O'zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va pedagogika fakulteti
Download 0.92 Mb.
|
“O’zbekistonda davlat boshqaruvining yangi tizimining shakllanishi va rivojlanib borishi”
- Bu sahifa navigatsiya:
- siyosiy (davlat) idora usuli, ya’ni siyosiy (davlat) hokimiyatni amalga oshirish usul va uslublaridir.
- Davlat shakllari tushunchasi. Bu boshqarish uchun davlat hokimiyatini tashkil etish, davlat tuzilish va siyosiy tartibni amalga oshirish usullaridir.
Bular:
boshqaruv shakli, ya’ni davlat hokimiyati va boshqaruvni tuzish va tashkil etishning muayyan tartibi; davlat tuzilishi shakli, ya’ni davlatning hududiy tuzilishi, markaziy, mintaqaviy va mahalliy hokimiyatlarning o‘zaro munosabatlari muayyan tartibi; siyosiy (davlat) idora usuli, ya’ni siyosiy (davlat) hokimiyatni amalga oshirish usul va uslublaridir. Lekin shuni ta’kidlash joizki, bular hozircha davlat shaklini tushunishga umumiy yondashuv, eng ilk tanishuvdir. Uni batafsilroq tushunish uchun davlat shaklini tashkil etuvchi uchchala jihatni diqqat bilan o‘rganish, ularning o‘zaro bog‘liqligi, o‘zaro ta’sirini kuzatish hamda nazariy, siyosiy-huquqiy ta’fakkur yuz yilliklar davomida davlatni o‘rganar ekan, davlat shaklining aynan shunday mazmunini nega alohida ajratib ko‘rsatganligini tushunishga harakat qilish kerak. Davlat shaklini bunday tushunish dabdurustdan tarkib topmaganligi va hozir ham unga qo‘shilmasliklarini qayd etib o‘tish joiz deb o‘ylaymiz. Uzoq vaqt davomida davlat shakli boshqaruv shakli va davlat tuzilishi shaklidan (biz keltirgan tarkibda dastlabki ikkitasidan) iborat deb hisoblab kelingandi. Keyinchalik unga siyosiy idora usuli qo‘shildi. «Davlat shakli» va «siyosiy idora usuli» o‘rtasiga tenglik alomatini qo‘yuvchilar ham bo‘lgandi. Bunga asos ham bor edi. Biroq, buni keyinroq «siyosiy (davlat) idora usuli» tushunchasini batafsil ko‘rib chiqish vaqtida yaxshiroq tushunib olamiz. Shunga qaramay, hozirgi kunda davlat hokimiyati tashkiloti uch qism - boshqaruv, davlat (siyosiy) tuzilishi hamda davlat (siyosiy) idora usuli - birligidan tashkil topadi, degan konsepsiya keng tarqalgan. Davlat shakllari tushunchasi. Bu boshqarish uchun davlat hokimiyatini tashkil etish, davlat tuzilish va siyosiy tartibni amalga oshirish usullaridir. Davlat shakli birinchi navbatda davlat hokimiyatining mahalliy va oliy hokimiyat organlarining tuzilishidir. Davlatning boshqaruv shakli bu davlat hokimiyatining tarmoqqa bo‘linishidir. 1) Qonun chiqaruvchi hokimiyat (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi). 2) Ijro etuvchi qokimiyat (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va Vazirlar Mahkamasi). 3) Sud hokimiyati (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi). Davlat shaklini ikkinchi tarkibiy qismi bu davlatning tuzilish shaklidir. Bu jamiyatning milliy, iqtisodiy va madaniy xususiyatlariga bog‘liqdir. Tuzilish shakli bo‘yicha davlatlar unitar, ya’ni oddiy davlat tuzilishiga, federativ murakkab davlat tuzilishiga va konfederativ davlat tuzilish shakliga bo‘linadi. Davlat tuzilish shakli har bir davlatning siyosiy va ma’muriy hududiy -tuzilishini birlashtiradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining hududida yashovchi barcha xalqning tarixiy va milliy xususiyatlari hisobga olingan uning ma’muriy hududiy tuzilishi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar va Qoraqalpog’iston Respublikasidan iborat. Davlat shaklini uchinchi tarkibiy qism bu davlat hokimiyatining amalga oshirish usullaridir. Bu nuqtai nazardan jahondagi davlatlar ikki usulga demokratik siyosiy tartib va g‘ayridemokratik siyosiy tartibga bo‘linadi.Demak, ko‘ramizki, davlat shakllari uch qismdan davlatning boshqarish, davlat tuzilishi va davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari siyosiy tartibdan iboratdir. 1991 yilning 31 avgust kuni o‘zbek xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi amalga oshdi - O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Respublika butun ko‘pmillatli aholining irodasi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida»ga konstitutsiyaviy qonunda mustahkamlandi hamda umum-xalq referendumida yaqdil tasdigini topdi. O‘zbekiston Respublikasi hududi va iqtisodiy salohiyati bo‘linmasligi, uning chegaralari esa daxlsiz bo‘lib, davlat himoyasida ekanligi tamoyili qaror topdi. Mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan darhol respublikada demokratik huquqiy davlat asoslari vujudga keltirila boshladi. Buning uchun oldingi totalitar tuzum illatlarini tagtomiri bilan qo‘porib tashlashga keskin kiri-shildi. Ko‘ppartiyaviylik, g‘oyalar va fikrlar xilma-xilligi bilan murosa qilish hayotiy voqelikka aylandi. Bir mafkura hukmronligiga barham berildi. Umuminsoniy qadriyatlar, jahon tan olgan chinakam demokratiya, inson erkinliklari va huquqlari normalarini qaror toptirish vazifasi qo‘yildi. Respublikada so‘zda emas - amalda hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijroiya va sudlov hokimiyatlariga bo‘linish tamoyili amal qilmokda. O‘zbekiston xalqi davlat hokimiya-tining chinakam manbaiga aylaqdi va bu hokimiyatni ham bevosita, ham o‘z vakolatli vakillari - deputatlar korpusi orqali amalga oshirmoqda. Bularning hammasi qonun chiqaruvchilik ishini faol yo‘lga qo‘yishni taqozo etdi. Uni respublika parlamenti - Oliy Majlis muvaffaqiyatli olib bormoqsa. Oliy Majlisning butun salohiyati bugungi kunda yosh mustaqil davlatimizni har tomonlama huquqiy ta’minlashga yo‘naltirilgan. Respublika oldida o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlashdek jiddiy vazifa ko‘ndalang turardi. Uning zarurligi respublikamiz Prezidentining quyidagi so‘zlarida yaqqol ifodalangan: «Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, o‘z davlat-chiligini qo‘lga kiritish, milliy va ijtimoiy ozodlikka erishish hech qaerda engil va osonlikcha bo‘lmagan. Mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o‘z taraqqiyot yo‘lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda o‘z andozasini ishlab chiqishga intiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o‘rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan diniy e’tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor normalari shuni taqozo etadi». Davlatimiz boshlig‘i, shuningdek, jahonda ijtimoiy taraqqiyotning turk, shved, janubiy koreys va boshqa turli xil ko‘rinishlari mavjudligini ham ta’kidladi. Bir qator musulmon davlatlari va yangi sanoati rivojlangan mamlakatlar tajribasi, ikkinchi jahon urushidan keyin xalq xo‘jaligani tiklash bo‘yicha Ovrupo mamlakatlari va YAponiya amaliyoti namunalari mavjud. Biroq, deya ta’kidlaydi Prezident, «O‘zbekiston boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida to‘plangan va respublika sharoitiga tatbiq qilsa bo‘ladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalardan shak-shubhasiz samarali foydalanadi». Bunda gap, albatta, u yoki bu maftunkor va ijobiy samarasi yuksak andozadan oddiy nusxa ko‘chirish ustida borayotgani yo‘q. Prezidentimizning quyidagi fikrlarida ushbu masalaga bo‘lgan qat’iy nuqtai nazar o‘z ifodasini topgan: «Jahon va o‘zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda o‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo‘limizni tanlab olish respublikaning qat’iy pozitsiyasidir. Bu - o‘tmish yillarning xatolarini, davlat tuzilishining shakl va usullariga nis-batan mavjud qarashlarni idrok etish natijasidir. Bu - tarkib topgan ijtimoiy voqelikka berilgan real bahodir. Bu - O‘zbekiston xalqining ijtimoiy taraqqiyotga, munosib turmush sharoitiga intilishidir». 1992 yilning 8 dekabrida O‘zbekistonda shonli voqea sodir bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. U respublikamiz mustaqil va erkin taraqqiyotining huquqiy asoslarini yaratib berdi. O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzilishi shakli Konstitutsiyamizning «Ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi» deb nomlangan to‘rtinchi bo‘limining XVI - XVII boblarida o‘z ifodasini topgan. Jumladan, 68-moddada shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloklar, ovullar, shuningdek Qora-qalpog‘iston Respublikasidan iborat». 70-modda esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqomiga bagishlangan. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling