Savol va topshiriqlar:
1-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga -ning yoki -ni qo'shimchalaridan mosini qo'yib, gaplami ko‘chiring. Kelishik qo‘shimchasini olgan so‘z qaysi so‘z bilan b og‘langanligini aniqlang.
1. Shevaga xos qo‘shimchalar... adabiy til qoidalariga mos holatda ishJatmaslik imlodagi xatolar... kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 2. Aristotel har bir jumla... asosiy fikr... ifoda etishga qaratilishi..., ravon va tinglovchi tushunadigan darajada sodda bo‘lishi... talab etadi. 3. Safar aka... astoydil achchiqlangani... sezgan imomi oraga tushdi (A. Qod.). 4. Yo‘lchi arava... nimasi shikastlangani... payqamay, hayron bo‘lib turar ekan, arava... tagidan dehqon... ayanchli tovushi eshitildi (О.). 5. 0 ‘rmonjon Qurbon ota... bu ish... bemaslahat, bemavrid boshlanganiga xafa bo‘ldi (A.Q.). 6. Elmurod... hammadan oldin yuborilgan razvedka... hadeganda qaytmayotgani tashvishlantirdi (Sh.). 7. Ona tilimiz... ijtimoiy hayot... barcha sohalaridagi mavqei... oshirish barcha... vazifasidir.
2-topshiriq. Matnni o‘qing, grammatik me’yorlarga amal qilingan holatlami, so‘zlar tartibidagi o'zgarishlarning mohiyatini izohlang.
...Nega buncha nola chekasan, o‘g‘lim Muhammad Humoyun podshoh? Bu cheksiz iztiroblar boisi ne?
Va shu ondayoq bu hadsiz-hisobsiz savollarga javob topgandek bo‘ldi: iztiroblar boisi — tiriklikda, insonlikda. Faqat tirik odamgina iztirob chekmoqqa, iztiroblar ichra tobora tozarib, yuksalib, hayotning jamiki mashaqqatlarini yengib bormoqqa qodir.
Dunyodagi hatto eng ulug‘ o‘lik ham iztirob chekmoqdan mahrum, zero, insoniy iztirob — tiriklik nishonasi, barhayot diyonat ovozidir. Demak, mehnatu tarbiyalari zoye ketmabdi — Humoyun tegrasiga boqar ekan, yuragi dardga to‘ladi, dard uni bezovta xayol bilan qadamini taftish etadi. Demak, uning ko‘ksida vijdoni uyg‘oq, adlu insofi tirik. Balli, o‘g‘lim, deb shivirladi u, barakalla, bahodirim!.. Ammo shu zahoti ko‘nglini muzlatib xavotir tuyg‘usi bostirib keldi: bu yumshoqfe’llik bilan Humoyunning mamlakatdorlik qilmog‘i qiyin, benihoyat qiyin!
Dili muztar bo‘lib, o‘g‘lining maktubidan bir taskin-tasalli qidirdi. Humoyun xushxat edi, lekin maktubning ba’zi o‘rinlarini qiynalib, tusmollab ma’nosini chaqdi.
«Yana men degandek, bu xatlaringni bitibsen va o‘qumaysen, ne uchunkim, agar o‘qur xayol qilsang edi, o‘qiyolmas eding», — deya tashvish bilan yoza boshladi u...
Do'stlaringiz bilan baham: |