O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Dilrabo, mulki malohat shohisan,  Husn avjining munavvar mohisan,  Ish elining dilbaru dilxohisan


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/253
Sana22.08.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1669088
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   253
Bog'liq
To\'plam 2023 oxirgi. O`zmu

Dilrabo, mulki malohat shohisan, 
Husn avjining munavvar mohisan, 
Ish elining dilbaru dilxohisan, 
Dilrabolar ichra dil ogohisan, 
Sho‘xlik rasmin ado etding ketay”.[4] 
Dil o‘zak so‘zidan yasalgan dilbar, dilrabo, dilxoh, diloh - go‘zal ko‘ngilni 
tortuvchi ko‘ngil xohlovchi, ko‘ngilni ogohlovchi kabi ma’nolari bilan oshiq uchun 
malohat shohi, husnu chiroyning yorug‘ oyiga aylanganidan, lekin u mag‘rurlanib, 
sho‘xlik odatin oshkorlab qo‘yganidan chorasizligi ifodalangan. Bular ham kamlik 
qilganday shoir “xush kalomu xush ado” ligi-yu, “mahfil aro mahliqo” ligigacha 


49 
ta’rifu tavsiflaydi. Juda-juda monand tashbehlar tizishda bir so‘zdan bir necha 
ma’nolar yasashda mohirona foydalanadi. Nihoyat yana izlanib, harfiy san’atlardan 
kitobatga arabcha harflarini nomlash yoki inson ko‘rinishlarini arab harflariga 
o‘xshatish usuliga murojaat qiladi: “Chun alif qaddim kamon etding netay” “Alif” 
tik qomat bo‘lsa, kamon egilgani. Ikki tasvir bir-biriga zid holat. Shundan 
oshiqning kechagi va bugungi ahvoli ko‘z o‘ngimizda yorqinroq gavdalanadi. 
Tashlab ketilgan oshiqning ahvoli bu qadar ayanchli bo‘lishi mumkinmi?! 
Beixtiyor ko‘nglimizda unga achinish, hamdardlik hissi uyg‘onadi. Besabab emas,
tasvirlar sinonim so‘zlardan quyuqlashgan. Nainki, ilgiz so‘z, ayni holatda uch 
ma’nodosh so‘z uch iboraga aylantirilgan. Har birining o‘ziga xos sifatlovchi ham 
egizlab qo‘llangan. Ya’ni, baxt-natijasiz, befoyda; tole-yomon; iqbol-past, razil. 
Bundan ortiq zorlik, zabnulik, ya’ni bechorahollik qayerda?! Muxammas 
matnining lisoniy va badiiy qimmati ana shunda. 
Agar sinchiklab qaralsa, shoir muxammaslarining biror bandi shunchaki 
yozilmagan. So‘z san’atlarining u yoki bu turiga daxldor badiiy ifodalar yetarli. 
Lisoniy tazodgina qo‘llanmay, umumiy mazmundagi zidlikni anglashimiz 
mumkin. Jumladan, quyidagi satrlarning o‘zigayoq ta’sirchan tugal fikrlar 
singdirilgan: 
Bo‘lg‘usi maftun anga xohi javonu xohi pir. 
Bilmadim behudlig‘imdin puxtau xomimni ham. 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling