O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 58.92 Kb.
bet10/11
Sana06.10.2023
Hajmi58.92 Kb.
#1694206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi

O’zbekiston Italiyani Yevropadagi uzoq muddatli va istiqbolli hamkori sifatida ko’radi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1996-yil iyun va 2000-yil noyabr oylarida Italiyaga bo’lgan rasmiy tashriflari o’zbek-italiya aloqalariga zamin yaratdi. 1997-yil may oyida Italiya Prezidenti O.Skalfaronining O’zbekistonga javob tashrifi uyushtirildi.
Fransiya O’zbekistonning Yevropadagi muhim hamkorlaridan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Fransiyaga davlat va rasmiy tashriflari (1993 va 1996-yillar) hamda Fransiya Respublikasi Prezidenti F.Mitteranning O’zbekistonga davlat tashrifi (1994-yil) bo’lib o’tgan. 1996-yil iyun oyida Florensiya shahrida o’tkazilgan Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari sammiti va 2002-yil noyabr oyida Praga shahrida bo’lib o’tgan NATO/YeAHK sammiti doirasida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Fransiya Prezidenti J.Shirak bilan uchrashuvlari ham o’tkazilgan.
Fransiya O’zbekistonning Yevropadagi muhim savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biridir. 2019-yil yakunlari bo’yicha ikki tomonlama savdo aylanmasining hajmi 345,7 mln. AQSh doll. tashkil etdi.
O’zbekistonning bir qancha yetakchi universitetlari hamda Fransiyaning oliy o’quv yurtlari o’rtasida hamkorlik bitimlari va protokollari imzolangan.
Turkiya O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991 yil 16 dekabrda tan olgan. Diplomatik aloqalar 1992 yil 4 martda o’rnatilib, shu yil aprel oyida Turkiyaning Toshkentda elchixonasi ochilgan. 1993 yil may oyidan Anqarada O’zbekiston elchixonasi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 4 marotaba Turkiyaga tashrif buyurgan (1991, 1994, 1997 va 1998 yy.).
2017 yil 25-26 oktyabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Turkiya Respublikasiga davlat tashrifi amalga oshirildi.
Turkiya O’zbekistonning yirik savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi (Rossiya, Xitoy va Qozog’istondan keyin 4-o’rinda). 2019-yil yakunlariga ko’ra, o’zbek-turk savdo aylanmasi hajmi 2,5 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda tashqi dunyo bilan ikki tomonlama o’zaro manfaatli aloqalarimiz rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha dasturlarni amalga oshirishimizda xorijiy mamlakatlarning ilg’or texnologiyalariga asoslangan investitsiyalariga ehtiyoj mavjud. Qolaversa, jahon bozoridagi talabning pasayib borishi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarimizni eksport ko’lamiga jiddiy ta'sir ko’rsatadi.
Shunga asoslangan holda, hukumatimiz tomonidan inqirozga choralar dasturi ishlab chiqilgan bo’lib, mazkur dasturda talabni rag’batlantirishga yo’naltirilgan bir qator moliyaviy imtiyozlar va barqaror iqtisodiy o’sish sur'atlarini ta'minlovchi chora-tabdirlar majmui o’z aksini topdi.
Shuningdek, bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlarining ko’p tomonlama aloqalari va yaqin hamkorligini mustaxkamlash va rivojlantirishga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda. Mazkur respublikalarning iqtisodiyoti bir-biri bilan tutashib ketgan va ular bir-biriga ta'sir o’tkazib turibdi.
Vujudga kelgan sharoitga asoslanib Qozog’iston Respublikasi Prizidenti N.Nazarbaev bilan 1994 yilning 10 yanvarida Toshkentda bo’lib o’tgan uchrashuvda O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirish to’g’risida shartnoma imzolandi. Qayd etilgan ushbu shartnoma O’zbekiston bilan Qozog’iston o’rtasida tovarlar, xizmatlar, kapital, ish kuchining erkin harakatlanishini, bahamjihat kreditning hisob-kitob, byudjet, soliq, narx, bojxona va valyuta siyosatini o’tkazishni ko’zda tutadi. Bishkekdagi uchrashuvda Qirg’izistonning ham bu shartnomaga qo’shilganligi Markaziy Osiyo mintaqasidagi o’zaro yaqinlashuv jarayonlarini chuqurlashuvida yanada keng imkoniyatlar ochdi.
MDH ga kirgan mamlakatlar bilan bevosita va ko’p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish tashqi siyosatimizning ustivor yo’nalishlaridan biridir. O’zbekiston hamdo’stlik g’oyasini qo’llab-quvvatladi, uning muassislari qatoriga kirib, yaqinlashuv va kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash sohasidagi ishlarni jonbozlik bilan amalga oshirmoqda. O’zbekiston Iqtisodiy Hamdo’stlik muassasalari, Davlatlararo iqtisodiy qo’mita, davlatlararo bank va boshqa muassasalarda ishtirok etadi. Hamdo’stlik doirasida Rossiya, Ukraina, Belorusiya, Moldava va MDH dagi boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama tashqi siyosiy, savdo-iqtisodiy va boshqa shartnomalar hamda bitimlarni imzolagan.
MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy munosabatlarning tarkibi va shakli tubdan o’zgarib bormoqda. MDH dagi ko’pgina mamlakatlar bilan savdo-to’lov sohasida O’zbekiston ijobiy saldoga egadir.
Hozirgi vaqtda eksportni oshirish va uni diversifikatsiyalangan tuzilmasini shakllantirishga muhim ahamiyat berilmoqda. Bu jihatdan respublikaning katta eksport salohiyatiga ega hududlari va viloyatlarini tashqi iqtisodiy faoliyat tizimiga faol jalb qilish zarur. Mineral va qishloq xo’jalik xom - ashyosiga ishlov beruvchi, raqobatbardosh tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi, tugallangan texnologik siklga ega bo’lgan ishlab chiqarishlar iqtisodiyotda muhim o’rinlarni egallashi kerak.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi va O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarining strategik yo’nalishlari. hozirgi vaqtda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish jarayoni respublika iqtisodiy tizimni unumli isloh qilish jarayonining ajralmas qismi sifatida izchil va maqsadga yo’naltirilgan holda amalga oshirmoqda.
O’zbekistonda eksport faoliyati butunlay erkinlashtirilgan. Respublikada barcha tovar va xizmatlar uchun eksport bojlari, eksportni litsenziyalash va kvotalash tizimi bekor qilingan. Import rejimi ham jiddiy erkinlashtirilgan. O’zbekistonda import uchun cheklovlar yo’q. Hozirgi kunda mamlakatimizda xalqaro iqtisodiy hamkorlikning quyidagi strategik va dolzarb masalalarini hal qilish bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda:
marketingni kuchaytirish, sifatni oshirish, xalqaro standartlarga moslashish yo’li bilan milliy eksport tarkibida xom-ashyo va tabiiy resurslar ulushini qisqartirish maqsadida tayyor mahsulotlar eksporti hajmini oshirish;
O’zbekistonda raqobat afzalliklariga ega bo’lgan paxta tolasini qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarilishini tashkil etishini rag’batlantirish;
respublikada ishlab chiqarishning tashkil etish mumkin bo’lgan eng muhim mahsulotlar importiga iqtisodiyotning keskin bog’lanib qolishiga yo’l qo’ymaslik;
obro’yli xalqaro moliyaviy institutlar va iqtisodiy tashkilotlar (XVF, JB, YTTB, ORB va boshqalar) bilan hamkorlikni faollashtirish va samaradorligini ko’tarish;
yetakchi iqtisodiy mamlakatlar (AQSh, Yaponiya, YI, Rossiya) bilan hamkorlikni kengaytirish;
yirik kompaniyalar va banklar o’zlarining to’g’ri investitsiyalarini qayta ishlash, xususan agrosanoat kompleksi mahsulotini qayta ishlash sohalariga, shu jumladan mablag’larni kichik biznes vv tadbirkorlikni rivojlantirishaga yo’naltirish bilan jalb qilish;
mavjud transport koridorlarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, muqobil transport magistrallarini barpo etish; eksport siyosatini yuritish va respublika eksport hajmini oshirish maqsadida potensial sotish bozorlarini o’rganish va kuzatish;
respublikaning jami tovar aylanmasi tarkibida xizmatlar (axborot mahsulotlari, ishlov berish bo’yicha xizmatlar - tolling, ishchi resurslari eksporti va boshqalar) hissasiniko’ paytirish; respublikaning chet eldagi tashqi savdo infrastrukturasi faoliyati samaradorlikni ko’tarish; O’zbekiston Respublikasining suveren davlat sifatida ochiq bozor iqtisodiyotini shakllantirish borasidagi faol ishlari esa mamlakatimizning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuviga asos bo’lib xizmat qiladi.
Xulosa
Xalqaro iqtisodiy hamkorlik - xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim ko’rinishlaridan biri. Jahon xo’jaligining rivojlanib, globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi bilan xalqaro iqtisodiy hamkorlikning milliy iqtisodiyot taraqqiyotidagi ahamiyati ortib boradi. Uning asosiy sub'ektlari -davlatlar, transmilliy kompaniyalar, mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi.
Xalqaro maishiy munosabatlar tarixi xalqaro savdo tarixi bilan bevosita bog’liq hisoblanadi. Tarixiy nuqtai nazardan olib qaraganda bu xalqaro iqtisodiy a’loqalaming dastlabki ko’rinishi hisoblanadi. U bir martalik tashqi savdo munosabatlaridan keng ko’lamli savdo-iqtisodiy hamkorlikkacha bo’lgan yo’lni bosib o’tgan. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik uning subʼyektlari iqtisodiy manfaatlarini milliy chegaralardan tashqarida ro’yobga chiqarishning eng maqbul yo’li hisoblanadi. Shundan kelib chiqib uning asosiy maqsadi jahon davlatlari o’zlarining tub ichki manfaatlarini amalga oshirish maqsadida, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda xalqaro iqtisodiy hamkorlikning muayyan yo’nalishlaridan foydalangan holda tashqi iqtisodiy aloqalarni o’rnatish hisoblanadi.
Hozirgi kunda O’zbekiston 193 dan ortiq mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni o’rnatgan. Ularning orasida Janubiy Koreya, Germaniya, AQSh, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Turkiya, Fransiya, Yaponiya, Eron, Gollandiya, MDH mamalakatlari – Rossiya, Ukraina, Qozog’iston, Turkmanistonning bilan savdo aloqalarikeng yo’lga qo’yildi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal o’sishiga xizmat qilmoqda. Xususan, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish bo’yicha qabul qilingan qarorlar mahalliy kompaniyalarga tashqi bozorlarda ko’proq tajriba orttirishga imkon beradi. Pirovardida ular jahon savdosida raqobatdosh ustunlikka ega bo’ladi.
Hukumatning bu borada so’nggi yillarda amalga oshirayotgan eksportni rag’batlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar 2019-yil yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasini 42,2 mlrd. AQSh dollariga yetishini va 2018-yilga nisbatan 8,7 mlrd. AQSh dollariga yoki 26,2 % ga oshishini ta’minladi. Ushbu natija mamlakat tarixida eng yuqori ko’rsatkich sifatida qayd etildi.
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 17,9 mlrd. AQSh dollariga (o’sish sur’ati – 128,0 %) va import hajmi 24,3 mlrd. AQSh dollariga (o’sish sur’ati – 124,9 %) yetdi. 2019 yilda 6,4 mlrd. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.
So’nggi yillarda hukumatimiz tomonidan sanoat tuzilmasini diversifikatsiya qilishni, eksportni qo’llab-quvvatlash, import o’rnini bosuvchi tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada oshirilishi natijasida eksport tarkibida sezilarli o’zgarishga erishildi. O’zbekiston jahonning 193 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (18,1 %), Rossiya Federatsiyasida (15,7 %), Qozog’istonda (8,0 %), Koreya Respublikasida (6,5 %), Turkiyada (6,0 %), Germaniyada (2,3 %) va Qirg’izistonda (2,0 %) qayd etilgan.
O’zbekistonda mustaqillik yillarida jahon xo’jaligiga chuqurroq integratsiyalashish maqsadida xalqaro iqtisodiy hamkorlikni asosan tashqi savdo tarkibini takomillashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatida qatnashish, mintaqaviy iqtisodiy birlashmalar bilan hamkorlik qilish yo’nalishlari bo’yicha rivojlantirdi.



Download 58.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling