O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti xayrullayeva dilafro‘z azamat qizi xorazm o‘zbeklarining oilaviy marosimlari mavzusi tarixshunosligi


II BOB. OILAVIY MAROSIMLAR BILAN BOG‘LIQ URF-ODAT VA AN’ANALARNING MANBASHUNOSLIGI VA TARIXSHUNOSLIGI


Download 406.69 Kb.
bet6/12
Sana20.08.2023
Hajmi406.69 Kb.
#1668768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Shayboniylar

II BOB. OILAVIY MAROSIMLAR BILAN BOG‘LIQ URF-ODAT VA AN’ANALARNING MANBASHUNOSLIGI VA TARIXSHUNOSLIGI
2.1 Nikoh to‘yi marosimlari bilan bog‘liq urf-odat va an’analarning qadimgi yozma manbalar va tarixiy-etnografik asarlarda yoritilishi.
Oilaviy marosimlar bilan bog‘liq ko‘pgina elementlar asli relikt shaklida saqlanib kelgan ibtidoiy jamoachilik urf-odatlaridan, masalan, sehrgarlik (magiya), tabiatga va hosildorlik ma’budasiga sig‘inish, olov va o‘choq ibodati, ajdodlarga sig‘inish, turli demonologik tasavvurlardan iborat. Ana shunday qarashlarni o‘zida mujassam etgan “Avesto” nikoh, oila qurish va u bilan bog‘liq jarayonlar haqida ma’lumot beruvchi ilk yozma manba hisoblanadi. Zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoda oila qurishda, jufti halol tanlayotgan vaqtda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik, ota-ona va qarindoshlar maslahati bilan ish yuritish borasida ahamiyatga ega bo‘lgan mulohazalar bildirilgan. Biroq, zardushtiylikda nikoh munosabatlari to‘liq tartibga solingan bo‘lsada, uning ayrim salbiy tomonlari ham mavjud edi. Bu salbiy holatlarni tanqidiy tahlil qilish hozirgi kun nikoh munosabatlari masalasida g‘oyat katta ahamiyatga egadir.
Mazkur tadqiqot ishi mavzusiga oid manbalardan islom dinining muqaddas kitobi Qur’oni Karim va hadislar to‘plamini ham kiritish mumkin. Xususan, “Qur’oni Karim”ning “Baqara”, “Niso”, “Moida”, “Nur”, “Rum”, “Ahzob” va boshqa suralarining bir necha oyatlarida oila va nikoh, er-xotinlik masalalari bayon etilgan. Hadislardan esa nikoh marosimlarining shariat asosidagi yo‘l-yo‘riqlarini o‘rganish mumkin.
Maxmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida, nikoh to‘yi bilan bog‘liq bir qancha so‘zlarning izohi keltiriladi. Xususan, “sovchi” – kelin va kuyovlar orasida bir-biriga xat-xabarlar eltuvchi, “barmak” – berishdi, “ular bir-biriga qiz berishdi”, “qalin” so‘zi “qaling” tarzida,“boldiz” – kuyovning singlisi kelin uchun, kelinning singlisi kuyov uchun “boldiz” sanaladi kabi so‘zlar shular jumlasidandir.

Download 406.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling