O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi


Iste`molchilaring huquqlarini sud tomonidan himoya qilinishi


Download 1.06 Mb.
bet9/9
Sana27.10.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1728153
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Iste\'molchi huquqi

3. Iste`molchilaring huquqlarini sud tomonidan himoya qilinishi.
Iste`molchilarga sifatsiz mahsulot sotish oqibatlari.Tovar uchun to`langan pul summasini iste`molchiga qaytarish vaqtida sotuvchi undan tovardan to`liq, qisman foydalanganligi, tovar ko`rinishi yo`qolganligi yoki boshqa shunga o`xshash xolatlar tufayli tovar qiymati qancha pasaygan bo`lsa, shunsha summani ushlab qolishga haqli emas (Fukarolik kodeksi, 434-modda..).
Tegishli darajada sifatli bo`lmagan tovarni sifati tegishli darajada bo`lgan boshqa tovarga almashtirish shog`ida sotuvchi tovarning chakana oldi-sotdi shartnomasida belgilangan bahosi bilan tovarni almashtirish yoki sud tomonidan tovarni almashtirish to`g`risidagi qaror chiqarish paytida mavjud bo`lgan tovarning bahosi o`rtasidagi farqni to`lashni talab qilishga haqli emas (Fuqarolik kodeksi 435-modda).
Tegishli darajada sifatli bo`lmagan tovarni xuddi shunday, biroq o`lchami, andazasi, navi va boshqa belgilari o`zgacha bo`lgan tegishli darajada sifatli tovarni almashtirish chog`ida almashtirilayotgan tovarning almashtirish paytidagi bahosi bilan sifati tegishli darajada bo`lmagan tovar o`rniga berilayotgan tovarning bahosi o`rtasidagi farq to`lanishi lozim. Agar iste`molchining talabi sotuvchi tomonidan qondirilmasa, bu baholar sud tovarni almashtirish to`g`risida qaror chiqargan payt bo`yicha aniqlanadi.
Tovarning xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirish to`g`risida talab qo`yilgan taqdirda tovarning bahosini pasaytirish to`g`risida talab qo`yilgan paytdagi, agar sotib oluvchining talabi ixtiyoriy suratda qondirilmagan bo`lsa, sud bahoni mutanosib ravishda kamaytirish to`g`risida qaror chiqargan paytdagi bahosi inobatga olinadi.

Xulosa
Iste`molchi tovarlar va xizmatlar bo`yicha o`z tanlovida mustaqildir, biroq marketing agar taklif etilayotgan tovar yoki xizmatlar iste`molchining ehtiyojlari, zaruriyatlarini qondirishga mo`ljallangan bo`lsa, motivasiyaga ham, xulq-atvorga ham ta`sir etishi mumkin.
Tovar va xizmatlarning sotilishi talabning latent (yashirin, noaniq) ko`rinishida mavjud bo`lganligi sababli ta`minlanadi va iste`molchi qulay sharoitlarda tovar va xizmatlarni tanlashi mumkin yoki aksincha tanlamasligi mumkin. Marketingda latent (yashirin, noaniq) o`zgaruvchilar deb, odatda hisoblab bo`lmaydigan ko`rsatkichlarga aytiladi. Bunga zarurat asosidagi emas, balki hissiyotlar ta`sirida qabul qilingan xarid qilish to`g`risidagi asoslanmagan qarorlarni qabul qilish misol bo`la oladi. Bilvosita statistik usullar bilan bunday xaridlar miqdorini prognoz qilish mumkin, lyokin turli xil omillar ta`sirida (mamlakatdagi siyosiy holatning o`zgarishi, quyosh faolligi yuqori bo`lgan kunlar, reklamaning ta`siri, oiladagi munosabat va boshqalar) real xaridlar soni prognoz qilinadigan xaridlar sonidan ancha farq qilishi mumkin.
Firmalarning muvaffaqiyati iste`molchilar bilan to`g`ridan-to`g`ri aloqalarni o`rnatishga harakat qiluvchi rahbarlar, menejerlarning faolliligiga bog`liq bo`ladi. Bunga misol qilib Shimoliy Amerikadagi Honda North America kompaniyasi menejerlar komandasining tezkor va samarali faoliyatlarini keltirish mumkin. “Ford Tauras” markali avtomobillar bozorda ularning “Accord” nomli avtomobillarini siqib chiqarganda, ular o`z avtomobillarining pirovard iste`molchilari bilan ishlashga e`tibor berish orqali holatni to`g`rilashga harakat qilishdi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.:2017

  2. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007 y., 4—6-son, 39-modda

  3. O’zbekiston Respublikasi Qonuni. Raqobat to’g’risida. 2012 yil 6 yanvar.

  4. O’zbekiston Respublikasining Prezdentining 2017 – yil 2 fevraldagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stependiyalar to’lash mexanizimini takomillashtrishga doir chora-tadbirlar to’g’risidagi” PF-2753-sonli karori



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling