O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/253
Sana22.08.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1669088
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   253
Bog'liq
To\'plam 2023 oxirgi. O`zmu

Kalit so’zlar: lafziy, misra, badiiy ifoda, lisoniy tazod, muxammas, janr, takror, 
shoir, san’atkor. 
 
Ma’lumki, muxammas arabcha - beshlik, beshtalik ma’nosini anglatadi. 
Mumtoz adabiyotimizda keng tarqalgan besh misralik she’riy janr hisoblanadi. 
Biroq barcha shoirlar ham muxammas bitishda Hofiz Horazmiy, Navoiy, Mashrab, 
Ogahiy singari faol bo‘lisha olmagan lekin Umrzoq Hayratiyning o‘z 
zamondoshlari o‘rtasida Muqimiy, Furqat, Shavqiy singari peshqadamlikka 
intilgani diqqatga sazovor. U o‘z iqtidorini mazkur janrning mavjud har ikki turida 
ko‘rsata olganiga shahodat beruvchi ijodiy meros qoldirib ketgan. Chunonchi, 
birinchi “ta’bi xud”[1] ya’ni mustaqil ravishda “Keling”, “Netay”, “Ilm”, “Tashlab 
ketib”, “Aylading”, “Aylarmusiz” va “Topmadim” muxammaslarini yaratgan. Biz, 
avvalo, shularni tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlilga tortsak, shoirni san’atkorona 
salohiyat darajasi sezishga urinamiz. 
Adabiyot namoyondalari asli so‘zshunos, tilshunos bo‘lishadi. Xuddi zargar 
zarni qanday go‘zal qiyofaga keltirib, hayratu havasingizni uyg‘otadigan holatga 
yetkazgani kabi ular ham so‘zni eng nozik jihatlarigacha chuqur idrok etishib
o‘rni-o‘rniga qo‘yish uchun shaklu shamoyilini ma’no bilan ham jarangi, ham 
ohangi, ham fikran yangi ifoda yaratishadi. Go‘yoki, so‘z ilmini boyitishadi xuddi 
Shoir Hayratiy kabi. Uning muxammaslaridan misollar keltirsak, ta’kidlarimiz 
yanada oydinlashadi: 


48 
Odam o‘g‘li birla hayvon o‘rtasida farqi bor,
Ba’zi mullo, ba’zi omi, ba’zi guldir, ba’zi xor, 
Ba’zi davlat birla hamdam, ba’zilar mehnatga yor, 
Bandasiga imtihon etmakka berdi ixtiyor, 
Past fitratlig‘ yo‘lini ixtiyor aylarmusiz. [2] 
Ba’zi so‘zining olti bor takrorlanishi ayirib ko‘rsatish, guruhlarga ajratish 
bilan bir har gal qayta yangraganda ohangdoshligiga jarangdoshlik qo‘shilib, 
satrdagi ma’no ta’sirchanligi ortib borgan. To‘rtinchi misradagi ixtiyor so‘zining 
beshinchi satrda qayta qo‘llanishi ham bejizmas. Bandaga umr sinovidan o‘tish 
ixtiyoriy berilganiyu, shunga yengil-yelpi qaramaslik, aksincha, yuqori fitrat, aql-
idrok yo‘lidan yurish kerakligi uqtirilmoqda. Ixtiyor kishining o‘ziga yuqori 
mas’uliyat yuklashidan ogohlantirilmoqda. Shoir takrir san’atidan juda o‘rinli 
foydalangan. 
Badiiy so‘z bilimdonlari ta’biricha: “Matnda xushohanglik yaratadigan, 
ifodalilikni kuchaytiradigan tovush mushtarakligi yoki uyqashligini yuzaga 
chiqaradigan, asosiy holatlarda so‘z takroriga asoslangan badiiy san’atlar bo‘ladiki, 
ularni ko‘z bilan ko‘rib kuzatish va eshitish imkoni bor. Bu - lafziy 
san’atlardir”.[3] Biz Hayratiy muxammaslarida xuddi shu holatni tez-tez 
uchratamiz. Hatto ishtiqoq bayt yoki bandda bir o‘zakdan yasalgan so‘zlar qatorini 
yaratish mahorati sohibiga aylanganini tasdiqlovchi misollar talaygina: 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling