O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/118
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1809058
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   118
Bog'liq
6AdatpaeXkNBzsF

 
4- Ma’ruza.MICHT dastgoxlarning koordinat tizimi. 
 
Dastgohlarning koordinat o’qlari va ularning yo’nalish ishorasini tanlash ISO R841 xalqaro 
standartiga muvofiq amalga oshiriladi. Standartga ko’ra koordinat tizimi sifatida dastgohdagi detal 
bilan bog’langan va dastgohning asosiy yo’naltirgichlari bilan muvofiqlashgan o’ng to’g’ri 
burchakli Dekart tizimi qabul qilingan (rasm 16). 


Rasm 16. Koordinatalarning o’ng to’g’ri burchakli Dekart tizimi va o’ng ko’l barmoqlari 
qoidasi 
Dastgoh ishchi organi harakatining musbat yo’nalishi deb detalning musbat o’lchamini 
oshiradigan yo’nalish bo’ladi. Koordinat o’qlarning musbat yo’nalishini aniqlashda o’ng qo’l 
barmoqlari qoidasi yordam beradi. Unga ko’ra “X“ o’qini katta barmoq, “Y“ o’qini ko’rsatuvchi 
barmoq va “ Z“ o’qini o’rta barmoq bilan ifodalash mumkin (rasm 16). Barmoqlarning uchi esa 
bunda musbat yo’nalishni ko’rsatadi. X,Y,Z o’qlari atrofidagi aydanish harakatlari tegishli ravishda 
A, B, va C harflari bilan belgilanadi. Aylana harakatining musbat yo’nalishi sifatida o’q uchi 
tomonidan qaraganda soat strelkasiga qarshi yo’nalish bo’ladi.
Yuqorida zikr etilgan standartga muvofiq “Z“ o’qi sifatida kesish kuchini uzatayotgan 
shpindel o’qi qabul qilingan. “Z“ o’qining musbat yo’nalishi deb detal va kesish asbobi orasidagi 
masofani oshiradigan yo’nalish bo’ladi. Bu holda “X“ o’qi iloji boricha gorizontal va detal 
mahkamlangan yuzaga parallel bo’lishi lozim. 
Yuqoridagilarga assolangan holda ayrim turdagi dastgohlarning koordinat tizimlari va 
koordinat o’qlarning joylanishi quyidagi rasmlarda ko’rsatilgan. 
1. Tokarlik dastgohning koordinat o’qlarining belgilanishi (rasm 17). 
 
Rasm 17. Tokarlik dastgohning koordinat tizimi 
2. Vertikal parmalash dastgohi (rasm 18). 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling