O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi innovatsion ta’lim universiteti
Download 36.21 Kb.
|
Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘lbuloq makoni
Xo‘jakent manzilgohi Toshkent voxasidagi muste davriga oid g‘or turidagi yodgorliklaridan biri bo‘lib, Toshkent shahridan 80 km shimoliy-sharqda Xo‘jakent qishlog‘i yaqinida joylashgan. Xo‘jakent g‘ori Chirchiq daryosining chap sohilidagi qoyatoshlar bag‘rida bo‘lib, dengiz sathidan 1200-1700 m balandlikdadir. G‘or shimoli-g‘arbga qaragan, balandligi 2,5 m, kengligi 6 m, chuqurligi 4m. Makonni 1958–1959 yillarda A.P.Okladnikov va X.Nasriddinovlar tadqiqot ishlarini olib borganlar. Uning madaniy qatlami g‘orning ayrim joylaridagina saqlanib qolgan. Tadqiqot jarayonida makondan 524 ta tosh qurollar topilgan. Shulardan paraqalar 88 ta, nukleuslar 49 ta, qolganlari tosh uchirmalari va siniqlaridir. Topilgan qurollar levallua–muste madaniyatiga xos bo‘lib, Obirahmat va Teshiktosh makonlaridagi mehnat qurollariga o‘xshashdir.
Ko‘lbuloq makoni. Angren shahridan 10-12 km g‘arbda joylashgan Oblik qishlog‘idan 5 km shimoliy-g‘arbda, Oxangaron daryosining o‘ng irmoqlaridan biri-Qizil olma soyining o‘rta oqimidagi qirlikda joylashgan. Ko‘lbuloq manzilgohi ko‘p qatlamli bo‘lib, ilk, o‘rta va so‘nggi paleolit davriga oid qatlamlari aniqlangan (49 qatlam). Uning 4-8 qatlamlarigina muste davriga oiddir. Bu davr uchun 5 ta madaniy qatlam bo‘lishi, odamlarning uzoq vaqt davomida yashaganligini ko‘rsatadi. Undan 8300 dan ortiq tosh qurollari va buyumlari topilgan. Ular orasida xar xil shakldagi nukleuslar, siniq uchrindilar, qirg‘ichlar, qo‘l cho‘qmorlari va boshqalar. Ko‘lbuloqdan topilgan mehnat qurollari son va sifat jihatdan Toshkent vohasining boshqa joylaridan topilgan manzilgohlaridan farq qiladi. Ba’zilarigina, ayniqsa, tishli qirg‘ichlar Bo‘zsuvdagi muste davri qurollariga o‘xshash. Ko‘lbuloq madaniy qatlamlaridan tog‘ echkisi, ayiq, arxar va boshqa hayvonlarning suyak parchalari, kul va gulxan qoldiqlari topilgan. Toshkent voxasidan Zog‘ariq, Bo‘zsuv, Ko‘hisim mazilgohlari va Qorqamish topilmalari jami 30 dan ortiq makon qayd qilingan. Bu ayniqsa Toshkent shahrining 2000 yilligi munosabati bilan keng arxeologik qidiriv ishlari bajarildi. Bu erlarda arxeologik tadqiqot ishlari hozirda xam davom etmoqda. Download 36.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling