O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti
- Ma’ruza. Teskari aloka datchiklari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6AdatpaeXkNBzsF
6- Ma’ruza. Teskari aloka datchiklari
Orqa aloqa datchigi deganda surish harakatini bajaruvchi ishchi organning haqiqiy ko’chishi yoki holatini dasturiy signallar shakli va tabiatan o’xshash signallariga aylantiradigan o’lchash o’zgartirgichlarni tushuniladi. Orqa aloqa datchiklarning asosiy vazifasi ishchi organning haqiqiy holatini o’lchash, tegishli shakldagi signalga o’zgartirish hamda ushbu signalni taqqoslama qurilmasiga uzatishdan iborat. Ishchi organning raqamli dastur bo’yicha berilgan va haqiqiy ko’chish signallari taqqoslash qurilmasida farq (xato) signaliga aylantiriladi, so’ng xato signali kuchaytirilib ishchi organ surish yuritmasi dvigateliga xatoni kamaytirish yoki ishchi organ berilgan holatga talab etilgan aniqlikda yetganida harakatni to’xtatish uchun uzatiladi. Ishchi organning haqiqiy holatini o’lchash aniqligi, birinchidan, orqa aloqa datchigining aniqligi, uning sxemaviy va konstruktiv xususiyatlari, ikkinchidan, datchik va o’lchanayotgan ko’chishnibog’lanishi bilan aniqlanadi. Surish yuritmalarining o’lchanayotgan ko’chirishlari to’g’ri chiziqli va aylanali bo’lishi mumkin. Ishchi organning haqiqiy ko’chishi yoki holati haqidagi signalning aniqligi yuqori bo’lishi uchun o’lchash signalini ishchi organiga bevosita o’rnatilgan datchikdan olish to’g’ri bo’ladi. Shunda orqa aloqa datchigi hamda ishchi organning surish yuritmasi o’rtasidagi kinematikaviy zanjirlar bekor bo’ladi. Demak, chiziqli ko’chirishlarni o’lchash uchun chiziqli datchiklardan, doiraviy ko’chirishlarni o’lchash uchun doiraviy orqa aloqa datchiklaridan foydalanish to’g’ri bo’ladi. Datchiklarga qo’yilgan talablar quyidagilarga bo’linadi: Konstruktiv talablar (gabaritlari, massasi, fazoviy holati); Ekspluatatsion talablar (o’lchanayotgan ko’chirishlarning maksimal tezligi va miqdori, elektrik parametrlar, ishonchlilik va hokazo); Metrologik talablar (xatolik va diskretlik). Konstruktiv talablar datchik turi hamda u o’rnatilgan dastgoh bilan belgilanadi. Holat datchiklari chiziqli ko’chishlar uchun 10 – 20 m/min gacha bo’lgan, doiraviy ko’chishlar uchun 30 ayl/min gacha bo’lgan tezliklarda o’lchashni ta’minlashi lozim, bunda tekshirilayotgan chiziqli ko’chishlar bir necha ming millimetrni tashkil etishi mumkin. Doiraviy o’zgartirgichlar uchun esa tekshirilayotgan ko’chishni maksimal qiymati cheklanmaydi. Holat datchiklarning diskretligi bir necha mikrometrdan to mikrometr bo’lagigach tashkil qilishi mumkin (chiziqli ko’chishlar uchun), doiraviy ko’chishlarda esa –butun burchakli sekundadan to uning bo’lagigacha. O’lchash xatoligi esa bir necha mikrometr (burchak sekunda)dan oshmasligi kerak. Orqa aloqa datchiklari quyidagi belgilar asosida klassifikatsiya qilinishi mumkin: Vazifasi bo’yicha: chiziqli, burchakli, detal o’lchami bo’yicha, ishlash rejimi bo’yicha; Fizikaviy xususiyati bo’yicha: elektromexanikaviy, elektromagnitli, fotoelektrikaviy, elektrostatikaviy, ionizatsionli; Fizikaviy parametrni o’zgarish xarakteri bo’yicha: absolyut, tsikl bo’yicha (davriy); Ko’chishni qaytarish xarakteri bo’yicha: diskretli, analogli; CHiqish signalini shakllash usuli bo’yicha: impulsli, kodlangan, fazali. RDB dastgohlarning surish yuritmalarida orqa aloqa datchiklari sifatida turli o’lchash o’zgartirgichlaridan foydalaniladi. Quyida ushbu maqsad uchun keng darajada qo’llaniladigan datchiklarning asosiy turlari ko’rib chiqilgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling