O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “sirtqi” fakultet


Download 286.19 Kb.
bet1/12
Sana03.12.2023
Hajmi286.19 Kb.
#1799192
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
,Muhammadqulov Sarvarjon


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI” FAKULTET
Bank ishi” yo’nalishi


SBI 55-guruh talabasi


Muhammadqulov Sarvarjon Erkinjon o‘g‘li


MAVZU: “Banklarda depozit operatsiyalarining tashkil etilishi va hisobi.”
KURS ISHI


Tekshirdi:__________________________
TOSHKENT 2023


Mavzu: Banklarda depozit operatsiyalarining tashkil etilishi va hisobi.
Reja:
Kirish
  1. Deposit operatsiyalari hisobining tashkil etilishi.


  2. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari depozit mablag‘lari zamonaviy holatining tahlili.

  3. Tijorat banklari faoliyatida depozitlarni jalb qilishning yo‘llari
  4. Muddatli va jamg‘arma depozitlari bo‘yicha operatsiyalari hisobi.


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o`tilishi, mulkchilik shakllarini rivojlantirilishi, oldi-sotdi munosabatlarini faollashtirish zaruriyati, bank ishining erkinlashtirilishi, kredit hisob-kitob xizmati ko`rsatish va iqtisodiyotni moliyalashtirish yuzasidan yangi xizmatlarni amaliyotga kiritishni talab qildi.
Statistik ma`lumotlarga qaraganda oxirgi yillarda mamlaktimizda bank tizimi har tomonlama rivojlanmoqda, iqtisodiy salohiyati keskin o`smoqda, mijozlarga moliyaviy va kredit xizmati ko`rsatish sifati davr talabi darajasiga ko`tarildi. Bank xizmatining bir qator yangi, zamonaviy, yanada samarali usullari joriy etilmoqda. Bular qatoriga banklarning kredit faoliyati bilan bog`liq skoring, mikroqarz krediti, plastik kartalar bilan operatsiyalarda onlayn va click, pinsionerlarga plastik kartalar orqali taqdim etiladigan kreditlarni misol qilib olishimiz mumkun. Iqtisodiyotning rivojlanishi uning o‘sish sur’atlari bevosita bank tizimi rivojiga, uning xizmatlar ko‘lamining kengayishiga to`g`ridan-to`g`ri bog`liqdir.
Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi va bunda aynan bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitisiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish keyingi besh yillikda amalga oshiriladigan asosiy vazifalardan biri qilib belgilanganligi ham bejiz emas.1Aynan mana shu strategik maqsadlarga erishish yo‘lida prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 2-sentyabrda PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni, 12-sentabrda PQ-3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqaroroligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 13-sentyabrda esa PQ-3272-sonli “Pul kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori,hamda 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-sonli “Har bir oila-tadbirkor to`g`risida”gi qarorlari qabul qilindi.
Bu qaror va farmonlarning ijrosi o‘laroq mamlakatimizda erkin xorijiy valyuta konvertatsiyasi yo‘lga qo‘yildi, banklardan ularning vazifasiga kirmagan lekin ularni qiynab kelgan bir qator vazifalar olib tashlandi, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yillik 8 foizli kreditlar taqdim etilmoqda. Albatta, bularning barchasi bank tizimi va iqtisodiyot rivoji yo‘lidadir. Oxirgi yillarda O`zbekiston Respublikasining bank tizimi, yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanmoqda. Xususan tijorat banklari jami aktivlari 2018 yil so‘ngida 214 trln 420 mln so‘mga yetdi va o`tgan 2017-yilga nisbatan 28.7%ga oshgan. Banklarimizning kreditlash amaliyoti ham yil sayin kengayib, aktivlarga monand ravishda so‘ngi 5 yillikda tijorat banklarining kredit qoldig‘i 5 baravar oshib 2017 yilda 110 trln 572 mlrd so‘mga yetdi va o‘tgan yilga nisbatan 2 baravar oshgan bo‘lsa, 5 yillikda o‘rtacha 40% lik o‘sish sur’atini qayd etib kelmoqda.2
Ammo bu sohada yuksalishlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham yo‘q emas. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “Mamlakatimiz bank tizimi va bozor infratuzilmasining boshqa organlari faoliyati samaradorligini oshirish ham dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Afsuski, hozirgi kunda ularning faoliyati bugungi hayot va iqtisodiy islohotlar talablaridan ancha ortda qolmoqda”.3
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-son “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 10-noyabrdagi 32/2-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2205-1, 2012-yil 16-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2012-y., 46-47-son, 530-modda).
Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Banklarga resurslar jalb qilish va ularni boshqarish masalalarini o‘rganish bo‘yicha berilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar tijorat banklarining depozit operatsiyalarining sifati va shaffofligini yanada oshirishga xizmat qiladi hamda quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
-depozit operatsiyalarining mohiyatini o‘rganish asosida ularni jalb qilish amaliyotidagi ayrim muammolar o‘rganilgan;
depozit operatsiyalarining mohiyati va uning tavsifi yoritilgan;
depozit operatsiyalarini amalga oshirish bosqichlarini o‘rganilgan;
depozit operatsiyalari mexanizmi tahlil qilingan;
depozitlar jalb qilishni ko‘paytirish va uni boshqarish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.




  1. Download 286.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling