3-jadval
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida milliy valyutadagi bank depozitlari bo‘yicha foiz stavkalari, o‘rtacha tortilgan foiz stavkalarida
Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, talab qilingungacha bo‘lgan depozitlar bo‘yicha hisobvaraqalari egalari tomonidan joriy operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladi va ular qoldiqning nomuntazamligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun bunday hisoblar guruhi daromadlik darajasi bilan ajralib turadi. Yuridik shaxslarga ochilgan talab qilinguncha hisobvaraqalaridagi mablag‘lar qoldig‘i bo‘yicha foizlar umuman to‘lanmasligi mumkin. Bunday foyda, odatda, mijozlarni hisob kassa xizmatlari uchun to‘lov mablag‘larini talab qilinguncha hisobvaraqalarda mablag‘larni minimallashtirish va ortiqcha summalarni qo‘yilmalarning daromadliroq shakllariga joylashtirishga undaydi. Jismoniy 37 www.stat.uz 49 shaxslar uchun ochilgan talab qilinguncha varaqalar bo‘yicha foizlar deyarli majburiy tartibda o‘rnatiladi, ammo u bo‘yicha daromad hamisha muddatli qo‘yilmalarga qaraganda pastroq bo‘ladi. Quyidagi jadvalda mamlakatimiz O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi depozitlar qoldig‘i ma’lumotlari keltirilgan.
4-jadval
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi depozit va depozit sertifikatlari qoldig‘i, mlrd.so‘m
Bank moliyaviy talablarining hajmi va muddati bank majburiyatlari miqdori va muddatiga mos kelishi kerak. Bank tizimidagi likvidlik darajasini boshqarish va shu orqali iqtisodiyotdagi pul taklifini tartibga solishda majburiy zaxira talablaridan ham keng foydalaniladi. Bu qoidaga rioya qilib, banklar joriy hisob varaqlar bo‘yicha qoldiqlarni kredit resursi sifatida ishlata olmaydilar, chunki mijozlar ularni xohlagan vaqtda talab qilib olishlari mumkin. Vaholanki, mijozlar, odatda, o‘z mablag‘larining hammasini birdaniga olishmaydi, shuning uchun, bankning naqd pul rezervi omonatlarga nisbatan shakllanadi. Bundan tashqari, aksariyat bank operatsiyalari naqd pulsiz ko‘rinishda amalga oshiriladi. Kassa zahiralari ko‘rinishida bo‘lmagan naqd pullar bank likvidligini oshiradi va u boshqa mijozlarga yoki bankka kredit sifatida yo‘naltirilishi mumkin. Kassa zahiralaridan tashqari tijorat banklari tomonidan depozitlardan kredit resursi sifatida foydalanishda boshqa cheklovlar bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatiladigan majburiy zahiralar shaklida ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |