O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qish


Download 74.05 Kb.
bet5/10
Sana10.11.2023
Hajmi74.05 Kb.
#1763325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
xumoyun (2)

Tadqiqotlarning nazariy va amaliy ahamiyati Sabzavot agrobiotsenozida uchrab, unda katta havf keltiradigan zararkunandalar: o‘rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch), issiqxona oqqanoti (Trialeurodes vaporariorum Westw), poliz biti (Aphis gossypii Glow), Kartoshka – sikadkasining (Empoasca solani Curt), g‘o‘za oqqanoti (Bemisia tabaci Genn), qovun pashshasi, poliz qo‘ng‘izi va boshqalar hisoblanadi. Sabzavot va poliz ekinlari agrobiotsenozida bir nechta samarali parazit turlari uchrab, zararkunandalar sonini samarali
boshqarib turadi. Bularga afidiuslar, diglifus, daknuza, enkarziya va boshqalar shular jumlasidandir.
Afidius parazitini sabzavot ekinlarida uchraydigan poliz biti (Aphis gossypii Glow) qarshi qo‘llash tavsiya etilib, bunda zararkunandalar sonini 93,8 % gacha yo‘qotishi aniqlandi.
Tadqiqot natijalarining elon qilinishi. Disssertatsiya mavzusi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan e’tirof etilgan nashrlarda 2 ta maqola nashr etilgan.
Dissertatsiya tuzilishi va xajmi. Magistrlik dissertatsiya ishi tarkibi kirish, to‘rtta bob, xulosalar, ishlab chiqarishga tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiya xajmi 80 betni tashkil etadi.


DISSERTATSIYАNING ASOSIY MAZMUNI
Kirish qismida o‘tkazilgan tadqiqotlarning dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob’ekti va predmetlari tavsiflangan. Mavzuning Respublika fan va texnologiyalarni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan. Ilmiy tadqiqotning yangiligi va amaliy natijalari bayon etilgan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati atroflicha yoritilgan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish, nashr etilgan ilmiy ishlar va dissertatsiyaning tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Magistrlik dissertatsiya ishining birinchi bobida Sabzavot agrobiotsenozida zararkunanda va entomofaglarning o‘rganilganligi (adabiyotlar tahlili) Birinchi bobning 1.1. Sabzavot agrobiotsenozida zararkunandalarining tarqalishi, bioekologiyasi va zarari va 1.2 Sabzavot agrobiotsenozida entomofag turlari va ularning o‘rganilganligi bo‘yicha maxalliy va xorijiy olimlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari o‘rganilib, olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari taxlil qilingan.
Magistrlik dissertatsiya ishining ikkinchi bobida Tajriba o‘tkazish joyi, materiallari va uslublari tajriba o‘tkazilgan joyning tuproq va iqlim sharoiti ma’lumotlar asosida keltirilib, o‘tkazilgan tadqiqot uslublari umum qabul qilingan uslublar yordamida bajarilgan.
Magistrlik dissertatsiya ishining uchunchi bobida tadqiqotning natijalari keng yoritilgan. Sabzavot ekinlarida tripslarning va issiqxona oqqanotining uchrash darajasi va ularning ekin turlaridagi dominantligi tur tarkibi, tarqalishi, zarari xamda biologik xususiyatlari o‘rganilgan. Tamaki tripsi (Thrips tabaci L)tur tarkibi, tarqalishi, zarari va biologik xususiyatlarini tarkibi, taqalishi o‘rganilgan.
Bunda sabzavot ekinlarining suruvchi zararkunandalari tamaki tripsi hamda yaylov tripsining sabzavot ekinlarida uchrash darajasini aniqladik(1-jadvalga qarang)


Download 74.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling