O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
To\'plam 2023 oxirgi. O`zmu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ba’zi
Kalit so’zlar: lafziy, misra, badiiy ifoda, lisoniy tazod, muxammas, janr, takror,
shoir, san’atkor. Ma’lumki, muxammas arabcha - beshlik, beshtalik ma’nosini anglatadi. Mumtoz adabiyotimizda keng tarqalgan besh misralik she’riy janr hisoblanadi. Biroq barcha shoirlar ham muxammas bitishda Hofiz Horazmiy, Navoiy, Mashrab, Ogahiy singari faol bo‘lisha olmagan lekin Umrzoq Hayratiyning o‘z zamondoshlari o‘rtasida Muqimiy, Furqat, Shavqiy singari peshqadamlikka intilgani diqqatga sazovor. U o‘z iqtidorini mazkur janrning mavjud har ikki turida ko‘rsata olganiga shahodat beruvchi ijodiy meros qoldirib ketgan. Chunonchi, birinchi “ta’bi xud”[1] ya’ni mustaqil ravishda “Keling”, “Netay”, “Ilm”, “Tashlab ketib”, “Aylading”, “Aylarmusiz” va “Topmadim” muxammaslarini yaratgan. Biz, avvalo, shularni tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlilga tortsak, shoirni san’atkorona salohiyat darajasi sezishga urinamiz. Adabiyot namoyondalari asli so‘zshunos, tilshunos bo‘lishadi. Xuddi zargar zarni qanday go‘zal qiyofaga keltirib, hayratu havasingizni uyg‘otadigan holatga yetkazgani kabi ular ham so‘zni eng nozik jihatlarigacha chuqur idrok etishib, o‘rni-o‘rniga qo‘yish uchun shaklu shamoyilini ma’no bilan ham jarangi, ham ohangi, ham fikran yangi ifoda yaratishadi. Go‘yoki, so‘z ilmini boyitishadi xuddi Shoir Hayratiy kabi. Uning muxammaslaridan misollar keltirsak, ta’kidlarimiz yanada oydinlashadi: 48 Odam o‘g‘li birla hayvon o‘rtasida farqi bor, Ba’zi mullo, ba’zi omi, ba’zi guldir, ba’zi xor, Ba’zi davlat birla hamdam, ba’zilar mehnatga yor, Bandasiga imtihon etmakka berdi ixtiyor, Past fitratlig‘ yo‘lini ixtiyor aylarmusiz. [2] Ba’zi so‘zining olti bor takrorlanishi ayirib ko‘rsatish, guruhlarga ajratish bilan bir har gal qayta yangraganda ohangdoshligiga jarangdoshlik qo‘shilib, satrdagi ma’no ta’sirchanligi ortib borgan. To‘rtinchi misradagi ixtiyor so‘zining beshinchi satrda qayta qo‘llanishi ham bejizmas. Bandaga umr sinovidan o‘tish ixtiyoriy berilganiyu, shunga yengil-yelpi qaramaslik, aksincha, yuqori fitrat, aql- idrok yo‘lidan yurish kerakligi uqtirilmoqda. Ixtiyor kishining o‘ziga yuqori mas’uliyat yuklashidan ogohlantirilmoqda. Shoir takrir san’atidan juda o‘rinli foydalangan. Badiiy so‘z bilimdonlari ta’biricha: “Matnda xushohanglik yaratadigan, ifodalilikni kuchaytiradigan tovush mushtarakligi yoki uyqashligini yuzaga chiqaradigan, asosiy holatlarda so‘z takroriga asoslangan badiiy san’atlar bo‘ladiki, ularni ko‘z bilan ko‘rib kuzatish va eshitish imkoni bor. Bu - lafziy san’atlardir”.[3] Biz Hayratiy muxammaslarida xuddi shu holatni tez-tez uchratamiz. Hatto ishtiqoq bayt yoki bandda bir o‘zakdan yasalgan so‘zlar qatorini yaratish mahorati sohibiga aylanganini tasdiqlovchi misollar talaygina: Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling