O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti xayrullayeva dilafro‘z azamat qizi xorazm o‘zbeklarining oilaviy marosimlari mavzusi tarixshunosligi


Farzand tug‘ilishi va bola tarbiyasi bilan bog‘liq oilaviy marosim va urf-odatlar tarixshunosligi


Download 406.69 Kb.
bet5/12
Sana20.08.2023
Hajmi406.69 Kb.
#1668768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Shayboniylar

1.2. Farzand tug‘ilishi va bola tarbiyasi bilan bog‘liq oilaviy marosim va urf-odatlar tarixshunosligi
Chaqaloqning dastlabki «qorin sochi»ni olish ham katta tantanaga aylangan. Ajdodlarimiz “Sochda odamning joni, kuch-qudrati, magik quvvati mujassamlashgan” deb tasavvur qilganlar. Ular bolaning qorin sochlarini olishdan cho‘chib, piru badavlat, ko‘p farzandli, keksa yoshli onaxonlarimizga oldirganlar va uni asrab­-avaylab mevali daraxt tagiga ko‘mganlar. Tojiklarda xam bolaning dastlabki olingan sochi asrab-avaylab matoga o‘ralib, mevali daraxt shohiga (chaqaloq ham ushbu daraxt kabi hosil bersin degan niyatda) osib qo‘yilgan. Bunda biz inson sochi bilan jon tushunchasining bog‘langanligini, qolaversa sochni mevali daraxt tagiga ko‘mish bilan serpushtlik e’tiqodini ko‘ramiz.
Qozoq elshunosi A.Toleubaev bolaning dastlabki sochini olishdagi o‘ziga xos g‘amxo‘rlikni persional magiya bilan bog‘laydi. Soch bilan bog‘liq bunday odat dunyoning ko‘plab xalqlarida saqlanib qolgan. Dunyo xalqlari etnografiyasiga oid adabiyotlarda soch magiyasi bilan bog‘liq ko‘plab ma’lumotlar uchraydi. Mashhur elshunos J. Frezerning yozishicha, ibtidoiy odam o‘zining sochini tanasining ajralmas qismi, ya’ni jonli narsa deb bilgan.
I bob xulosasi
Yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan kelib chiqib quyidagilarni xulosa qilish mumkin. Ushbu turkum marosimlar o‘ziga xosligi, tarixi bilangina farqlanib qolmay, balki etnomilliy va diniy marosimlarga boyligi jihatidan ham ushbu turkumga kiruvchi o‘zga marosimlardan ajralib turgan. Aynan mazkur turkumga kiruvchi urf-odatlar va marosimlarda biz islomiy an’analar bilan islomgacha bo‘lgan diniy e’tiqodlar–totemizm, animizm, fetishizm, afsungarlik, shomonlik, zardushtiylikka oid e’tiqodiy qarashlarning o‘zaro sinkretlashgan ko‘rinishlarini kuzatdik. Shuningdek, ushbu turkum marosimlaridagi afsungarliklar orqali avvalo bo‘lg‘usi avlod ya’ni tug‘ilgan chaqaloq sog‘ligini saqlashga qaratilganligini kuzatish mumkin. Zarar yetkazuvchi afsungarlik to‘g‘risida so‘z borganda shuni ham e’tiborga olish lozimki, ko‘pincha u yoki bu kishiga yovuz kuchlar ta’siri bilan emas, balki odamning “kasallig” (masalan, bepushtligi) o‘zi xohlamagan holda boshqaga o‘tishi mumkin deb hisoblangan.

Download 406.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling