O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti xayrullayeva dilafro‘z azamat qizi xorazm o‘zbeklarining oilaviy marosimlari mavzusi tarixshunosligi


III BOB. OILAVIY MAROSIMLAR VA UNING AHAMIYATI


Download 406.69 Kb.
bet10/12
Sana20.08.2023
Hajmi406.69 Kb.
#1668768
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Shayboniylar

III BOB. OILAVIY MAROSIMLAR VA UNING AHAMIYATI
3.1 Oilaviy urf-odat va marosimlar: turli xil yubileylar va kundalik bayram tadbirlarining o‘rganilishi
Marosim va bayramlar inson hayotining yo‘ldoshi hisoblanadi. Ular odam tug‘ilganidan to vafotigacha, umrining eng muhim voqealariga bag‘ishlab o‘tkaziladi. Har bir kishining hayotida shaxsiy hayotida shunday muhim voqelar, bosqichlar mavjudki, ular alohida e’tiborni, xursandchilikni talab qiladi. Bunday hayot bosqichining har biri alohida-alohida bayram va tantana tarzida nishonlashni taqozo etadi. Insonnning hayotidagi ana shunday voqealarga chaqaloqning tug‘ilganini nishonlash, unga ism qo‘yish, birinchi tish chiqishi, birinchi soch oldirilishi, ilk bora maktabga borishi, o‘rta maktabni bitirish tantanasi, ilk maosh tantanasi, nikoh to‘yi, kumush, oltin va olmos to‘ylari, pensiyaga tantanali kuzatish kabi marosimlar kiradi. Bu kabi marosim va bayramlar haqida U.Qoraboev “O‘zbekiston bayramlari” asarida ma’lumot berib o‘tgan

Oilaviy marosimlar ichida farzandlarni birinchi sinfga qadam qo‘yishini nishonlash kabi udumlarni ham uchratdik va ular vohada “Papka palov” deb nomlanadi. Bu juda kichik bir tadbir bo‘lib, asosan oilada yoki bir ikkita yaqin qo‘shni, yoki yaqin qarindoshlar bilan birgalikda nishonlanadigan tadbirdir. Bu marosim keng urf bo‘lmagan va ayrim xonadonlarda o‘tkaziladi xolos. Shunday bo‘lsada farzandi maktabga chiqqan oilalarga “Papka palov” ni qachon yeymiz, kabi hazilomuz gap-so‘zlar qilinadi.

  • Oilaviy marosimlar ichida farzandlarni birinchi sinfga qadam qo‘yishini nishonlash kabi udumlarni ham uchratdik va ular vohada “Papka palov” deb nomlanadi. Bu juda kichik bir tadbir bo‘lib, asosan oilada yoki bir ikkita yaqin qo‘shni, yoki yaqin qarindoshlar bilan birgalikda nishonlanadigan tadbirdir. Bu marosim keng urf bo‘lmagan va ayrim xonadonlarda o‘tkaziladi xolos. Shunday bo‘lsada farzandi maktabga chiqqan oilalarga “Papka palov” ni qachon yeymiz, kabi hazilomuz gap-so‘zlar qilinadi.
  • Oiladagi o‘g‘ilmi, qizmi farzandni o‘n ikki yoshga yetganida nishonlanadigan “Muchal to‘yi” yoki “Muchal yoshi” deb nomlangan oilaviy marosim ham mavjud bo‘lib, u ham oila va asosan tengqur do‘stlar davrasida o‘tkaziladi. Bu ham kichik marosim tadbir bo‘lib, deyarli ko‘pchilik oilalarda imkon qadar o‘tkaziladi. Ijtimoiy qonuniyatlarga ko‘ra, hayotda bo‘layotgan har bir muhim ijobiy o‘zgarish ularni alohida marosim yoki bayram sifatida nishonlashni taqozo etadi. Shuning uchun ham yosh avlodni keyingi hayotida o‘zgarishlarga asos bo‘ladigan muhim voqea, bolalikdan o‘smirlikka o‘tish, muchal o‘shini nishonlash sifatida maxsus marosim, tantana darajasiga ko‘tarila olgan.

Respublikamizning boshqa hududlarida bo‘lgani kabi Xorazmda ham payg‘ambar yoshiga yetganligini ya’ni 63 yoshini nishonlash keng urf bo‘lgan. Bunday marosimlarda asosan mahalla, qishloq keksalari, mulla va domlalar ishtirok etishib, ziyofat beriladi. Tadbir so‘ngida Qur’on tilovat qilinadi, xonadon egalarining ota-bobolari ruhiga fotiha o‘qiladi. Mo‘tabar yoshga yetgan onaxonlarning ham o‘zlariga yarasha oilaviy marosim tadbirlari borki, u xalqda “Lachak to‘yi” deb nomlanadi. Avvallari bu marosim kelinlar farzandli bo‘lgandan keyin o‘tkazilgan bo‘lsa, keyinchalik yoshi ulug‘ momolarga bu marosim tadbiri o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bunda oilaning barcha a’zolari, qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shni va boshqa yaqin do‘st-birodarlar (asosan ayollar) ishtirok etishgan va marosim egasini davra o‘rtasida qo‘yib, unga lachak o‘rashgan. Lachak o‘rash mobaynida xalfa marosim qo‘shig‘ini ijro etib turgan, mehmonga kelgan xotin-qizlar, marosim egasiga boshiga ro‘mol tashlagan.

Download 406.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling