O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “sirtqi” fakultet


-jadval O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining jami depozitlarida banklarning ulushi, 2018 yil 1 aprel holatiga, mlrd. so‘m


Download 286.19 Kb.
bet8/12
Sana03.12.2023
Hajmi286.19 Kb.
#1799192
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
,Muhammadqulov Sarvarjon

5-jadval
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining jami depozitlarida banklarning ulushi, 2018 yil 1 aprel holatiga, mlrd. so‘m

Tijorat banki yiqqan resurslarining qariyib 20 foizini majburiy zaxiralar fondiga o‘tkazadigan bo‘lsa, u 80 foiz resursini va yana uning likvidligini ta’minlash uchun rezervlarni tashkil qiladigan bo‘lsa, u jalb qilgan resurslaridan 60-70 foizini o‘zining aktiv operatsiyalarini amalga oshirish uchun yo‘naltirishi mumkin. Pul agregatlarining dinamikasi va ularning maqsadli prognoz parametrlaridan kelib chiqqan holda 2017 yilda ham majburiy zaxira talablari muddati 1 yilgacha bo‘lgan depozitlar uchun – 15 foiz, muddati 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan depozitlar uchun – 12 foiz, muddati 3 yildan ortiq bo‘lgan depozitlar uchun 10,5 foiz miqdorida o‘zgartirilmasdan ushlab turilishini kuzatishimiz mumkin. 2021 yildan boshlab jismoniy shaxslar uchun bankka tashrif buyurmasdan mobil banking tizimi orqali depozit ochish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Bunday innovatsiya «Hamkor bank» ATB tomonidan joriy etildi. Agar mijoz 1 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ni 9 oyga depozitga qo‘ysa, bank yillik 19% to‘lashga tayyor. Onlayn-omonatdan foydalanish uchun shu bankning plastik kartasi saqlovchisi bo‘lish kerak. Ma’lumotlarga ko‘ra, eng manfaatli omonatlarni «Hamkor bank» ATB va «InFinbank» ATB taklif etmoqda, ular o‘z mijozlariga yillik 19% to‘lashga tayyor. 2020 yil may oyidagi vaziyat bilan solishtirsak, hozirda hech bir bank 20% va undan yuqori stavkada omonatlarni taklif etmayotir. Naqd omonatlar bo‘yicha eng yuqori foiz stavkasi ham yillik 19%ni tashkil etadi. Uni bugungi kunda «Hamkor bank» ATB, «Qishloq qurilish bank» ATB va «InFinbank» ATB taklif etmoqda. 25 bankning 24 tasi mijozga milliy valyutada 5 va undan ortiq omonat turlarini tanlash imkonini bermoqda, ular shartlari bilan farq qiladi. Eng yuqori foiz stavkalarini o‘z ichiga olgan takliflar mijoz yillik 16–19% daromad olishini nazarda tutadi.

III. Tijorat banklari faoliyatida depozitlarni jalb qilishning yo‘llari
O‘zbekiston Respublikasi Maraziy banki 2017 yilida majburiy rezerv talablari instrumentidan tijorat banklarining kredit resurslariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish orqali iqtisodiyotdagi pul taklifini tartibga solishning muhim vositasi sifatida qo‘lladi. Bunda asosiy e’tibor bank tizimida ortiqcha likvidlikni shakllantiruvchi va inflyatsion bosimning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar xususiyatiga qaratildi. Bunda majburiy rezerv me’yorlari inflyatsiya va pul massasining belgilangan maqsadli parametrlaridan kelib chiqib hamda tijorat banklarida uzoq muddatli resurs bazasini yanada kengaytirish maqsadida muddati 1 yilgacha bo‘lgan depozitlar uchun 15 foiz, muddati 1 yildan 3 depozitlar uchun yilgacha bo‘lgan depozitlar uchun 12 foiz, muddati 3 yildan ortiq bo‘lgan 10,5 foiz miqdorida o‘zgartirilmasdan qoldirildi. Tijorat banklari depozitlarining muddatlari Markaziy bank majburiy zaxira stavkalari, foizda Talab qilib olingunga qadar depozitlar va 1 yilgacha muddatli depozitlar 15,0 1 yildan 3 yilgacha muddatli depozitlar 12,0 3 yildan ortiq muddatli depozitlar 10,5 Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, bank depozitlarining muddati qanchalik uzoq bo‘lsa, Markaziy bankning majburiy zaxira stavkalari darajasi shunchalik past bo‘ladi va aksincha. Ma’lumotlar asosida muallif ishlanmasi 63 2017 yil davomida Respublikada tijorat banklari jami majburiyatlari 70,9 trln. so‘mga yoki 1,9 barobarga (2016 yilda 1,3 barobarga) o‘sib, 2018 yilning 1 yanvar holatiga 146 trln. so‘mni tashkil etdi. Bunda jami majburiyatlar o‘sishining 71 foizi yoki 50 trln. so‘mi milliy valyuta almashuv kursining keskin pasayishi natijasida chet el valyutasida jalb qilingan kreditlar va depozitlarning milliy valyutadagi qiymatining oshishi hisobiga ro‘y berdi. Majburiyatlar 01.01.2016 y. 01.01.2017 y. mlrd. so‘m foizda mlrd. so‘m foizda Jalb qilingan kreditlar 26 786 36 72 819 50 Jami depozitlar 36 341 48 58 668 40 Muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar 1 058 1 1 100 0,8 To‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar 375 0,5 1 049 0,7 Boshqa banklar mablag‘lari 3 995 5 5 763 4 Markaziy bankning vakillik hisobvarag‘i 263 0,4 537 0,4 Boshqa majburiyatlar 6 250 8 6 019 4,1 Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, tijorat banklari jami majburiyatlarining 82 foizini ichki majburiyatlar, shu jumladan, 31,7 foizini O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi resurslari hamda 18 foizini chet el banklari va xalqaro moliya tashkilotlari kredit liniyalari mablag‘lari tashkil etadi. Bunda hisobot yilida valyuta siyosatining liberallashtirilishi doirasida milliy valyutaning AQSh dollariga nisbatan ayirboshlash kursining qariyb 2,5 barobarga pasayishi natijasida xorijiy kredit mablag‘larining banklar jami majburiyatlaridagi ulushi 2017 yil davomida 36 foizdan 50 foizgacha oshdi. Shu 48 2017 yil pul-kredit sohasi tahlili va 2018 yilga mo‘ljallangan monetar siyosat. www.cbu.uz 49 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2017 yil hisoboti ma’lumotlari 64 bilan birga, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan jalb qilingan depozitlarning banklar jami majburiyatlaridagi ulushi 2017 yil davomida 48,4 foizdan 40,2 foizgacha pasaydi. 2017 yil davomida tijorat banklari tomonidan jalb qilingan depozitlar hajmi yil boshiga nisbatan 61,4 foizga (2016 yilda 24 foiz) oshib, hisobot sanasiga 58,7 trln. so‘mni tashkil qildi, shundan 51 foizi milliy valyutadagi va 49 foizi xorijiy valyutadagi depozitlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Respublikamizning tijorat banklarida depozit siyosatining samaradorligini oshirish borasida o‘z yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Bularni shunday ifodalash mumkin: -Respublikamiz tijorat banklarining depozit bazasining zaifligi muammosi. Respublikamizning bir qator yirik tijorat banklarining depozit bazasining umumiy hajmida transaktsion depozitlarning salmog‘i yuqoriligicha qolmoqda. Bu holat tijorat banklarining depozit bazasining zaif ekanligidan dalolat beradi. o‘z navbatida, tijorat banklarining depozit bazasining zaif ekanligi ularga aktiv operatsiyalar hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini bermaydi. Bundan tashqari, transaktsion depozitlarning yirik salmoqqa ega ekanligi tijorat banklarining likvidliligiga salbiy ta’sir qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining faoliyatiga nisbatan qo‘llanilayotgan joriy likvidlilik koeffitsienti tijorat banklarining likvidli aktivlarini transaktsion depozitlar va bank to‘lovlarining umumiy summasiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bankda transaktsion depozitning summasi qanchalik katta bo‘lsa, u shunchalik katta miqdorda likvidli aktivlarni saqlab turishga majbur bo‘ladi. Agar respublikamizning yirik tijorat banklarida likvidli aktivlarning mutlaq asosiy qismini "Nostro" vakillik hisobvaraqlarining qoldiqlaridan iborat ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, mazkur holat bank aktivlarining daromadliligiga jiddiy ziyon yetkazadi. Hozirgi vaqtda tijorat banklarining joriy likvidliligiga nisbatan belgilangan mazkur talabning minimal darajasi 30 foizni tashkil qiladi. Bu esa, nisbatan yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, banklarni yirik miqdorda likvidli aktivlarni saqlab turishga majbur qiladi. Rivojlangan industrial davlatlar amaliyotida yuqori likvidlilik xususiyatiga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning emissiya hajmi juda katta bo‘lib, bu holat tijorat banklariga likvidli aktivlarning ma’lum qismini ana shunday qimmatli qog‘ozlar shaklida shakllantirish imkonini beradi. Respublikamizda esa, yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarning emissiya hajmi nisbatan kichik ekanligi qimmatli qog‘ozlar bozorining tahliliga bag‘ishlangan ilmiy ishlarda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
Respublikamiz banklarida mijozlarning vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini muddatli va jamg‘arma depozit hisobraqamlariga jalb etish borasidagi tadbirlarning samaradorlik darajasining muammosi. Ushbu muammo banklarning foydasini taqsimlash jarayonida yaqqol namoyon bo‘ladi. Buning boisi shundaki, mijozlarni o‘z pul mablag‘larini banklarning muddatli va jamg‘arma depozit hisobraqamlariga qo‘yishga undaydigan, rag‘batlantiradigan asosiy omil bu depozitlarga to‘lanadigan foiz stavkasi hisoblanadi. Shuning uchun ham rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida depozitlarga to‘lanadigan foizlar jami foizli xarajatlarning mutlaq asosiy qismini tashkil etadi. Respublikamizning bir qator yirik tijorat banklarida, xususan, Milliy bankda foizli xarajatlarining asosiy qismi banklararo kreditlar uchun to‘langan foizlarga to‘g‘ri keladi. Banklararo kreditlar esa, moliyalashtirishning nisbatan qimmat bo‘lgan shakli hisoblanadi. Demak, bu holat bankning xarajatlarini o‘sishiga olib keladi.
Respublikamiz bank amaliyotida tijorat banklarining resurs bazasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan majburiy zahira talabnomalarining mavjudligi. Amaldagi zahira talablariga ko‘ra, respublikamizning tijorat banklari depozitlarning barcha shakllariga nisbatan 15, 12 va 10.5 foizli stavkada majburiy zahira ajratmalari qilishlari shart. Amaldagi majburiy zahira stavkalari darajasini nisbatan yuqori 66 ekanligi tijorat banklarining depozitlarga foiz to‘lash imkoniyatiga salbiy ta’sir qilmoqda. Yuqorida qayd etilgan muammolarni hal etish tijorat banklarining depozit siyosatini takomillashtirish imkonini beradi. Mazkur muammolarni hal etish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
1. Majburiy zahira stavkalarini depozitlarning muddati va summasiga bog‘liq ravishda tabaqalashtirish lozim. Ma’lumki, tijorat banklarining likvidliligi va to‘lov qobiliyati darajasiga ta’sir etuvchi bir qator omillar mavjud bo‘lib, ulardan biri bu Respublika Markaziy Bankining majburiy zahiralar fondiga ajratmalar mexanizmi hisoblanadi. Respublikamizda hozirgi kunda ushbu fondga ajratma me’yori tijorat banklarining depozitlariga nisbatan 15 foiz, (jismoniy shaxslarning muddatli, hukumat depozitlari hamda xorijiy valyutadagi depozitlar bundan mustasno), bu hol tijorat banklarining manfaatlariga zid keladi, chunki birinchidan, ushbu banklarning resurs bazalari va shunga mos ravishda aktivlarga qilinadigan qo‘yilmalaridan oladigan daromadlari miqdori kamaysa, ikkinchidan, ushbu jalb qilingan depozitlar bahosi oshib ketadi. Sanab o‘tilgan holat tijorat banklarining rentabelligiga salbiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga resurslar baxosining oshishiga olib keladi. Bunday vaziyatda tijorat banklari foiz daromadlari olish maqsadida aktivlarni yanada yuqoriroq foiz stavkalarida joylashtirishga majbur bo‘ladilar va oqibatda tijorat banklari mablag‘larni o‘rta va uzoq muddatga ishlab chiqarish sohalariga qo‘yilma qilgandan ko‘ra, tezda va katta miqdorda daromad keltiradigan noishlab chiqarish sohalariga qo‘yilma qilishni afzal ko‘radilar. Demak, Markaziy bank yuqori zahira stavkalarini transaktsion depozitlar va korxonalarning jamg‘arma depozitlariga nisbatan belgilashi lozim. Muddatli depozitlarga nisbatan zahira stavkalarini belgilashda ularning muddatini hisobga olishi kerak. Muddatli depozit qanchalik uzoq muddatga jalb qilingan bo‘lsa, majburiy zahirasi shuncha past belgilanishi lozim.
2. Depozitlarning o‘z vaqtida mijozlarga qaytarilishini ta’minlash maqsadida tijorat banklarining likvidliligi va to‘lovga qobilligi ustidan amalga oshiriladigan nazorat va tahlilni kuchaytirish lozim. Bu muammo rivojlangan xorijiy davlatlarning bank amaliyotida ham mavjud. Tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida kreditlarning salmog‘i yuqori bo‘lganligi sababli, ularni o‘z vaqtida qaytmasligi tijorat banklarining likvidliligi va to‘lovga qobilligiga salbiy ta’sir qiladi. Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlarni o‘z vaqtida qaytmasligi bankning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir qiladi. Ushbu ta’sir birinchi navbatda banklarning depozitlarga foiz to‘lash imkoniyatini cheklanib qolishiga olib keladi. Jahon Tiklash va Taraqqiyot bankining eksperti Kris Barltrop o‘zining tadqiqotlarida shunday holatni bayon etadiki, bir qator rivojlanayotgan davlatlarda tijorat banklarining foizli daromadlarini depozitlarga to‘lanadigan xarajatlarni moliyalashtirishga yetmay qolishi natijasida, ushbu banklar kapital va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan depozitlarga foizlar to‘lash hollariga yul qo‘yganlar. Bu esa, bankning resurslar bazasiga va to‘lovga qobilligiga salbiy ta’sir qiladi.
3. Keng omma omonatchilarning mayda jamg‘armalarini jalb qilish maqsadida pochta jamg‘armasi tashkiloti tizimini rivojlantirish zarur. Buning uchun xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalanish zarur. Xususan, bu borada Yaponiya tajribasishuni ko‘rsatadiki, Pochta jamg‘armasi tashkilotlari keng omma omonatchilaridan mayda jamg‘armalarni omonatlarga jalb qiladi va bu jalb qilingan mablag‘larni Yaponiya Moliya vazirligiga ma’lum bir foizda joylashtiradi. Yaponiya Moliya vazirligi pochta jamg‘armasi tashkiloti tomonidan jalb qilingan omonatlarning saqlanishi, to‘lanishiga kafil bo‘ladi. Ushbu vazirlik tomonidan depozitga olingan mablag‘lar Yaponiya taraqqiyot bankiga, har-xil davlat fondlariga, hamda kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini qo‘llab quvvatlashga yo‘naltiriladi.
4. Depozit bazasini shakllantirishda kredit oluvchilarni arizalarida ko‘rsatilgan muddatlarni e’tiborga olish yoki jalb qilingan depozitlarni muddatlari bo‘yicha kredit portfelini shakllantirish lozim. Buni depozit va kreditlar 68 muvozanatini saqlash bo‘yicha o‘rnatilgan me’yorlarga to‘liq amal qilish ko‘zda tutilishi lozim. Buning uchun muvozanatning optimal variantini ishlab chiqish zarur.


Download 286.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling