O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “sirtqi” fakultet


Download 286.19 Kb.
bet3/12
Sana03.12.2023
Hajmi286.19 Kb.
#1799192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
,Muhammadqulov Sarvarjon

Omonat bo‘linmasi — bank yoki uning filiali binosida yoxud undan tashqarida joylashgan mini-bank va omonat kassalarda bajariladigan omonat operatsiyalarining qonun hujjatlariga va bank ichki siyosatiga muvofiqligini nazorat qilish uchun mas’ul bo‘linma;
Omonat kassa — bank filiali joylashgan hududda bank nomidan omonat operatsiyalarini bajarish uchun bank filiali binosi yoki uning tashqarisida bank operatsion kungga ulangan holda tashkil qilingan operatsion kassa;
Omonat operatsiyalari — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamda bankning omonatchilar bilan tuzgan bank omonati shartnomasi shartlari asosida ularning pul mablag‘larini muayyan muddatga jalb etish, saqlash, qaytarish, foizlar hisoblash va to‘lash hamda omonatchining yozma topshirig‘iga asosan omonatdagi pul mablag‘larini boshqa hisobvaraqlarga o‘tkazishga doir operatsiyalar;
So‘nggi nazoratchi — omonat bo‘linmasi tarkibidagi omonat kassalarning kunlik bajarilgan omonat operatsiyalari bo‘yicha so‘nggi nazoratni amalga oshiruvchi xodim;
Yakuniy nazorat — operatsion kun tugaganidan so‘ng, keyingi bank ish kunidan kechikmagan holda bajarilgan barcha bank operatsiyalari, jumladan omonat operatsiyalarining qonunchilikka mosligi va maqsadga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida, buxgalteriyada amalga oshiriladigan nazorat.
Harakatsiz omonatlar — talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar bo‘yicha 1 yil davomida, jamg‘arma va muddatli omonatlarning muddati tugagandan keyin 1 yil davomida foizlar hisoblanishidan tashqari hech qanday operatsiyalar amalga oshirilmagan omonatlar;
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, harbiy xizmatchilarning harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno), xorijiy fuqarolarning pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy fuqarolar tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.
Elektron oferta — omonat shartnomasining barcha asosiy shartlarini o‘z ichiga olgan, oferta qiluvchi shaxsning javob qaytargan shaxs bilan ofertada ko‘rsatilgan shartlar asosida shartnoma tuzishga xohish irodasini bildiruvchi taklif (bundan buyon matnda oferta deb yuritiladi).
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining chuqurlashuvi banklararo raqobatning kuchayishiga olib kelmoqda. Bu tijorat banklari depozit siyosati samaradorligini oshirishni talab etmoqda. Chunki, tijorat banklari jalb qilgan mablag’larining asosiy qismini depozitlar tashkil etadi. Depozitlar bank mijozlari tomonidan qo’yilgan yoki operatsiyalar jarayonida bank hisobvarag’ida ma’lum vaqtgacha saqlanadigan mablag’lar hisobidan shakllantiriladi.
Depozit mijozlarning bankka vaqtincha foydalanish uchun bergan mablag’lari bo’yicha bank va mijoz o’rtasida vujudga keladigan munosabatlarni aks ettiradi12. Depozitlarning guruhlanishi bo’yicha me’yoriy hujjatlar va iqtisodiy adabiyotlarda keltirilgan manbalar bir-biriga mos kelmaydi. Ayrim manbalarda ular asosan uchta guruhga ajratilsa, ba’zi adabiyotlarda to’rtta guruhga ajralishi ta’kidlanadi, Markaziy bankning depozitlar to’g’risidagi nizomida esa beshta guruhga bo’lingan13.
Tijorat banklari depozit operatsiyalarini bu tartibda guruhlanishi ularni moliyaviy jihatdan nisbatan barqaror va beqaror mablag’larga hamda to’lovliligi jihatidan nisbatan qimmat va arzon depozit mablag’lar sifatida tasniflashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mablag’larni tashkil topishi jihatidan qimmatli yoki arzon mablag’lar guruhiga ajratish mumkin. Bu erda asosiy e’tibor, depozit operatsiyalari natijasida vujudga keladigan mablag’larga qaratilib, yuqorida qayd etilgan nisbatan barqaror mablag’lar tijorat banklari uchun qimmat resurs manbalarini tashkil etadi. Arzon bank resurslari guruhiga esa o’z – o’zidan aniqki nisbatan beqaror xususiyatga ega mablag’lar kiradi.
Tijorat banklari depozit mablag’lari tarkibida talab qilib olinguncha saqlanadigan hisobvaraqlardagi depozitlariga korxona, tashkilot, muassasa va boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlarning hisob–kitob va joriy hisobvaraqlarida saqlanadigan pul mablag’lari kiradi. Talab qilib olinguncha saqlanadigan hisobvaraqlardagi depozitlarga bank nisbatan past miqdorda, ayrim hollarda esa umuman foiz to’lovlari to’lamaydi. Shu jihatdan, tijorat banklarining ushbu depozit manbasi beqaror moliyaviy manba sifatida ta’kidlashimiz mumkin. Chunki bank ushbu manbalar hisobidan aktiv operatsiyalarini amalga oshiradigan bo’lsa, uning faoliyatida turli iqtisodiy muammolar vujudga keladi. Ularning asosiylaridan biri vakillik hisobvaraqlari bilan bog’liq taqchillik muammosi hisoblanadi.
Tijorat banklari resurslari tarkibida muddatli depozitlar moliyaviy jihatdan barqaror manba hisoblanadi. Ushbu depozit turining nomidan ham ma’lumki, depozit mablag’lar nisbatan uzoqroq muddatga qo’yilib, ularning muddati kamida bir oyni tashkil etishi lozim. O’z navbatida banklar ushbu depozit turi bo’yicha nisbatan yuqori foiz to’lovlarini to’laydi. Muddatli depozitlar oldindan ogohlantirish asosida muddatidan oldin bankdan qaytarib olinishi ham mumkin. Bunda bank mijozga depozit mablag’ini oldindan qaytarib olganligi uchun jarima tarzida shartnomada kelishilgan foiz to’lovlarini to’lamaslik huquqiga ega bo’ladi.
Jismoniy shaxslar o’rtasida omonatlarning eng rivojlangan turi – bu jamg’arma depozitlar hisoblanadi. Jamg’armaning ushbu turida bank omonatchiga uning mablag’i harakati, qoldig’i va unga hisoblangan foizlar haqidagi ma’lumotni aks ettiruvchi jamg’arma daftarchasini beradi.
Jamg’arma depozitlarining asosiy turi sifatida rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida keng qo’llanilayotgan depozit sertifikatlarini ko’rsatish mumkin.
Boshqa depozitlar guruhiga banklarning yuqorida qayd etilgan depozitlaridan tashqari mijozlarning akkreditiv bo’yicha talab qilib olinguncha bo’lgan davrdan foizsiz depozitlar, shuningdek, amaldagi qoidalarga muvofiq turli ishonchli mablag’lar va shunga o’xshash boshqa moliyaviy operatsiyalar va majburiyatlar bo’yicha depozit hisobvaraqalarini ochishi mumkin14.
Demak, tijorat banklari depozit siyosati – bank siyosatining ajralmas elementi bo’lib, uning asosiy maqsadi bankning depozit resurslarni shakllantirish, boshqarish bilan bog’liq strategik va taktik faoliyati harakatini ishlab chiqish hisoblanadi.
Tijorat banklari resurslarining asosiy qismini jalb qilingan mablag’lar tashkil etadi. Har bir tijorat banki faoliyatida jalb qilingan mablag’lar muhim ahamiyat kasb etadi, chunki tijorat banklarining o’z mablag’lari, asosan, bankni tashkil qilish va shakllantirish bilan bog’liq vazifani amalga oshirsa, jalb qilingan mablag’lar esa, bankning barqaror daromad olish imkoniyatini ta’minlab turadi. Shuning uchun ham, har bir tijorat bankining jalb qilingan mablag’larini doimiy tahlil qilib borish bankning barqarorligini ta’minlash imkonini beradi. Tijorat banklarida puxta o’ylangan depozit va kredit siyosati bo’lishini talab qiladi. Tijorat banklarida depozit va kredit siyosatining to’g’ri tashkil etilganligi, ular orasidagi bog’liqlik va nisbatning optimal tanlanganligigina banklarning samarali faoliyat ko’rsatishi uchun asos bo’lishi mumkin.
Pul qo’yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda depozitlar quyidagilarga bo’linadi:

  • yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar) qo’yilmalari;

  • jismoniy shaxslar qo’yilmalari;


Download 286.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling