9-mavzu. Qattiq jismning tekis parallel harakati
Tekis parallel harakat tenglamasi. Tezliklar oniy markazi va undan foydalanib tekis shakl nuqtasining tezligini aniqlash. Tekis shakl nuqtasining tezlanishi. Tezlanishlarning oniy markazi.
10-mavzu. Nuqtaning murakkab harakati
Nuqtaning nisbiy, ko‘chirma va absolyut harakatlari. Nuqtaning murakkab harakatida tezliklarni qo‘shish teoremasi. Murakkab harakatdagi nuqtaning tezlanishlarini qo‘shish teoremasi. Koriolis tezlanishi.
11-mavzu. Dinamikaga kirish. Dinamikaning asosiy qonunlari
Dinamikaning asosiy qonunlari. Moddiy nuqta harakatining differensial tenglamalari. Moddiy nuqta dinamikasining ikki asosiy masalasi.
12-mavzu. Moddiy nuqtaning to‘gʻri chiziqli tebranma harakati.
Moddiy nuqtaning erkin tebranma harakati. Moddiy nuqtaning tezligiga proporsional bo‘lgan qarshilik kuchi ta’sirida nuqtaning erkin tebranma harakati. Moddiy nuqtaning majburiy tebranma harakati.
13-mavzu. Nuqta dinamikasining umumiy teoremalari
Moddiy nuqta harakat miqdori va uning o‘zgarishi haqidagi teorema. Moddiy nuqta harakat miqdori momentining o‘zgarishi haqidagi teorema. Kuchning ishi, quvvat va moddiy nuqtaning kinetik energiyasi.
14-mavzu. Mexanik sistema dinamikasiga kirish.
Mexanik sistemaga ta’sir etuvchi kuchlarning tasnifi. Mexanik sistemaning massalar markazi va uning koordinatalari. Mexanik sistema inersiya momentlari. Ba’zi oddiy shaklli jismlarning inersiya momentlarni hisoblash.
15-mavzu. Mexanik sistema dinamikasining umumiy teoremalari.
Mexanik sistema massalar markazining harakati haqidagi teorema. Sistema massalar markazi harakatining saqlanish qonuni. Mexanik sistema harakat miqdorining o‘zgarishi haqidagi teorema.
16-mavzu. Materiallar qarshiligi faniga kirish.
Asosiy tushunchalar. Fanning maqsad va vazifalari. Fan tekshiradigan masalalar. Fanning rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliqligi. Inshoot elementlarining modellari. Materiallar qarshiligida qabul qilingan asosiy gipoteza va cheklanishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |