O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/118
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1809058
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   118
Bog'liq
6AdatpaeXkNBzsF

Surish harakatlari yuritmalari zagotovka yoki kesish asbobni kesish zonasi ichida 
harakatini ta’minlab beradi. 
Yordamchi yuritmalar zagotovkalar, detallar, kesish asboblarning yordamchi harakatlari
asbob magazinlar va stollarning burilishini, sovutish suyuqliklarni uzatish va boshqa harakatlarni 
ta’minlaydi.
Har bir yuritmaga qo’yiladigan talablar uning vazifasiga bog’liq. 
Bosh harakat yuritmasidan doimiy quvvatni (N
e
= const) ta’minlab berish talab etiladi, 
chunki shpindelning kichik chastotalarida asosan katta kuchni talab etadigan kuchli kesish amalga 
oshiriladi, baland aylanish chastotalarida esa kichik kesish kuchni talab etadigan toza ishlov berish 
bajariladi. Bunda shpindelning chastotalarini rostlash diapazoni 100dan oshmaydi (D 
shp 
≈ 100). 
Surish harakati yuritmalaridan asosan doimiy moment bilan rostlanish talab etiladi (M = 
const). Surish mexanizmlarida yuritmaning asosiy kuchi ishchi organning surilishi chog’idagi 
ishqalanish kuchlarni yengishga sarflanadi. Surish yuritmalaridan o’ta keng surishlar diapazonini 
(D

≥ 10000) ta’minlab berish talab etiladi, chunki raqamli dastur bilan boshqariladigan 
dastgohlarda minimal surilish boshqarish diskretligi hamda teskari aloqa bilan belgilanadi. Yuritma 
tomonidan faqat har bir diskretani amalga oshirish orqali yuqori aniqlik va yuzaning tozaligiga 
erishish mumkin. Bundan tashqari surish yuritmalari tez harakatlarni yuqori tezlikda amalga 
oshirishi va tezlikni olish hamda to’xtashda tez ishlaydigan bo’lishi kerak. 
Yordamchi yuritmalar kesish jarayonida qatnashmaydi va ulardan katta rostlash diapazoni 
va tez ishlash ko’p holatlarda talab etilmaydi. 
Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda mexanikaviy, gidravlik, pnevmatik va 
elektrik yuritmalar qo’llanishi mumkin. 



Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling