O'zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va pedagogika fakulteti


Unda: «Suveren Qoraqalpog’iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi», deb ta’kidlanadi


Download 0.92 Mb.
bet9/12
Sana03.12.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1798822
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
“O’zbekistonda davlat boshqaruvining yangi tizimining shakllanishi va rivojlanib borishi”

Unda: «Suveren Qoraqalpog’iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi», deb ta’kidlanadi.
Amalga oshirilayotgan islohotlar, O‘zbekiston kelajagi uchun ularning ahamiyati to‘g‘risida gapirib, yurtboshimiz shunday dedi: «Biz juda katta qiyinchiliklarni boshdan kechirdik. Oldinda yana qanchadan-qancha sinovlar turibdi. Bugungi murakkab vaziyatda tanlab olingan va azaliy mil-liy manfaatlarimizga, xalqimizning tabiatiga, ongiga ma’qul bo‘lgan yo‘ldan adashmaslik choralari haqida, O‘zbekis-tonning porloq istiqbolga etish yo‘li xususiyatlari to‘g‘ri-sida gaplashib olishimiz zarur deb o‘ylayman»


II.2. Rahbar ma’naviyati va boshqaruv usuli
Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar yangi rahbar kadrlar va boshqaruv usullarini shakllantirishni talab etishi tabiiy. Buning jamiyatimiz voqeligi bilan bog‘liq bir necha jihatlari mavjud. Xususan, o‘zbek xalqi mentalitetiga xos bo‘lgan katta yoshdagilar va yuqori lavozimdagi kishilarga hurmat hamda ulardan o‘rnak olishga bo‘lgan moyillik. Prezident I.A.Karimov turli yig’ilishlarda so‘zlagan nutqlarida davlat va jamiyatning muayyan sohasi yoki yo‘nalishini boshqarish zimmasiga yuklatilgan rahbarlar qanday sifatlarga ega bo‘lishi lozimligi, buning amal­ga oshirilayotgan islohotlar samarasiga bevosita ta’siri masalalariga alohida to‘xtalib o‘tadi.
Rahbar ma’naviyati, boshqaruv madaniyati va fuqarolarning faolligi bir-biri bilan o‘zaro bog’liq, bir-birini taqozo etadigan tushunchalar. Chunki davlat organlari va siyosiy, ijtimoiy, fuqarolik institutlarining o‘zaro hamjihatligisiz mamlakatning izchil va barqaror rivojlanishini ta’minlab bo‘lmaydi. Mazkur bahamjihatlik boshqaruvning demokratik tizimga o‘tishi uchun zarur omillarga bog'liq. Bu, bir tomondan, hokimiyatning byurokra­tizm va korrupsiya illatlariga berilishining oldini olish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan, islohotlarning asosiy subyekti bo‘lgan fuqarolarning mamlakatda amalga oshirilayotgan ishlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirishga olib keladi.19
Rahbardan talab etiladigan ma’naviy fazilatlar, shu bilan bog‘liq boshqaruv madaniyatini takomillashtirish bugun yanada dolzarblashdi. Shakllangan vaziyatni tahlil qilib, mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilash borasida oldimizda turgan vazifalarni belgilab, Prezidentimiz shunday deydi: “Konkret dasturlarda belgilangan vazifalar har qaysi hudud bo‘yicha qanday ijro etilayotganiga qarab, mutasaddi shaxslarning ushbu dastur orqali qo‘yilgan vazifani qay darajada tushunishi va bajarilishini ta’minlashi, qisqacha aytganda, ularning zamonaviy rahbarga qo‘yiladigan talablarga qanchalik javob berishi to‘g’risida xulosa chiqarish imkoni paydo bo‘ladi”.
Hozirgi davrda har qanday rahbar loqayd omma bilan emas, balki inson omiliga, ya’ni muayyan madaniyat asosida tashkillashtirilgan munosabatlar tizimiga tayanib ish yuritadi. Boshqaruvning Insonga yo‘naltirilgan usuli, nazarimizda, eng maqbul va samarali usuldir. Zero, bunday boshqaruv usuli zamonaviy rahbardan talab etiladigan barcha fazilatlarga ega bo‘lishini taqozo etadi. Lekin mazkur usul boshqaruv madaniyatining eng og‘ir usuli hamdir. Chunki Insonga yo‘naltirilgan usulni amalga oshirish, amalda qo‘llash qator qiyinchiliklarni tug’diradiki, bu rahbardan katta mehnatni, butun aqliy va ma’naviy salohiyatini ishga solishni taqozo etadi.
Zamonaviy rahbardagi chinakam yo‘lboshchi bo‘lish, odamlarni o‘z atrofida uyushtira olish, yuksak marralar sari yetaklay olish kabi fazilatlar o‘ta muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan, har kanday rahbar o‘z sohasini boshqarishda odamlarning dardu tashvishidan ogoh bo‘lishi zarur. Ba’zan eng oqil rahbarlar ham xatoga yo‘l qo‘yadi, maqsadlari qanchalik ezgu bo‘lmasin, faoliyatlari kutilgan samarani bermaydi. Gap shundaki, bunday rahbarlar muayyan tashkilot yoki hudud madaniyatini yaxlit tizim sifatida tushunadi. Albatta, har bir jamoa yoki hudud aholisining yashash tarzi, ular rioya etadigan tartib-qoidalar bor. Ammo rahbar bu birlik ichra “xususiy madaniyat”lar borligini hisobga olmog‘i kerak. Chunki muayyan korxona yoki hududda, tabiiyki, turli qatlamga mansub kishilar mavjud. Har bir qatlam (kichik guruh – korxona miqyosida bo‘lim, ishchi guruh, hudud doirasida qishloq, mahalla bo‘lishi mumkin) oldida hal etiladigan muayyan masala yoki hududiy o‘ziga xoslik bo‘ladi. Rahbar oldida bunday submadaniyatlarni aniqlash, ularni yaxlit tashkiliy madaniyat doirasida birlashtirish imkoniyatlarini izlash vazifasi turadi. Bu tizimni imkon qadar optimallashtirgan rahbargina o‘z oldidagi vazifalarni muvaffaqiyat bilan ado etishi mumkin. Boshqacha aytganda, rahbarning vazifasi odamlarni umummanfaat yo‘lida birlashtirish va shu orqali muhitni sog’lomlashtirish. Prezident I.A.Karimov aytganidek, “Muhit buzilgan joyda esa, rahbarga ishonch va hurmat yo‘qoladi, ish o‘rniga guruhbozlik, o‘zaro ziddiyat va nizolar kuchayadi, yurtdan baraka ko‘tariladi”.
Tadbirkorlik fazilati insonga o‘z rizqini topishga, iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi. Ammo bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik nafaqat alohida tadbirkor, moddiy ne’matlarni yaratuvchi yoki boshqa faoliyat orqali daromad topayotgan shaxsga nisbatan, balki buning uchun sharoit yaratib beruvchilarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Shuning uchun zamonaviy rahbardan talab etiladigan fazilatlar qatorida harakatchanlik, ishbilarmonlik va tadbirkorlik ham talab etiladi.
Ma’lumki, yuqori malakali kadrlar boshqaruvchining irodasiga bo‘ysunishga moyil bo‘lmay-ishga fidoyi bo‘lish, mustaqil qaror qabul qilishga harakat qiladi. Har bir sohada innovatsiyalar talab etilayotgan bugungi kunda ayni shunday odamlar ish berish, yangiliklar yaratsh, ishni olg‘a siljitishga qodir. Shu bilan birga, bunday odamlar bilan ishlash oson emas. O’z hududi, korxona yoki muassasasining, oxir-oqibat mamlakatning kelajagini o‘ylaydigan rahbar to‘rachilik kayfiyatidan voz kechishi, bag‘rikeng, sabr-toqatli bo‘lishi, shunday odamlarni o‘z atrofida birlashtira olishi kerak.
Shuni alohida qayd etish lozimki, bugungi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida insonga yo‘naltirilgan boshqaruv madaniyatining yana bir qirrasi namoyon bo‘lmoqda. Ma’lumki, mazkur inqiroz ishchi o‘rinlarining qisqarishi, aholi daromadining keskin kamayishi kabi oqibatlarga olib kelmoqda. Bu, o‘z navbatida, norozilik kayfiyatining kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. Shunday sharoitda, masalan, ishdan bo‘shatilishi lozim bo‘lgan xodim bu axborotni qanday qabul kiladi? Uning korxona (muassasa, tashkilot)ga munosabati qanday bo‘ladi? Bu savollarga rahbar to’g’ri javob topa olmasa, shunga muvofiq qaror qabul qilmasa, bu salbiy natijaga olib kelishi mumkin. Xususan, Rossiya davlatida rahbarlarga maxsus o‘quvlar, treninglar uyushtirilgan. Unda aytilishicha, agar rahbar xodimni ishdan bo‘shatish paytida unga o‘z ishini eplay olmagani yoki boshqa kamchiligini ko‘rsatilsa, u buni tahqir sifatida qabul qilishi, hatto, dushmanga aylanishi, turli yo‘llar bilan o‘ch olib (masalan, asbob-uskunalarga ziyon yetkazishi, mahfiy, korporativ sirni raqiblarga oshkor qilishi va h.k), korxonaga ziyon yetkazishi mumkin.
Bugungi kunda boshqaruv madaniyati, uning samaradorligi rahbarning nafaqat bilim darajasi, balki ma’naviy fazilatlariga, odamlar ko‘nglini ola bilishiga, ularning dardu tashvishlari bilan yashay olishiga bog‘liq. Davlat va jamiyat qurilishini zamon talablariga moslashtirishdek strategik maqsadlarni amalga oshirish, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish har bir fuqaroning, avvalambor, rahbarlik kursisida o‘tirganlarning oliy maqsadlar yo‘lida jipslasha olishiga, o‘zini xalq, millatning ajralmas qismi ekanligini anglab yetishiga bog‘liq.
Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida, barcha sohalarda modernizatsiyalash jarayonlari ketayotgan vaqtda har bir rahbar davrning tarixiy-falsafiy ma’nosi va mohiyatinigina anglashi yetarli bo‘lmay, balki o‘zi xizmat qilayotgan ishda uni amalga oshirishi ham kerak. Bu esa, birinchi navbatda, rahbardan zamonaviy ilmiy boshqaruv usullarini bilishni talab etadi,
Bundan tashqari, boshqarish o‘rni bilan boshqarish obyektlari o‘rtasida nomutanosiblik ro‘y beradi. Biz qator tizimlar: mehnat, texnologik jarayonlar, mehnat predmetlari, iqtisodiy munosabatlar va boshqalarni boshqaramiz. Mazkur tizimlar keyingi yillarda katta o‘zgarishlarga uchradi, odamlar o‘zgardi, shunga muvofiq, ularning xulq-atvori, dunyoqarashi ham o‘zgardi. Boshqaruvda esa ba’zan avvalgi uslublar, harakatlar, tashkil etish usullari uchrab turadi. Ziddiyatli ravishda iqtisodiy zarar, garchi bozor sharoitiga o‘tishda hech bir mamlakat ulardan xalos bo‘lmagan bo‘lsa-da, ya’ni mehnatning bekorga sarflanishi, materiallar va xom ashyoning ko‘plab chiqitga chiqishi – ishlab chiqarishni boshqarish darajasining orqada qolishi natijasi sifatida yuzaga keldi. Demak, xo‘jalik hisobidagi jamoalarni boshqarishda qat’iy burilish yasash kerak, ishlab chiqarishni boshqarish amaliyotiga bozorga oid uslublar izchil va tizimli tarzda singdirilishi, eskicha qaror qabul qilish usullarini siqib chiqarish kerak, shuning uchun hozirgi paytda, ishlab chiqarishga ilgarigidan ilmliroq, mohir boshqaruvchi va menejerlar kerak.
Darhaqiqat, kishilar bilan har kuni, har soatda muloqotda bo‘ladigan rahbar so‘z hamda boshqarish san’ati tamoyil va usullarini bilishi lozim. Agar rahbar bunday xislatga ega bo‘lsa, bu – katta kuch. Amerikadagi Deyl Kornegi nomidagi Texnologiya instituti chiqargan xulosalar dunyoda ko‘pchilikni hayron qoldirdi. Agar sanoat ishlab chiqarish sohasida biror-bir mutaxassis katta muvaffaqiyat qozongan bo‘lsa, buning 15 foiziga u o‘zining ixtisoslik bilimlari tufayli erishgan, qolgan 85 foiziga esa odamlarni boshqara olish qobiliyati, rah-barlik talanti, inson tabiatini bilishi orqasida erishilgan. “Bizga tashkilotchi, tashabbus ko‘rsatib, boshqalarni ham ergashtira oladigan rahbarlar kerak, chunki bunday insonlar xalqni jipslashtiradi” yoki “yaxshi mutaxassis bo‘lish mumkin, lekin yaxshi rahbar bo‘lish qiyin”, deganda, Prezidentimiz birinchi galda mana shunday boshqarish qobiliyatiga ega, rahbarlik sirlarini egallagan kadrlarni nazarda tutadi. Ayniqsa, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish borasidagi maqsad va marralarimizga erishishda boshqaruv tizimi xizmatchilari – rahbar kadrlarning o‘rni yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu narsa aniqki, har bir sohada erishilajak yutuqlar rahbarning boshqaruv salohiyati, zarur malaka va tajribalaridan tashqari, uning ma’naviy qiyofasi qay darajada ekaniga bog’liqdir. Davlatimiz rahbari istiqlolning ilk damlaridan boshlab iqtisodiyot haqida bir marta so‘zlaganda, ma’naviyat to‘g‘risida o‘n bor gapirayotgani bejiz emas. Zero, ma’naviyat shaxs, jamiyat va millat, binobarin, mamlakat ravnaqining asosiy omili va poydevoridir. Ma’naviyati but insonlar har qanday damda, turli qaltis, sinovli pallalarda ham yo‘lini yo‘qotmaydi, boshqalarga pand bermaydi. O‘z manfaatini umumxalq, yurt manfaatidan hech qachon ustun qo‘ymaydi. Davlat va jamiyat boshqaruvining qaysi tarmogida, qanday pog‘onada bo‘lmasin, rahbarlik lavozimda xizmat qilayotgan shaxsning ma’naviy barkamolligi uning faoliyatida ko‘p narsani belgilaydi. “Mas’ul rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni tanlashda o‘tkaziladigan suhbat jarayonida ularning professional malakasi, bilimi, tashkilotchiligi, hayotiy tajribasi, insoniy fazilatlari bilan bir qatorda ma’naviy saviyasiga ham alohida e’tibor qarataman”.20
XULOSA
Shunday qilib, o’zbek xalqi hayotidagi eng muhim voqea, shubhasiz davlat mustaqilligini qo’lga kiritish bo’ldi. Xalqning asriy orzusi ushalib, mustaqillik tufayli qayta o’z e‘tiqodi, urf-odatlari, qadriyatlari, tili o’z faxriy o’rniga qaytdi. Mamlakat rivojlanishining o’zbek xalqiga xos bo’lgan xususiyat, urf-odat, an‘analarini hisobga olgan holda o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanlashi, boy madaniyati, bebaho ma‘naviyati, e‘tiqodini e‘zozlash, xalq manfaatlari va istiqboliga qaratilgan milliy mafkurani targ’ib etish Vatan tarixini xolisona o’rganish va tadqiq qilishni hayotiy zaruriyat qilib qo’ydi. Ma’lumki, 70 yil mobaynida O‘zbekistonning taqdiri va farvonligi sobiq Ittifoq qo‘lida bo‘lib keldi.
O‘zbekistonda amalga oshiriladigan boshqaruv tizimi joylarda ham, tarmokdarda ham, ishlab chiqarish sohalarida ham va taqsimotda ham markazga qat’iy tobelik asosida, u belgilab bergan chiziqsan tashqariga chiqmay olib borilardi. Shuni mamnuniyat bilan qayd etish kerakki, O‘zbekiston o‘zining chinakam mustaqillikka erishish maqsadini birinchilardan bo‘lib e’lon qildi. U sobiq Ittifoq respublikalari o‘rtasida birinchi bo‘lib boshqaruvning prezidentlik shaklini joriy etdi, keng miqyosli islohotlar, jamiyatdagi tub o‘zgarishlar va yangilanishlar yo‘lini tanladi. Xulosa qilib aytganda davlat tuzilish shakli har bir davlatning siyosiy va ma’muriy hududiy tuzilishini birlashtiradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining hududida yashovchi barcha xalqning tarixiy va milliy xususiyatlari hisobga olingan uning ma’muriy hududiy tuzilishi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar va Qoraqalpog’iston Respublikasidan iborat.
Mustaqillik tufayli O‘zbekistonning davlat boshqaruvini samarali tashkil etish, fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash borasida muhim o‘zgarishlar amalga oshganligi asoslab berildi.O‘zbekiston mustaqillik yillarida davlat hokimiyati institutlari bilan shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni yangicha siyosiy negizda tashkil etdi. Shaxs manfaatining ustuvorligi uning muhim demokratik tamoyili ekanligi asoslab berildi, davlat hokimiyati tarmoqlarining mustaqil faoliyat yuritishi uchun tegish­li huquqiy asoslar yaratilib borilayotganligi fuqarolarning davlat qurilishi sohasida er­kin, demokratik asosda ishtirok etish hamda o‘zining haq-huquq va manfaatlarini himoya qilishida siyosiy shart-sharoit yaratilganligi bayon etildi, fuqarolik jamiyatiga xos demokratik, nodavlat, notijorat institutlari ko’paymoqda. Ularning fuqarolar manfaatlarini himoya qilishdagi ta’siri ortib bormoqda hamda ular davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etib, qarorlar qabul qilishda ijobiy ahamiyat kasb etishi va inson taraqqiyotiga xizmat qilishi asoslab berildi, davlat hokimiyati institutlarining nomarkazlashuvi amalga oshirilmoqda. Joylarda mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining vakolatlarini kengaytirish orqali ularning siyosiy faoliyatini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bayon qilindi, boshqaruv kasbiy mahoratini yoshlarda shakllantirish va boshqarish ijtimoiy aql-idrokning doimiy rivojlantirilishiga asoslanishi ko’rsatib berildi. O‘zbekiston milliy siyosatining bosh yo‘nalishlaridan biri – xotin-qizlar ahvolini yaxshilash, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarni ro‘yobga chiqarishda ularning faolligini yuksaltirish, davlat va jamiyat qurilishidagi o‘rni va rolini yanada oshirish, ayollarning huquqlari, erkinliklari hamda manfaatlarini himoya qilishdan iborat ekanligi yoritib berildi.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling