O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/253
Sana22.08.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1669088
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   253
Bog'liq
To\'plam 2023 oxirgi. O`zmu

Ключевые слова: термин, терминология, семантическое поле, 
лексико-семантическое описание, архисема. 
 
Abstract. This article describes the lexical-semantic features of terms 
specific to the art of music. The classification and description of these terms are 
given. 
 
Key words: term, terminology, semantic field, lexical-semantic 
description, archiseme 
Tilshunoslikda ma’lum bir arxisema (umumiy sema) asosida birlashuvchi 
so‘z va iboralar majmuiga semantik yoki tushuncha maydoni deyiladi.[4. 87] 
O‘zbek tilshunosligida leksikani mazmuniy maydon sifatida o‘rganish borasida 
qator tadqiqotlar amalga oshirilgan. Leksemalarni tematik maydonlarini, 
leksemaning mazmuniy guruhlari va to‘dalarini, leksemaning ma’noviy 
munosabatlarini o‘rganish asosida tilning lug’aviy boyligi, leksemalar o‘rtasidagi 
semantik munosabatlar aniqlanadi. Tildagi leksemalarning muhim xususiyati 
shuki, ular o‘zida qanday g’oya tashiyotgani, qanday tushuncha ifodalashiga qarab 


133 
muayyan semantik maydonlarga birlashadi. Semantik maydonlar mazmuniy 
guruhlarga ajralib, tildagi paradigmatik, sintagmatik va iyerarxik munosabatlarni 
namoyon qiladi. Mazkur maqolada biz o‘zbek tilidagi musiqa semantik maydoniga 
kiruvchi terminlarni mazmuniy guruhlarga ajratamiz va tahlilga tortamiz. 
O‘zbek tilidagi so‘zlarni mazmuniy maydon asosida sistemalashtirib 
o‘rganish Sh. Iskandarova, A. Sobirov tadqiqotlarida batafsil ifodasini topgan. 
[1,3.] Biz musiqaga oid termin va leksemalarni semantik jihatdan quyidagi 
guruhlarga ajratishni lozim topdik:
 
1. Ch olg‘u asboblari nomlari. Musiqa cholg‘u asboblari musiqiy ton yoki 
oʼziga xos jarangdor tovushlar hamda maʼlum ritmik tuzilmalarni hosil etishga 
moʼljallangan cholg‘u asboblar; musiqani yakkanavoz yoki jamoa tarzda ijro 
etishda ishlatiladi. Har bir musiqa cholg‘u asboblarining sadosi oʼziga xos tembr, 
maʼlum diapazon tovushqator va ifodaviy imkoniyatlarga ega. Musiqa cholg‘u 
asboblari asosan quyidagi guruhlarga ajratiladi: 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling