O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti
Download 115.12 Kb.
|
1 2
Bog'liqKASB ETIKASI umida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Asosiy qism
Hammamiz mijoz sifatida kichik do’kon yoki supermarket, qimmatbaho restoran yoki kichik kafe, kinoteatr yoki sartaroshxonalarga kirib turamiz. Va xizmat qiluvchi shaxslarning qanday munosabatda bo’lishlarini, nozik bir tarzda sezib turamiz. Bir joyda savdo xodimi kulib turib muomala qilsa, boshqqa joyda uning qo’pollik bilan javob berishining guvohi bo’lamiz. G’arb tadbirkorlarining muvaffaqiyatlari quyidagi formulaga asoslangan: Muvaffaqiyat = Kasbiy mahorat + Vijdon Vijdon haqida gapirganda, har bir xizmat ko’rsatuvchi soha xodimi quyidagi axloqiy qadriyatlarga ega bo’lishi lozim: -to’g’rilik, nazokat, vazminlik; -xushmuomalalik, xushfe’llik; -Iltifoq; -g’amxo’rlik; -rostgo’ylik, to’g’rilik va h.k. Bu va boshqa axloqiy sifatlar odamlar bilan bo’lgan munosabatlaringizning azloqiy xarakterini shakllantirishi va ish joyingizdagi xatti-harakatlaringizni aniqlab berishi lozim. Kasbiy etikaning asosiy maqsadi shundan iborat. To’g’rilik-odamlar bilan odob-axloq asosiga qurilgan munosabatni, xushfe’llikni, to’g’rilik esa har qanday vaziyatda o’zini tuta bilishni anglatadi. Xushmuomalalik- xulq-atvorning kundalik xususiyati bo’lib, odamlarni hurmat qilishni anglatuvchi axloqiy qadriyatdir. Xushmuomalalik-bu xulq madaniyatining elementar talabi, odamlar bilan mehr-oqibat asosida qurilgan muloqotning sharti, har qanday kishiga, agar u yordamga muhtoj bo’lsa, yordam qo’lini cho’zish, nazokat doirasida ko’zga tashlanadigan xislatlardir. Xushmuomalalik- mehmonxona xodimlarining madaniyatliligi haqida dalolat beradigan eng muhim xislatlardan biridir. Kamtarlik- yutuqlarini pesh qilmaslik, manmanlikdan xoli bo’lish, vazminlikni bildiradigan sifatdir. Shu bilan birga, o’ta kamtarlik ham manmanlikka kiradi. Iste’dodli odam o’z iste’dodini yashirsa ham, iste’dodi ko’rinib turadi.Kamtarlik tortinchoqlik degani emas. Tortinchoq odam o’zini yetarli darajada baholay olmaydi. Bunday odamlarni tez-tez maqtab turish, ularga dadillik beradi, o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi. Ishbilarmon odamlarning etik tamoyillari va me’yorlari Etiket-ishbilarmonlik sohasida, odamlarning bir-birini yaxshi tushunishlari uchun muhimdir. Etiket “imidj” ning shakllanishida muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Ko’p mamlakatlarda firmaning qanaqaligini unga qo’ng’iroq qilib xodimi bilan gaplashish orqali bilishi mumkin. Bu qonuniyat nafaqat firmada, balki ko’p joylarda kuzatiladi. Qayerda etiket bo’lsa, shu yerda mehnat unumdorligi yuqori, faoliyat natijalari yuksak bo’ladi. Shuning uchun ham eng muhim qoidalardan biri: Yaxshi fe’l-atvor – Foyda keltiruvchi omildir Ishbilarmonlik etiketi- tadbirkorning axloqiy-kasbiy xulqning muhim tomonidir. Ko’p tadbirkorlarimiz chet ellik firmalar bilan ishbilarmonlik etiketini yaxshi bilmaganlari tufayli aloqa o’rnata olmaydilar. Ishbilarmonlik munosabatlari amaliyotida har doim qandaydir standart vaziyatlarda uchraydi, ulardan qutilib chiqib ketish juda mushkuldir. Bu vaziyatlar uchun xulq usullari va shakllari ishlab chiqiladi. Qoidalar majmuasi esa ishbilarmonlik etiketini yaratadi. Madaniyatli tadbirkor- vazirni ham, kompania prezidentini ham, odddiy farroshni ham bir xil ravishda hurmat qilishi shart. Bu samimiy hurmat inson tabiatining asosiy qismiga aylanishi kerak. Axloqiy xulq asosida quyidagi axloqiy baho yotish kerak: ishbilarmon hamkor-yaxshi odam. Ishbilarmonlik etiketi mijozlar bilan bo’lgan muloqotda maxsus xulqni talab qiladi. Mijozlarga ko’rsatilayotgan har qanday xizmat turidan xulqqa oid kasbiy nozik alomatlar bor. Eng muhim tamoyil: mijoz-ofisning eng qadrdon va kutilgan mehmonidir. Ishbilarmonlik doirasida obro’-e’tibor katta ahamiyatga ega. Yaxshi obro’ qozonish juda qiyin, lekin uni yo’qotish juda ham oson. Obro’ qozonishda hamma narsa muhim: nutq madaniyati, kiyinish, xulq-atvor, ofis interyeri va h.k. Bundan har bir o’zini hurmat qiladigan kompaniya uchun etikaning asosiy qoidasi kelib chiqadi. Shuning uchun ham har bir zamonaviy tadbirkor faoliyatining asosiy tamoyillari yana biri bu: Tavakkal qila bilish va omadga ishonish, qarorlar qabul qilishda ma’suliyatdan qo’rqmay o’z zimmasiga olish. Muomala madaniyati Odamlar bilan muomala qilish sana’ti ham har bir kishidan katta mahoratni talab qiladi. Har qanday lavozimga nomzod deb qaralayotgan odamdan bunday fazilat bo’lishi va bu fazilat har qanday sharoitda namoyon bo’ishi maqsadga muvofiqdir. Siz mehmonxonada, restoranda, kutubxonada yoki laboratoriyada ishlashingizdan qat’iy nazar, eng muhimi-o’z fikringizni aniq va ravshan ifoda eta olishingizdir. Bu esa sizning muvaffaqiyatingizga zamin yaratadi. Har bir odam o’z fikrini og’zaki yoki yozma ravishda ifodalay bilishi lozim. Sizning o’z individualingizni saqlab qolishga intilishingiz va o’zingiz tanlab olgan hamkorlaringiz bilan ishlashni xohlashingiz-sizning “jamoaning yaxshi o’yinchisiga” aylanishingizga olib keladi. Nomzodning bo’lajak lavozimga ishga o’tish maqsadida suhbatda ishtirok etishining samaradorligi uning kommunikativligi va shaxslararo muomala qilish qobiliyatlarining rivojlanganligiga bog’liqdir. Masalan, agar suhbat mobaaynida ish beruvchining ko’zlariga qarashga tortinsangiz, u sizni o’ziga ishonmaydigan odam deb o’ylaydi. Muloqotlarda passiv emas, balki faol qatnashuvchi bo’lishga intiling va savol-javob qilishni o’rganing. Shu sabab bilan siz ritorika usullarini, imo ishoralarva mimikalar yordamida suhbatlashishni o’rganing, suhbat davomida o’zingiz4ni tutib turishni, xulqingiz yaxshi bo’lishini ta’minlang shunda siz qay ishda bo’lmang, qay lavozimni egallamang, sizga doim muvaffaqiyatlar hamroh bo’ladi. Bosh tortish(o’zini olib qochish). Bu xalq shakli tanlanishi sabablari quyidagicha: individ o’zining huquqlarini himoya qilishni istamaydi, qaror ishlab chiqishda ishtirok etmaydi, o’z fikrini aytishdan bosh tortadi, baxslashishni istamaydi. Buning sabablari quyidagicha: individ uchun nizoning natijasi muhim ahamiyatga ega emas, yoki vaziyatning juda og’irligi va uning bartaraf etilishi ishtirokchilarning katta kuch talab qilishi yoki individning nizoni o’z foydasiga hal qilishga kuchi yetmasligi. O’zaro kurashish. Raqobat individning o’z manfaatlari uchun faol ravishda kurashayotganligini, qo’yilgan maqsadlariga erishishda barcha vositalardan foydalanayotganligini anglatadi, ya’ni o’z hukmidan foydalanish, tazyiq o’tkazish, raqiblarni axloqiy ezish, ishtirokchilarning o’ziga bog’liqligidan foydalanish. Yon bosish, moslashish. Individning harakatlari raqib bilan bo’lgan munosabatlarini saqlab qolish va qo’llab- quvvatlashga qaratilgan bo’ladi va bu maqsadga erishish uchun u o’z manfaatlaridan qisma amalga oshmasligiga ham tayyor.Bu yondashuvni, odatda, individning munosabatlardagi o’zrni past darajada bo’lsa, nizoning obyekti raqib uchun ko’proq ahamiyatga ega bo’lganda kuzatamiz. Hamkorlik deganda biz individning qaror topishda faol ishtirok etishini va barcha ishtirokchilar manfaatlari hamda o’zining manfaatini qondirish maqsadida harakat qilishini nazarda tutamiz.Ishtirokchilarning ochiqdan-ochiq fikr almashishi barcha ishtirokchilarning qaror izlashda manfaatdorligi ko’zda tutiladi. Bu shakl barcha ishtirokchilarning ijobiy yondashuvini talab qiladi. Agar raqiblarning Bo’sh vaqti bo’lib, muammoning hal qilinishini hammaga bir xil ravishda manfaatli bo’lsa, unda har tomonlama muhokama zarur bo’ladi hamda umumiy o’zaro ,manfaatli qaror qabul qilish muhim ro’l o’ynaydi. Kelishuvda ishtirokchilarning bir-biriga yon boshishi natijasida umumiy qarorga kelish va buning natijasida hech kim g’olib bo’lmasligi hamda mag’lub bo’lmasligi qayd etiladi. Xulqning bunday shakli-ishtirokchilarning deyarli bir xil taqsimlangan bo’lib, manfaatlari qarama-qarshi bo’lsa hamda ularning yaxshi qaror izlab topishga vaqti kam bo’lsa-yu, ammo qabul qilingan qaror vaqtinchalik hammaga ma’qul bo’lsa, qo’llaniladi. Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirishda mexnat tarbiyasining roli va o`rni bekiyos kattadir. Insonning kundalik turmush tarzi mexnat va faoliyat bilan boglikdir. Shu sababli, mexnat butun moddiy va ma`naviy boyliklarning ijtimoiy tarakkiyotning negizidir. Mexnat tarbiyasi shaxsni har tomonlama rivojlantirishning ajralmas kismidir. Shuningdek, bolaning har tomonlama shakllanish vositasi, uning shaxs sifatida ulgayish omili hamdir. Muntazam kilingan mexnat jarayonidagina bola o`z aklini irodasini, hissiyotini, harakterini rivojlantirishi, shaxs sifatida shakllanishi mumkin. Farzandlarimiz mustakil O`zbekistonimizning bo`lgusi kuruvchilaridir. Shu sababli kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshka hujjatlarda ularni mexnatga kay darajada tayyorlashga aloxida e`tibor berilmokda. Shunday ekan, mexnat farzandlarimiz uchun ham zarurat, ham burch bo`lishi, buning uchun uyda ham, o`kuv yurtlarida ham mexnat kilish uchun sharoitlar yaratilishi lozim. Agar bola kichikligidan mexnat kilishga o`rgatilsa, o`yindan mexnat kilishga xech bir kiyinchiliklarsiz o`tadi. Bu jarayonda kattalarning ibrati muxim rol o`ynaydi. Farzandlarimiz kichik yoshdan boshlab maishiy mexnat, akliy mexnat, jismoniy mexnat va ijtimoiy mexnatda ishtirok etadi. Mexnat tarbiyasida yutuklarga erishishda yoshlarni mexnatga ham ruxan, ham amaliy jixatdan tayyorlash lozim. Shuning uchun ularning yoshi va imkoniyatlariga mos mexnat turlarini bajarishga jalb kilmok lozim. Mexnatga psixologik, axlokiy va amaliy tayyorlash jarayonida o`kuvchida mexnatsevarlik, intizomlilik, shijoatkorlik kabi axlokiy irodaviy xususiyatlar tarbiyalanib boradi, o`kuvchilarda jamoatchilik bilan birga mexnat kilish ko`nikmalarini hosil kilish lozim. Chunki inson butun xayoti davomida ko`pchilik bilan mexnat kiladi. Bu jarayonda o`kuvchida mexnat kilish madaniyatini o`stirmok darkor. Yoshlar mexnati dastlab oilada, keyin esa o`kuv yurtlarida amalga oshiriladi. Bu jarayonda ayniksa akademik litsey kasb-xunar kollejlarini o`rni va ahamiyati bekiyos kattadir. Ta`lim to`grisidagi konunning 13 - moddasida ta`kidlanganidek, “kasb-xunar kollej o`kuvchilarning kasb-xunarga moyilligi, maxorati va malakasini chukur rivojlantirishni tanlangan kasblar bo`yicha bir yoki bir necha ixtisos olishini ta`minlaydigan uch yillik o`rta kasb -xunar o`kuv yurtidir.” Yoshlar mexnatining mazmuni mamlakat oldida turgan ijtimoiy, siyosiy va iktisodiy vazifalar, viloyat va tumanlardagi kadrlarga bo`lgan ehtiyoj, o`kuv yurtlarining ichki imkoniyatlari va talablari asosida belgilanadi. Avvalo, ta`lim jarayonida mexnat haqida dastlabki bilim va tasavvurlarga ega bo`ladilar, o`kish ham mexnat ekanligini tushunib oladilar. O`kuv rejasiga kiritilgan mexnat darslarida esa, mexnat kilish malakalarini egallaydilar. Bu jarayonda o`z mexnatlarining natijasini ko`rib zavklanadilar va yanada yaxshirok mexnat kilishga harakat kiladilar. Mexnat kilish jarayonida, sinfdan va maktabdan tashkari mexnat, o`z-o`ziga xizmat kilish mexnati ijtimoiy foydali mexnat turida faol ishtirok etadilar va chinikadilar. Pedagogika fani mexnat tarbiyasini tashkil kilishda bir nechta talablar ko`yadi: Jumladan, mexnatning ijtimoiy axlokiy ahamiyatiga aloxida e`tibor berish, mexnat o`kuvchining yoshi, xayot tajribasi va imkoniyatlariga mos bo`lishi, ularning mexnat faoliyatlari ijodiy harakatda bo`lishi, o`z vaktida turli kasblar haqida ma`lumotlar berib borilishi, mexnat axllari bilan doimo suxbat va uchrashuvlar tashkil kilish kabilar. Yukoridagi fikrlar kuyidagicha ilmiy-amaliy fikr va muloxazalarni keltirib chikaradi. Mexnat inson xayotining zaruriy shartidir. U inson uchun fakat material, ijtimoiy zaruriyat emas, balki ma`naviy-ruxiy ehtiyoj hamdir. Inson bolasining yoshligidan mexnatga ehtiyojiy xavasi genetik fiziologik asosga ega. Bolalarda bir yoshdan boshlab keng ijodiy faoliyat shakllanadi. Shu keng faoliyat jarayonida bolalarning kizikishi, imkoniyat, kobiliyat va layokatli ko`rinishlarini topa bilish lozim. Yoshlikdan faoliyatga ijobiy munosabatga o`rgatish lozim. Mexnat tarbiyasi fan asoslarini o`rganish jarayonida o`kuvchilarning olgan bilimlarining anik maksadga yo`nalganligini, ishlab chikarish jarayonining ilmiy asoslarini, bilim va kasbiy kizikishlarini ko`zda tutadi. O`kuvchi butun o`kuv davrida mexnat bilan yaralgan boyliklar bilan tanishadi, bular fakat erkin mexnat kila olganlaridagina yuzaga kelishini tushunadi, o`kuvchi mexnatini ilmiy tashkil kilishning birinchi darsini o`kuv jarayonida oladi. Mexnat tarbiyasi oilada goyat ko`lamdor xolda amalga oshiriladi. Oila boshliklari va bolalarning birgalikdagi mexnatini tashkil kilish nixoyatda katta imkoniyatlarga ega. Kasb tanlash jiddiy va mas`uliyatli ishdir, o`z xayot yo`llarini jiddiy sur`atda belgilab borish jiddiy masala. Buning uchun maktablardagi politexnika sistemasida to`garaklar muxim o`rin tutadi, fan to`garaklarida bolalar politexnik saviya, bilimlarini kengaytiradi, kasb tanlashga tayyorlanishadi. Maktabda yukori sinf o`kuvchilari uchun “ishlab chikarish asoslari: kasb tanlash” kursi o`kitiladi. Kasbga yo`naltirish umumiy o`kuv tarbiya jarayonida amalga oshirilishi kerak, o`kuvchilarni kasbga yo`naltirishda ota-onalar ham manfaatdor. Shuning uchun ham o`kuvchilarning ota-onalari bilan aloka bo`lishi lozim. Mexnat tarbiyasi iktisodiy tarbiya bilan chambarchas boglikdir. Bozor munosabatlari sharoiti yoshlarda iktisodiy tafakkurni tarbiyalash ayniksa muxim. Zero, bu to`grida gamxo`rlik ko`rsatilmokda, pedogoglarimiz tadkikotlar olib bormokda. Iktisodiy tarbiya o`kuvchilarda tejamkorlik, ishbilarmonlik, iktisodiy tashabbuskorlik, mexnatsevarlik, iktisoiy hisob-kitob va ayni shu kabilar haqida fikrlay olish kabi kobiliyatni kamol toptirishdir. Jismoniy tarbiyaning maksadi – o`kuvchilar tanasidagi barcha a`zolarni soglom o`sishini ta`minlash barobarida ularni akliy va jismoniy mexnatga, shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlash yotadi. Abdulla Avloniyning fikricha, soglom fikr, yaxshi axlok va ilm-ma`rifatga ega bo`lmok uchun badanni tarbiya kilish zarurdir. Jismoniy tarbiya kishilarga katta ta`sir ko`rsatib, salomatligini mustaxkamlaydi, ishlash kobiliyatini oshiradi, uzok umr ko`rishga yordam beradi. Sport – har kanday yoshda ham kaddi-komatni tarbiya kilish, kuch-kuvvatni saklab turishning vositasi hisoblanadi. Fan va texnika tarakkiyoti mutaxassislikka nisbatan yuksak talablar ko`ymokda. Bu xol o`kuvchilarni mexnatga tayyorlash, unga o`rgatish yo`l va vositalarini takomillashtirishni takazo kilmokda. Inson faoliyatining asosiy turi mexnat, atrof-muxitni o`zlashtirish, bunyod kilish orkali ham ijtimoiy, ham shaxsiy ehtiyojlarini kondiradi. Shuning uchun mexnatga murakkab ijtimoiy xodisalar sifatida karaladi. Mexnat faoliyati o`kish jarayonini ham o`z ichiga oladi. Shu jarayonda avlodlar to`plagan bilimlarni ko`nikma va malakalarni egallash yordamida mexnat faoliyatiga tayyorlanadilar. O`zbekiston Respublikasi xalk ta`limi Milliy konsepsiyasi materiallarida, umumiy ta`lim va xunar maktabini islox kilishning asosiy yo`nalishlarida ham katta e`tibor berildi. Mustakillik milliy kadrlar tayyorlash ko`lami va sifatini oshirishni takozo kilmokda. Yirik korxonalarda milliy kadrlarning kamligi yetuk mutaxassislarning migratsiyasi ushbu muammoga davlat nuktai nazaridan jiddiy yondashishni talab etmokda. Mexnat faoliyati motivlari ehtiyojlari turiga karab tabiiy va ma`naviy turlarga ajratiladi. Shu motivlarga kizikish ham kiradi, hamda shaxs dikkatini mexnat ob`ektlariga yo`naltirishni egallashga karatilgan bilish faoliyati karor topadi. Kasbga nisbatan kizikishni vujudga keltirish o`kituvchining pedagogik faoliyati bilan bevosita boglikdir. Mexnat ta`limini turmush bilan boglash, uygunlashtirish, o`kuvchilarning individual-tipologik, yosh davrlari xususiyatlari, texnik kobiliyatlari, intellektual darajalari va imkoniyatlarini hisobga olish ijobiy samara beradi. Chunki har bir kasb-xunar shaxsdan ifodaviy zo`r berishni, akliy jiddiylikni, chidam va sabr-tokatni talab kiladi. Barcha kiyinchilik va sinovlarga bardosh bera oladigan yigit-kizlargina mazkur tanlangan kasbga nisbatan yarogli deb topiladi. Mexnat ta`limi esa xuddi ana shuning amaliy tomonini o`zida aks ettirish imkoniyatiga ega. Ta`limni okilona, optimal yo`l bilan tashkil kilish va olib borish turli yoshdagi maktab o`kuvchilarida mexnatga ongli munosabatni tarkib toptirib, kasb-xunarga nisbatan kizikish hissini uygotadi. Barkamol avlodni jismoniy barkamolsiz tasavvur kilib bo`lmaydi, bu tarbiyaning bosh maksadi jismonan chinikkan, mard va sabotli, kat`iyatli va vatanparvarlarni kamol toptirishdir. Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan 2000 yilni “Soglom avlod” yili deb e`lon kilinishi bu tarbiyaga e`tiborni yanada kuchaytirdi. Prezidentimiz: “Farzandlari soglom yurt kudratli bo`ladi, kudratli yurtning farzandlari soglom bo`ladi”, deb ta`kidlaydi. Yurtboshimiz fikrini davom ettirar ekan, eng avvalo har bir odam o`z sogligi haqida kaygurishi, har bir oila o`zidan soglom nasl, soglom zurriyot koldirishni o`ylashi zarur. Agar farzand soglom, okil, iymon-e`tikodli bo`lsa, ota-onasiga fakat raxmat keltiradi. El-yurt nazaridan xech kachon chetda kolmaydi deb uktiradi. Jismoniy barkamollik tarbiya tizimida muxim o`rinni egallaydi va boshka tarbiyalar bilan birga amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya o`z oldiga kator vazifalarini ko`yadi. Jumladan, organizmni chiniktirish, soglikni mustaxkamlash va rivojlantirish, bolalarda yangi jismoniy harakat turlarini hosil kilish va kurollantirish, bolaning yoshiga, jinsiga chinikkanlik darajasiga mos keladigan jismoniy harakat sifatlarini rivojlantirish va o`z sogligiga ongli munosabatda bo`lishni tarbiyalashdan iborat. Bu vazifalarni xal kilishda jismoniy tarbiya akliy, estetik va mexnat tarbiyalari bilan hamkorlik kiladi. Insonning soglom va barkamol o`sishi turli omil va vositalarga boglik. Avvalo nasl toza, soglom bo`lishi kerak, shu sababli Prezidentimiz soglom ota-onadan albatta soglom farzand tugilishini aloxida ta`kidlaydi. Kolaversa, yashash jarayonida sanitariya- gigiyena omillariga amal kilishi, tabiatdagi soglomlashtiruvchi omillar, ya`ni kuyosh, xavo va suv ta`siridan o`rinli foydalanish va jismoniy mashklardan foydalanishni takozo kiladi. Xulosa Yosh avlodni jismonan chiniktirishda o`kuv yurtlari rejasi bo`yicha o`tiladigan jismoniy tarbiya darslarining roli va ahamiyati bekiyos kattadir. Bu darslar mutaxassis o`kituvchilar tomonidan o`kuv yurti dasturlari bo`yicha olib boriladi va tibbiyot xodimlari nazoratida bo`ladi. Jismoniy tarbiya oldidagi vazifalarni xal etishda ertalabki gimnastik mashgulotlar, fikultminutlar, fizkultura bayramlari, salomatlik kunlari munosabati bilan uyushtiriladi. Bularga ota-onalar ham taklif kilinadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Karimov I.A. Istiklol va ma`naviyat. T.O`zbekiston, 1994. 2. Karimov I.A. Soglom avlod xalkimiz kelajagi. T. 1999. 3. Ta`lim to`grisidagi konun. T.1997. 4. Munavvarov A.K. Pedagogika. T. O`qituvchi. 1996. 5. Gaybullayev N.R. Ta`lim-tarbiyaning amaliy yo`nalishi. T. O`kituvchi. 1986. 6. www.ziyonet.uz Download 115.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling