2-jadval
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi depozit qoldiqlari, mlrd.so‘m
Tijorat banklarining likvidligini tartibga solishda majburiy zaxiralar instrumentidan iqtisodiyot va pul-kredit sohasidagi vaziyatdan kelib chiqqan holda moslashuvchanlik bilan foydalanib borildi. Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda shakllantirilgan majburiy zaxiralar bo‘yicha xisobvarag‘laridagi mablag‘lar qoldig‘i 2017 yil 1 noyabr holatiga yil boshiga nisbatan 32 foizga (3,9 trln. so‘mdan 5,2 trln. so‘mga) ko‘paydi. Ushbu o‘sish tijorat banklari depozit bazasining real oshishi hamda xorijiy valyutadagi depozitlarning milliy valyutadagi ekvivalentining oshishi bilan izohlanadi36 . Banklar orasidagi resurslarni jalb qilish uchun raqobatli kurashda muhim vosita bo‘lib turlicha foiz siyosati hisoblanadi, chunki qo‘yilgan mablag‘larga daromad olish mijozlarning qo‘yilma qo‘yishga undovchi muhim omil hisoblanadi. Depozit foiz stavkalari darajasini har bir tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki hisob stavkasi, pul bozori holati va o‘zining depozit siyosatidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilaydi. Depozitlarining alohida ko‘rinishlari bo‘yicha daromad hajmi qo‘yilma muddati, summasi, hisobvarag‘ini amal qilish xususiyati, xizmatlar hajmi va xarakteri, va nihoyat mijozning qo‘yilma shartnomasi shartlariga amal qilishiga bog‘liq. Muddatli qo‘yilmalar bo‘yicha foiz stavkasi hajmini o‘rnatishdagi muhim omil bo‘lib, mablag‘lar joylashtirilgan muddat hisoblanadi. Tijorat banklarining kredit potentsiali - bu jalb qilingan mablag‘larning kredit va bankning boshqa aktiv operatsiyalarini amalga oshirishning iqtisodiy chegarasi hisoblanadi. Iqtisodiyotdagi bo‘sh pul mablag‘larining tijorat banklari tomonidan jalb qilinishi ular iqtisodiy faoliyatining asosini tashkil etadi. Banklar tomonidan jalb qilingan mablag‘larning barchasi kredit uchun ishlatilmasligi mumkin. Quyidagi jadvalda mamlakatimiz tijorat banklarida milliy valyutadagi bank depozitlari bo‘yicha foiz stavkalari ma’lumotlari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |