O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/253
Sana22.08.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1669088
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   253
Bog'liq
To\'plam 2023 oxirgi. O`zmu

Kаlit so‘zlаr: leksik sath, leksema, kvantitativlik, leksikografiya
leksikografik asar, birlik va ko‘plik shakllari, tarixiy-leksikografik asar, leksik-
semantik, miqdor ma’noli leksema. 


262 
Bizga ma’lumki, tilshunoslikning juda ko‘p sohalari bo‘yicha qalam tebratgan 
olim sifatida tarixda Mahmud Koshg’ariy salmoqli o‘rin egallaydi. Uning 
qoldirgan ilmiy merosi faqat o‘sha davr uchun katta voqea bo‘lib qolmay, bugungi 
turkologiya, xususan, o‘zbek tilshunosligining rivojlanishida ham qimmatli manba 
bo‘lib xizmat qilmoqda. Xususan, biz o‘rganishga harakat qilayotgan miqdor 
ifodalavchi birliklar haqidagi dastlabki qarashlarni ham ”Devonu lug’oti-t- turk” 
asarida uchratishimiz mumkin.
Asardagi kasb-hunarga oid so‘zlar va ularning o‘ziga xosliklari yuzasidan 
M.Asomiddinov va S.Ibragimov tadqiqotlar olib borganlar[1,114-122]. Shu va shu 
kabi boshqa bir qator tadqiqotlarda devonning leksik xususiyatlari o‘rganilgan 
bo‘lsa, asarning leksik-semantik xususiyatlari H.Dadaboyev tomonidan 
tayyorlangan harbiy terminlar lug’ati o‘zbek leksikografiyasining rivojlanishida 
alohida o‘rin tutadi[8]. 
Shuningdek, tadqiqotchilar tomonidan “Devonu lug’oti-t-turk” asaridagi 
lingvistik atamalar, zoonimlar, turli sohalarga mansub terminlar tadqiqiga 
bag’ishlangan va ayrim so‘zlar semantikasi tahlil qilingan ilmiy izlanishlarni ham 
ko’rishimiz mumkin.Mahmud Koshg’ariy “Devonu lug’oti-t-turk” asarida 
fe’llardagi sonning ifodalanishi arab tiliga qiyoslarkan, turkiy tillarda ikkitalik va 
ko‘plik farqlanmasligini, son birdaniga ikki qarama-qarshi guruhga: birlik va 
ko‘plik shakllariga zidlanishinini ta’kidlaydi. Muzakkar (muj.r) va muannas (jen.r) 
ham farqlanmasligini ko‘rsatib beradi. Birlik nol shakl orqali (fe’l o‘zaklari birlikni 
bildiradi), ko‘plik esa -i(ng), -i(iglar), -i(ngiz) kabilar orqali ifodalanishini dalillar 
bilan izohlaydi. Masalan, bar – baringlar, shu o‘rinda olim -i(ng) shakli faqat 
ko‘plikni bildirmasdan, hurmat ma’nosini ifodalashi mumkinligini ham aytib 
o‘tgan. ”Tinglovchi yoshi katta, hurmatli bo‘lsa, hurmat yuzasidan baring 
deyiladi”. Shu bilan birga, birlik va ko‘plikni ifodalashda qabilalar o‘rtasidagi 
farqlar ham ochib beriladi. ”O‘g’uz va qipchoqlar birlikda bar, ko‘plida baring 
deydilar. Ular ko‘plik qo‘shimchasi –lar ni tushurib qoldiradilar, -lar o‘rniga 
tinglovhchi birligida -(i)ngiz qo‘llaydilar. Hurmat uchun bir kishiga ham -z 


263 
orttiradilar, ular tilida bir kishiga nisbatan ham ko‘plik ustiga ko‘plik qo‘llanadi”, - 
deydi olim[2]. 
Qadimgi yozma yodgorliklarning leksikasini tizimli asoslash, tarixiy-
leksikografik asarlarni nafaqat o‘sha davr, balki hozirgi kun ilm-fani rivojidagi 
ahamiyatini 
zamondoshlarimizga 
va 
kelajak 
avlodlarga 
yoritib 
berish 
ahamiyatlidir. Jumladan, M.Koshg’ariyning “Devonu lug’oti-t-turk” asari ham 
hozirgi o‘zbek adabiy tilida mavjud bo‘lgan leksemalarning tarixiy taraqqiyot 
bosqichlarini belgilash, ona tilimizning ma’lum davriga oid lisoniy manzarasi 
bilan leksemalar o‘rtasidagi ma’noviy munosabatlarni o‘rganish imkonini beradi. 
“Devonu lug’oti-t- turk” asari yuzasidan e’tiborga loyiq ilmiy izlanishlar 
olib borilgan. Asarning leksikografik xususiyatlari, leksik-semantik, morfologik, 
sintaktik jihatlari yuzasidan bir qator ilmiy asarlar maydonga keidi. Shunga 
qaramay, asarda kvantitativ birliklarning ifodalanishi maxsus o‘rganilmagan. Biz 
bilamizki, vaqt ma’noli leksemalar kvantitativ birliklarning bir qismini ifodalaydi, 
xolos. Bundan tashqari, asarda masofa, og’irlik, pul birligi kabi leksemalarni yoki 
turg’un birikmalar orqali ifodalangan kvantitativ birliklarni uchratishimiz mumkin. 
Shuni ham aytish mumkinki, kvantitativ birliklar son yoki son turlari bo‘yicha 
ifodalanishi bilan numerativlar orqali ifodalanishidagi o‘ziga xosliklarini va bu 
leksemalarning 
matn 
tarkibidagina 
bajaradigan 
vazifalarini 
o‘rganish
ajdodlarimizning miqdor haqidagi tasavvurlarini, shu bilan bir qatorda, hozirgi 
o’zbek adabiy tilida qo‘llanilayotgan kvantitativ birliklarning tarixiy taraqqiyot 
bosqichlarini tahlil qilish imkonini beradi.
Leksik birliklarni tahlil qilish orqali o‘sha davr va hozirgi o‘zbek adabiy 
tilidagi umumiy jihatlar va o‘ziga xosliklarni aniqlash mumkin. Bu miqdor 
ifodalovchi birliklarni tahlil qilishda ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Asarda 
so‘zlarni juftlab, takrorlab qo‘llash orqali yoki maqol va matallarda miqdor 
ifodalovchi birliklarni ifodalanishini tahlil qilish bilan ham hozirgi o‘zbek adabiy 
tili bilan qiyoslaganda umumiy va xususiy tomonlarni ko‘rish mumkin.
Olim bahorni ta’rif qilib aytadi:qush-qurtlar bahorning yoqimli shamoli bilan 
yana qayta tirilishdi. Erkak-urg’ochilari to‘planishdi. To‘da-to‘da bo‘lib 


264 
to‘planishdi. Ular ikkinchi qayta iniga kirishmaydi. To‘rtlikda o‘go‘ralip (to‘da-
to‘da) miqdorning me’yordan ortiqligini ifodalayotgan bu birlikning 
qo‘llanishidagi o‘ziga xoslikning tahliliyoq, hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi takror 
so‘zlar bilan, eng avvalo, tuzilishi jihatdan, ya’ni bir so‘zning aynan takroridan 
hosil bo‘lishi kabi farqli tomonlarini ham kuzatishimiz mumkin. 
Umuman olganda, kvantitativlik va uning o‘ziga xos xususiyatlari o‘zbek 
tilshunosligidagi otning son kategoriyasi va fe’lning shaxs-son kategoriyasining 
o‘rganish masalalari bilan bog’lanadi. Bu jarayonda ot va fe’lning son kategoriyasi 
mohiyatan bir hodisa ekanligi, mazmuni, vazifasi va qo‘llanishiga ko‘ra uzviy 
bog’liq. Bulardan tashqari, o‘zbek tilida son-miqdor ma’nosini ifodalovchi 
lug’aviy, sintaktik, so‘z yasovchi, nolisoniy vositalar mavjud ekanligi, yuqoridagi 
ikki kategoriya bilan birlashib yagona umumiy mazmuniy vazifa bajaruvchi tizim 
hosil qilishi, bu sistemaning birliklari tilning turli sathiga mansubligidan unga 
nisbatan grammatik kategoriya atamasini qo‘llab bo‘lmasligi haqida ilmiy 
tadqiqotlar yuzaga keldi[3]. 
Bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar doirasi nechog’lik keng bo‘lishiga qaramay, ular 
tilshunoslikning asosiy o‘rganish obyekti bo‘lgan til birliklarining umumiy va 
xususiy jihatlarini to‘liq yoritib bergan deb bo‘lmaydi. Shu jumladan, 
M.Koshg’ariyning “Devonu lug’oti-t-turk” asarida qo‘llanilgan kvantitativ 
birliklarning ifodalanishi tadqiqi ham alohida izlanish talab qiladi.

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling