O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/118
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1809058
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118
Bog'liq
6AdatpaeXkNBzsF

 Yakuniy nazorat (YaN) –semestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim 
va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. 
Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” yoki
test shaklida o’tkaziladi. 
ON o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida 
muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON 
natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o’tkaziladi. 
Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ichki nazorat va monitoring 
bo’limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o’tkazish jarayoni muntazam 
ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari 
bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta o’tkaziladi. 
Talabaning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini baholash talabaning fan 
bo’yicha o’zlashtirish darajasini 5 ballik tizimda ifodalanadi. 
ON va YaN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq tuzilgan jadvallar asosida 
o’tkaziladi. YaN semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o’tkaziladi. 
Oraliq nazoratlarda saralash balidan kam ball to’plagan va uzrli sabablarga ko’ra 
nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat 
turigacha, so’nggi oraliq nazorat uchun esa yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi. 
Talaba semestrda ON turlari bo’yicha qoniqarsiz baho olsa YaN ga kirishi ruhsat 
etilmaydi.
Yakuniy nazoratda qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor deb hisoblanadi 
va belgilangan tartibda qayta topshirish jadvali asosida qarzdorlikni bartaraf etish lozim. 
Baholashning o’rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o’tkazilishi 
hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra muduri, o’quv-uslubiy boshqarma 
hamda ichki nazorat va monitoring bo’limi tomonidan nazorat qilinadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling