O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Download 36.21 Kb.
bet9/14
Sana01.03.2023
Hajmi36.21 Kb.
#1242699
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Mustaqil ish

Zirabuloq makoni-Qo‘tirbuloqdan 1 km sharqda joylashgan. U ham 1971 yilda ro‘yxatga olinib, tadqiqot ishlari 1978 yillargacha arxeolog M.Jo‘raqulov tomonidan olib borildi. Bu erdan Qo‘tirbuloq makonidan topilgan tosh buyumlarga o‘xshash buyumlar topildi. Bundan arxeologlar bir–biriga yaqin qo‘shni bo‘lgan ibtidoyi odamlar yashagan degan xulosaga keldilar. Lekin bu erdan sunggi muste davriga oid tosh qurollari xam topilgan.
Go‘rdara g‘or makoni– Samarqand viloyati Urgut rayoni Zarafshon tog‘ tizmasining shimoliy yon bag‘rida Go‘rdara soyi yaqinida topilgan. Uni 1966 yilda A.Asqarov raxbarligidagi arxeologik otryad ro‘yxatga olgan va keyinchalik N.Toshkentboev tomonidan tadqiq qilingan. Bu erdan gardish shaklidagi tosh siniqlari va qirg‘ich topilgan. Uning tosh buyumlari Qo‘tirbuloq makonining yuqori qatlamidan chiqqan tosh buyumlari o‘xshaydi. Lekin bu erda hali tadqiqot ishlari oxiriga etkazilmagan.
Ibtidoyi odamlar hayotida tosh mehnat qurollari muxim o‘rinni egallagan. Shu sababli mexnat quroli uchun yaroqli tosh xom ashyolarini topish ular uchun juda muxim bo‘lgan. Ilk paleolit davrida odamlar qayroq toshlardan foydalanishgan bo‘lsa, uning so‘nggi bosqichlarga kelib chaqmoqtoshning afzalliklarini bilib olishgan. Chaqmoqtosh tabiatda keng tarqalgani bilan birga unga ishlov berish va o‘tkir qirra xosil qilish oson bo‘lgan. Ibtidoyi odamlar o‘rta paleolit davriga kelganda chaqmoqtosh konlarini topib, u erlarda tosh ustaxonalarini tashkil qilganlar. Shuningdek ibtidoyi odamlar ochiq xavoda yotgan chaqmoqtoshdan ko‘ra, uzoq yillar davomida nam tortgan chaqmoqtoshga ishlov berish osonligini xam payqab, chaqmoqtosh konlarini toshgan intilganlar. Bunday ustaxonalar nafaqat O‘zbekiston xududida, balki Kavkaz, Belorussiya, Boshqirdston, Volga bo‘ylari, Ukraina va Sibirdan xam topilgan. Bunday tosh ustaxonalarini tadqiq qilish olimlarga o‘sha davr moddiy buyumlarini tadqiq qilishningina emas, balki tosh konlar qabilalar urtasida madaniy va iqtisodiy aloqa vositasi sifatida xam katta o‘rin egallaganini aniqlash imkonini berdi. Ibtidoiy odamlar tosh hom–ashyosini o‘zaro iqtisodiy ayirboshlashda va qurol yasash tajribalarini almashinishda foydalanganlar.
Bu o‘rinda muste davriga oid Qopchig‘oy, Qoratov, Ohangaron ustaxonalari qiziqarlidir. Ularni 1951 – 1965 yillarda Arxeologiya institutining Ya.G‘.G‘ulomov raxbarligidagi arxeologik otryadi tomonidan o‘rganilgan.

Download 36.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling