O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6AdatpaeXkNBzsF
Interpolyator – raqamli dastur bilan boshqarish qurilmasining hisoblash qismi bo’lib,
uning asosiy vazifasiuzluksiz ravishda approksimatsiya maydoni chizig’i yoki analitik berilgan egri chiziq bo’yicha harakatlanuvchi nuqtaning koordinatalarini ma’lum diskretlik bilan topish hamda bu koordinatalar haqidagi ma’lumotni boshqarish blokiga uzatishdan iborat. Interpolyator vazifisini quyidagicha ham ifodalash mumkin: har vaqt daqiqasida asbobni bir tayanch nuqtasi ikkinchi tayanch nuqtasi tomon yurishi mobaynida tayanch nuqtalari koordinatalari o’rtasidagi funktsional bog’lanishni ta’minlash, hamda ushbu koordinatalar haqidagi signallarni boshqarish qurilmasiga uzatishdan iborat. Interpolyator bajaradigan vazifa interpolyatsiyalash deb ataladi. Approksimatsiya uslubiga qarab interpolyatsiya chiziqli, doiraviy va parabolali bo’lishi mumkin. Interpolyatsiyani amalga oshirish qoidasi (interpolyatsiya algoritmi) asosan baholash funktsiya uslubiga tayanib, algebraik tenglamalarni yechimiga asoslanadi. CHiziqli interpolyatsiyada traektoriyaning har bir oraliq nuqtalari uchun baholash funktsiyasini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: , = − , Bunda , - oraliq nuqtaning chiziq kesimi boshlanishiga nisbatan koordinatalari; , – chiziq kesimining ohirgi nuqtasining koordinatalari; I, j – “x” va “y” o’qlari bo’ylab elementar surishlar soni. Har bir elementar surilishning uzunligi (interpolyatsiya qadami) RDBQning diskretligiga teng bo’ladi. Interpolyatsiyani amalga oshirish qoidasini quyidagi grafik orqali ko’rish mumkin (rasm 14a). Rasmdan ko’rinib turibdiki, OA ishlov berilayotgan to’g’ri chiziqli kontur koordinat o’qlariga parallel emas. Demak, bunday konturni shakllash uchun X va Y koordinat o’qlari bo’yicha bajariladigan qadamiy surishlar ketma-ketligini ta’minlaydigan interpolyatsiya bo’lishi lozim. Interpolyatsiyaga tortiladigan OA chizig’i XY koordinat tekislikni ikkita maydonga bo’ladi: 1) OA chiziqning ustki qismida baholash funktsiyasining qiymati musbat bo’ladi ( Ϝ > 0), 2) ostki qismida esa funktsiya salbiy qiymatga ega ( Ϝ < 0). Interpolyatsiya qilinayotgan chiziqning o’zida baholash funktsiyaning qiymati 0” teng (Ϝ =0). Rasm 14. Interpolyatsiya: a) chiziqli interpolyatsiya; b) doiraviy interpolyatsiya Ushbu holat uchun interpolyatsiya X va Y o’qlari bo’yicha kichik surishlarning ketma- ketligi bilan amalga oshiriladi. Interpolyatsiya qoidasi quyidagicha bo’ladi: 1) agar harakat qilayotgan nuqta navbatdagi qadam ohirida Ϝ ≥ 0 maydonida joylashgan bo’lsa, keyingi qadam + o’qi bo’yicha bajariladi; 2) agar nuqta Ϝ < 0maydonida joylashgan bo’lsa, navbatdagi qadam+ o’qi bo’yicha bajariladi. Doiraviy interpolyatsiyada (rasm 14b) egri chiziq konturlari aylana yoylari bilan approksimatsiyalanadi. Koordinat o’qlarning boshi aylana markazi bilan birlashtiriladi. Bu holda baholash funktsiyasi quyidagi formula bilan ifodalanadi: = + − , bu yerda R – aylana radiusi bo’ladi. Aylananing birinchi kvadranti va soat strelkasiga qarshi harakat qilinganda interpolyatsiya qoidasi quyidagicha bo’ladi: 1) agar oraliq nuqtasi Ϝ ≥ 0 maydonida joylashgan bo’lsa, keyingi qadam “- X” yo’nalishida amalga oshiriladi; 2) agar nuqta Ϝ < 0maydonida bo’lsa, qadam “+ Y” o’ynalishi bo’yicha amalga oshiriladi. Tabiiyki, agar nuqta aylananing boshqa kvadrantlarida joylashgan bo’lsa, yoki harakat yo’nalishi soat strelkasi bo’yicha bajarilayotgan bo’lsa, interpolyatsiya algoritmi ham o’zgaradi (rasm 15). Rasm 15. Doiraviy interpolyatsiyaning algoritmini o’zgarishiga oid sxema Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling