O'zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va pedagogika fakulteti


Davlat va huquq nazariyasi tushunchalari tizimida «davlatshakli» kategoriyasi bilan «davlat moxiyati» kategoriyasi bevosita bog‘likdir


Download 0.92 Mb.
bet7/12
Sana03.12.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1798822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
“O’zbekistonda davlat boshqaruvining yangi tizimining shakllanishi va rivojlanib borishi”

Davlat va huquq nazariyasi tushunchalari tizimida «davlatshakli» kategoriyasi bilan «davlat moxiyati» kategoriyasi bevosita bog‘likdir.
Oldingi bo‘limlarda davlatning mohiyatini ochib bergandik. Ya’ni uning ijtimoiy vazifalari, jamiyatning davlat paydo bo‘lguniga qadar bo‘lgan tashkiliy tuzilishi aniqlab berilgan, davlatning asosiy belgilari ajratib ko‘rsatilib, asosiy ta’riflar berilgandi. Endi davlat shanday tuzilganini qarab chiqish payti keldi. Boshqacha aytganda, jamiyatning bu aloxida siyosiy, tarkibiy, xududiy tashkiloti qanaqangi shakllarda mavjud bo‘ladi va amal qiladi. Davlatning shunday shakli, ya’ni tuzilishini o‘rganib chiqqandan so‘nggina biz shunday murakkab hisoblangan davlatni tushunib etish sari bir qadam olg‘a siljidik, deya olamiz.
Ayni paytda ushbu mavzuning yaqin o‘tmishdagi nazariy va amaliy ishlanmalari mazkur toifa ma’lum ma’noda munosib baholanmaganidan dalolat beradi. Biroq, bu erda so‘z faqat munosib baholay olinmaganidagina emas, «davlat shakli»ni batafsil o‘rganishning ahamiyati haqida ham bormokda. Zero, E.I.Temnovning haqqoniy ta’kidlashicha, «davlat-huquq mohiyatidan kelib chiquvchi davlat shaklining (huquq shakli singari) qat’iyligi va aniqdigi e’lon qilingan siyosiy yo‘lni amalga oshirishda sub’ektivizm va zo‘ravonlikni jiddiy cheklashi mumkin edi».
Davlatning ichki va tashqi shakllarini farklovchi mualliflar ham bor. Ichki shakl deganda, demokratiya, tashqi shakl deyilganda esa, siyosiy hokimiyatning aniq tashkiloti tushuniladi (I.A.Karimov). Ushbu nuqtai nazar nimalarga asoslanganligini quyidagicha izohlash mumkin: modomiki, demokratiya siyosiy tartibning bir ko‘rinishi ekan, uni davlatning ichki shakli sifatida tushunish zarur,boshqaruv va davlat tuzilishi shakllari majmui esa, tashqi shaklni tashkil etadi. Ayrim davlatshunoslar davlatga harakatdagi dinamik va tashkiliy statik tizim sifatida qarashni taklif etadilar. Shu taklifdan kelib chiqqan holda ular dinamik jihatdan siyosiy (davlat) tartibni, statik jihatdan esa, boshqaruv shakli va davlat tuzilish shakllarini davlat shakli deb hisoblaydilar.
Yuqoridagilarning hammasi yuridik adabiyotlarda davlat shakli bo‘yicha yagona tushunchaning yo‘kligidan dalolat beradi. Ayni paytda, ushbu tushunchaning an’anaviy hisoblangan ta’rifi mavjud bo‘lib, uni aksariyat olimlar ma’qullashadi, biz ham uni asos qilib olishni tavsiya etamiz.
Shunday qilib, davlat shakli deganda, uch tarkibiy qismi (yoki tomoni) - boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli va siyosiy idora usuli birlikda olingan siyosiy hokimiyat tashkiloti tushuniladi (S.A.Komarov).
Ushbu ta’rifga e’tiroz bildirmagan holda, biz, e’ti-boringizni «siyosiy hokimiyat» hamda «siyosiy idora usuli» degan iboralarga jalb etishni istardik. Bu iboralar bizga tanish mazkur yo‘nalishda tez-tez qo‘llanadi.
 Fikrimizcha, bu zaruriy shart emas. Shuning uchun ham ba’zi mualliflar diqqatni chalg‘itmaslik uchun bu iboralarni shunday qo‘llashadi: siyosiy (davlat) hokimiyat, davlat (siyosiy) idora usuli.
Yana bir jihatni ta’kidlashni istardik. Biz yuqorida davlat shakli uning mazmuni bilan uzviy bog‘likligini aytib o‘tgandik. Shu fikrni batafsilroq tushuntiramiz. Mazmun davlat hokimiyatining kimga tegishliligini, uning sub’ektini egasini aniqlash imkonini beradi, shuningdek, uni kim amalga oshiradi, degan savolga javob beradi. Zikr etilganlar asosida, davlat shaklining uch jihati mavjudligiga ishonch hosil qilamiz.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling