O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “sirtqi” fakultet
-rasm. Bank depozidlarini turkumlanishi
Download 286.19 Kb.
|
,Muhammadqulov Sarvarjon
1-rasm. Bank depozidlarini turkumlanishi.
II. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari depozit mablag‘lari zamonaviy holatining tahlili. Passivlar va aktivlar bo‘yicha majburiyatlarni boshqarish bankning muxim vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Zahiralarni jalb qilish yoki ularni joylashtirish – operatsiyalarning har ikkalasi ham bank uchun muhim. Chunki bular o‘zaro bog‘liq. o‘zaro shartlangan ikkita jarayondir. Ularni ratsional tashkil qilish yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Odatda, bank resurslarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar banklarning passiv opertsiyalari deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklarining passiv va aktiv – passiv schetidagi pul mablag‘larining salmog‘i oshib boradi. Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda katta rol o‘ynaydi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari kreditlash uchun zarur bo‘lgan kredit resurslarini tashkil qiladi. Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag‘larini bankga jalb qilish bilan bog‘liq operatsiyalar depozit operatsiyalari deyiladi. Depozit operatsiyalari yordamida tijorat boyliklarining 90 foizdan ortiq passivlari tashkil qilinishi mumkin. Depozit operatsiyalarini tijorat banklari o‘zlarining depozit siyosatlari asosida olib boradilar. Tijorat bankining depozit siyosati uning kredit siyosati, foiz siyosati va boshqa faoliyat turlari bilan chambarchars bog‘liq bo‘lib, banklarning resurs bazasini mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlashga qaratilgandir. Depozit operatsiyalarini amalga oshirishda bu operatsiya turining ob’ekt va sub’ektini aniqlash lozim. Jalb qilingan mablag‘lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil etadi. Bular depozitlar, shuningdek, kontokorrent va korrespondent hisob varag‘idagi mablag‘lardir. Ularning asosiysi talab qilib olinadigan qo‘yilmalarga, muddatli hamda jamg‘arma qo‘yilmalarga bo‘linuvchi depozitlardir. Talab qilib olinadigan qo‘yilmalar, shuningdek, joriy hisobvarag‘idan mablag‘lar omonatchilarning birinchi talablari bilan olinadi. Joriy hisob varag‘ining egasi bankdan chek daftarchasini oladi. Bunda u pul olish bilan birga iqtisodiy munosabatlar vakillari bo‘lgan korxona, tashkilot, muassasalar hisobkitob operatsiyalarini olib borishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida 2020 yil davomida tijorat banklari jami majburiyatlari 70,9 trln. so‘mga yoki 1,9 barobarga (2019 yilda 1,3 barobarga) o‘sib, 2021 yilning 1 yanvar holatiga 146 trln. so‘mni tashkil etdi. Bunda jami majburiyatlar o‘sishining 71 foizi yoki 50 trln. so‘mi milliy valyuta almashuv kursining keskin pasayishi natijasida chet el valyutasida jalb qilingan kreditlar va depozitlarning milliy valyutadagi qiymatining oshishi hisobiga ro‘y berdi. Depozit operatsiyalarining obekti bo‘lib ehtiyojdan ortiqcha pul mablag‘lari (qo‘yilmalar) hisoblanadi. Depozit operatsiyalarini tashkil qilishning asosi bo‘lib, balans likvidliligi, mijozlarning moliyaviy ahvolining barqarorligi hisoblanadi. Depozit operatsiyalari tijorat banklarining depozit siyosatini amalga oshirish orqali ta’minlanadi, xususan: - depozit operatsiyalari bank daromadining oshishga yoki kelajakda daromad olishga sharoit yaratishi kerak; - bank balansining likvidliligini saqlash maqsadida depozit siyosatini amalga oshirish kerak; - depozit operatsiyalarini amalga oshirishda muddatli qo‘yilmalarga e’tibor qaratish lozim; - depozitlarni jalb qilish va ularni vaqtida qaytarib berish bilan bog‘liq bank xizmatlarini rivojlantirish choralarini ko‘rish zarur va boshqalar. Quyidagi jadvalda 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi depozit qoldiqlari ma’lumotlari keltirilgan. Download 286.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling