O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Kommunikativ kompetentsiyani shakllantiruvchi oʼyin


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/253
Sana22.08.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1669088
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   253
Bog'liq
To\'plam 2023 oxirgi. O`zmu

Kommunikativ kompetentsiyani shakllantiruvchi oʼyin 
"Mening muhitim" o'yini 
Mavzu: Egalik kelishigi 
Ingliz tili darslarida oʼyin texnikasi oʼquvchilarga yangi materialni samarali 
oʼzlashtirishga yordam beradi. Mana, taʼlim oʼyinining variantlaridan biri. Oʼyin 
oldindan tayyorgarlikni talab qilmaydi. Masalan, shunga oʼxshash narsani 
ayting:Bu oʼyinlar juda xilma-xil. Ular reja asosida yoki kalit soʼzlar, 
diagrammalar, jadvallar va chizmalar asosida matnni tuzish, suratlarni tavsiflash, 
qiyoslashga asoslangan. Ushbu oʼyin usuli va xususiyatiga koʼra, matnli, rolli, 
taqlidiy-namunaviy va musobaqa oʼyinlariga boʼlish mumkin. Mana ulardan 
baʼzilari: 
'I'm Alexandr's daughter, Tatiana's cousin, Victor's colleague, Julia's friend and 
Michael's neighbor. 


483 
Keyinchalik, oʼquvchilardan imkon qadar koʼproq komponentlar bilan oʼzlari 
haqida shunga oʼxshash jumlalar tuzishlarini soʼraladi. Hamma tayyor boʼlgach, 
oʼquvchilar navbatma-navbat oʼz iboralarini oʼqiydilar va siz ularning tarkibiy 
qismlarini hisoblaysiz. Eng uzun jumlaga ega boʼlgan oʼquvchi gʼalaba qozonadi. 
Last Man Standing” oʼyini 
Oʼyin maqsadi: Oʼquvchilarda tinglab tushunish hamda grammatik 
koʼnikmasini shakllantirish; diqqat va eʼtiborni kuchaytirish, hikoya tuzishni
tasavvur qilishni, eʼtiborliroq boʼlishni oʼrganadilar. 
Koʼrgazmali vosita: koptok 
Bu oʼyin tezkor oʼyin hisoblanadi. Lekin oʼquvchilarga oʼylash uchun biroz 
vaqt beradi. Bu oʼyin birgalikda oʼrganishga undaydi, yaʼni boshqa oʼquvchilar 
soʼzlayotganida qolgan oʼquvchilar oʼzlari soʼz oʼylayotgan boʼlishadi. Oʼyinni 
oʼynash uchun koptokcha kerak boʼladi. Va hamma oʼquvchilar doira shaklida 
turib olishlari kerak. Oʼqituvchi birorta mavzu tanlashi kerak boʼladi. Masalan, 
Things found in a kitchen (oshxonada topiladigan buyumlar), food, 
profession. 
Biror oʼquvchiga toʼpni uloqtirish orqali oʼyin boshlanadi. Koptokni ilib 
olgan oʼquvchi mavzuga doir biror inglizcha soʼz aytadi va toʼpni keying 
oʼquvchiga uloqtiradi. Toʼpni qabul qilgan har bir oʼquvchi shu mavzuga doir biror 
soʼz aytishi kerak boʼladi. Аgar ular aytilgan soʼzlarni qayta aytsa yoki bir necha 
soniya ichida soʼz topa olmasa, ular oʼyindan chiqadi va oʼyinni oʼtirgan holda 
kuzatadi. Bu oʼyinni biroz boshqacharoq qilib oʼzgartirsa ham boʼladi. Biror 
mavzuga soʼz aytish oʼrniga, har bir oʼquvchi keyingi oʼquvchiga biror boshqa 
mavzu aytishi mumkin. Masalan, “say something red” (biror qizil narsani ayting) 
deb oʼyinni boshlash mumkin. Koptokni ushlab olgan birinchi oʼquvchi 
“strawberry” deb keyin ooʼzi biror mavzu tanlab koptokni boshqasiga uloqtirishi 
mumkin. Bu oʼyinni biroz murakkablashtiradi, sababi oʼquvchi biror soʼz haqida 
oʼylashidan oldin, qaysi mavzuga doir soʼz oʼylashi kerakligini ham bilishi lozim. 
Xulosada shuni aytishimiz joyizki, boshlangʼich sinflarda ingliz tilini 
oʼqitilishida oʼyin texnologiyalardan foydalanish samarali natija beradi. Mazkur 


484 
didaktik oʼyinlarni jamoaviy, yakka, frontal tarzda olib borish maqsadga 
muvofiqdir. Ushbu oʼyinlar dars jarayonida oʼquvchilarning tezkorlik, diqqat va 
ijodkorlik koʼnikmalari rivojlantiriladi.  

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling