilgan ilmiy nashrlar yangi nazariy-metodologik yo‘nalishlari va turli-tuman keng mavzularda bajarilganligi bilan ajralib turuvchi alohida uchinchi guruhni tashkil qiladi.
Bu davrga kelib nikoh va oilaga bag‘ishlangan qator tadqiqotlar yaratildi. Xususan, I.Jabborovning etnografiya faniga doir bir qator kitoblarida o‘zbek xalqi turmush tarzi, nikoh to‘yi bilan bog‘liq oilaviy marosimlar, urf-odatlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida atroflicha materiallar mavjud.
Nikoh to‘ylari va ularda ijro etiladigan folklor qo‘shiqlar masalasi sovet davri mualliflaridan M.Alaviya va B.Sarimsoqovlarning asarlarida, mustaqillik davrida H.Ismoilov, G.Mardonovalarning asarlarida, S.Davlatov, N.Quranbaeva, O.Ismonova, F.Haitova L.Xudayqulovalarning dissertatsiyalarida keng yoritilgan. Ayniqsa, N.R.Quranbaevaning Xorazm to‘y qo‘shiqlari mavzusidagi dissertatsiyasidan tadqiqot ishimiz davomida nikoh to‘yi jarayonlari haqida yanada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishga muvaffaq bo‘ldik.
Nikoh to‘yi marosimlari paytida kiyiladigan an’anaviy liboslar masalasi yuzasidan N.Sodiqova, S.Davlatova, Sh.Nurullaevalar ning ma’lumotlaridan foydalanildi. Ayniqsa, Sh. Nurullaevaning “Xorazm an’anaviy kiyimlari” nomli monografiya va albomida Xorazm vohasida nikoh marosimlarida kiyiladigan kiyimlar haqida keng ma’lumot berilganini ko‘rish mumkin.
Marosim taomlarini o‘rganish va yoritishda K.Sh.Shaniyazov, G.Sh. Zununova, A.Ashirovlarning shu sohaga tegishli adabiyotlari bilan bir qatorda S.Matkarimovaning ilmiy maqolalaridan ham foydalanildi
II bob xulosasi
Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, Mustaqillik davrida O‘zbekistonda milliy qadriyatlarni tiklash, rivojlantirish, xalq ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilab berildi. Muammoni teran va atroflicha tadqiq etish nafaqat ilmiy, balki siyosiy ahamiyatga ham ega bo‘ldi. Negaki, milliy qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma’naviy asoslardan ekanliga amin bo‘ldik. Zero, milliyligimiz bizning tariximizni, madaniyatimizni, an’analarimizni, boy ma’naviyatimizni jiddiy o‘rganish va ularni jahon hamjamiyati e’tiboriga yetkazish natijasida amalga oshiriladi. Shular natijasida bir qancha tarixchilarimiz tomonidan ilmiy tadqiqotlar qilingani va xorijlik olimlarning asarlari qiyoslangani va taxlil qilinganini ko‘rishimiz mumkin.

Download 406.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling