O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “sirtqi” fakultet


Download 286.19 Kb.
bet2/12
Sana03.12.2023
Hajmi286.19 Kb.
#1799192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
,Muhammadqulov Sarvarjon

Deposit operatsiyalari hisobining tashkil etilishi.

Tijorat banklari passiv operatsiyalari hajmi, barqarorlik darajasi va shakllanish manbalari ularning moliyaviy va iqtisodiy samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Mamlakatimizda bozor munosabatalarining chuqurlashuvi va iqtisodiy islohotlarning keng qamrovliligi, shuningdek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi tijorat banklari passiv operatsiyalari, yoinki ularning depozit siyosatining ahamiyatini oshirmoqda. Tijorat banklari depozit siyosati samaradorligini ta’minlash bevosita ularning moliyaviy jihatdan barqaror resurs bazasini shakllantirish imkoniyatini beradi.
Shu bois, tijorat banklari depozit siyosati ularning asosiy vazifalaridan biri bo’lib, banklarning aktiv operatsiyalari natijasida shakllantirilayotgan daromadlari hajmi ushbu siyosatning samaradorligiga bevosita bog’liq.
“Depozit” so’zi lotincha “dipositum” – “saqlashga topshirilgan buyum” ma’nosini, “siyosat” so’zi grekcha “politike” so’zidan olingan bo’lib, “davlatni boshqarish sa’nati” ma’nosini anglatar ekan.
Bank — tijorat tashkiloti bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (keyingi o‘rinlarda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan berilgan litsenziya asosida bank faoliyati deb hisoblanadigan yuridik va jismoniy shaxslardan depozitlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish, to‘lovlarni amalga oshirish kabi faoliyatlar majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxs;
Depozit (keyingi o‘rinlarda omonat deb yuritiladi) — talab qilinishi bilanoq yoki to‘lovni amalga oshiruvchi shaxs bilan to‘lovni oluvchi shaxs yoxud ularning qonuniy vakillari o‘rtasida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to‘lagan holda yoxud bunday to‘lovlarsiz qaytarib berish sharti bilan topshiriladigan milliy va chet el valyutasidagi pul summasi;
Kassir — omonat kassalarga naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilish va chiqim qilish bilan shug‘ullanuvchi hamda kassadagi naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldig‘ining hisobotlar bo‘yicha to‘g‘riligiga mas’ul javobgar xodim;
Nazoratchi — omonat kassalarda bajariladigan operatsiyalar bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish, kassaning kunlik operatsiya hisobotlarini tayyorlash bilan shug‘ullanadigan hamda kassadagi naqd pul va boshqa qimmatliklarning to‘g‘ri ishlatilishini va kassir faoliyatini nazorat qiladigan mas’ul javobgar xodim;
Omonatchi — bank bilan tuzilgan bank omonati shartnomasida yoki bank omonat siyosatida nazarda tutilgan shartlar asosida bank bilan kelishilgan holda bankka ma’lum pul mablag‘ini o‘zi yoki uning nomiga kelgan pul mablag‘ini omonatga qo‘yuvchi rezident yoki norezident shaxs;

Download 286.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling