Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Istiqlol sharofati bilan mustaqillik yillarida xalqimizning boy o’tmishini o’rganish, uni milliy tarzda, xolisona tadqiq etish, davlatimiz rahbari va hukumat siyosatining ajralmas qismi bo’lib qoldi. Shu yillarda, O’zbekistonda zamonaviy boshqaruv siyosati va uning mohiyati tarixiga doir bir qator ishlar chop etildi. Mavzuga doir qimmatli ma’lumotlarni mustaqillik davrida yaratilgan va qayta nashr qilingan tarixiy asarlarga asoslanib yoritishga harakat qilingan2. Jumladan, O’zbekiston ovozi, Ulug’ Turkiston, Jamiyat va boshqaruv kabi gazeta va jurnallarida ham mavzuga doir maqolalar chop etilgan bo’lib, bu o’z navbatida mavzuni bayon etish uchun qimmatli manba bo’lib xizmat qiladi3
O’zbekistonda zamonaviy boshqaruv siyosati va uning mohiyati mavzusini barcha jihatlari kompleks holatda o‘rganilayotganligi e’tiborga olinsa, ushbu mavzuning tarixiylik va haqqoniylik yuzasidan o‘rganish zaruriyati eng avvalo bugungi kun talabi ekanligi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ishning maqsad va vazifalari. O’zbekistonda zamonaviy boshqaruv tizimining tarixiy-madaniy asoslarini o’rganish, ma’naviy-ma’rifiy jihatlari va uni tahlil qilish mavzuga doir tegishli xulosalar chiqarish mazkur ishning asosiy maqsadi qilib belgilandi. Ishni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar qo’yildi:
– Boshqaruv tizimining tarixiy-madaniy asoslarini o’rganish;
– O’zbekistonda boshqarishning shakllanishi va keyingi tarixiy davrlarda rivojlanishini asoslash;
– Mustaqillik yillarida zamonaviy boshqaruv tizimining yo’lga qo’yilishini yoritsh;
– Zamonaviy boshqaruvning ma’naviy-ma’rifiy jihatlari va uni tahlil qilish;
– Hozirgi zamon ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishni bayon qilish;
– Boshqaruvda rahbar ayol ma’naviyatini o’rganish;
– Rahbar ma’naviyati va boshqaruv usulini yoritish.
Kurs ishining tuzilishi:Ushbu kurs ishi kirish, 2 bob, 4 bo’lim, 46 bet, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovadan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |