O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/118
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1809058
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   118
Bog'liq
6AdatpaeXkNBzsF

Mexanikaviy yuritma qo’pol bo’lib, rostlash ravonligini ta’minlab bera olmaydi, baland 
tovush chiqaradi, dastgohning konstruktsiyasini murakkablashtiradi. Lekin mexanikaviy yuritma 
yordamida doimiy quvvat bilan rostlanishga oson erishiladi. Shuning uchun dastgohlarning bosh 
harakat mexanizmlarida shunday yuritmalar ko’p uchrab turibdi. 
Gidravlik yuritmalar keng diapazonda rostlanishni ta’minlay oladi, surish mexanizmlarida 
aylanma harakatini ilgarilama harakatiga aylantirish talab etmaydi, gidravlik dvigatellar tez ishlash 
qobiliyati va nisbatan kichik gabarit o’lchamlarga ega. Lekin gidravlik yuritmalarni ishlashi uchun 
katta o’lchamli va baland tovush bilan ishlaydigan gidrostantsiyalar mavjud bo’lishi kerak. 
Gidravlik yuritmalar puxta qarovni talab etadi. Gidrodvigatellar cheklangan quvvat va momentlarga 
ega. Ushbu foydalanish kamchiliklar tufayli raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda 
gidravlik yuritmalar elektrik yuritmalar bilan keng ravishda almashtirilmoqda. 
Pnevmatik yuritmalar kichik kuchlar bilan ishlaydigan dastgohlarning mexanizmlarida 
hamda sanoat robotlarda qo’llaniladi. 
Elektrik yuritmalartezlikni keng diapazonda yuqori aniqlik va tezlikda qulay rostlash 
xususiyatiga ega. Sanoatda chiqarilayotgan o’zgaruvchan va doimiy tok elektrdvigatellari keng 
ko’lamdagi quvvat, moment va tezliklarga ega. Ular tayyorlashda texnologik jihatdan qulay
foydalanishda ishonchli va oddiy. 
Elektrik yuritmaning tarkibi elektrdvigatelni oziqlantiruvchi kuchli o’zgartirgich, talab 
etilgan rostlash sifatini ta’minlaydigan rostlagichlar va teskari aloqa datchiklaridan tashkil topgan. 
Elektrik yuritmalar quyidagicha klassifikatsiyalanadi: 
 Vazifasi bo’yicha: bosh, surish va yordamchi harakati uchun; 
 Rostlash usuli bo’yicha: doimiy moment bilan, doimiy quvvat bilan, ikki zonali; 
 Ijro etuvchi dvigatelning tok turi bo’yicha: doimiy va o’zgaruvchan tok dvigatellari; 
 Kuchli o’zgartirgich sxemasi bo’yicha: bir va ko’p fazali boshqariladigan 
to’g’rilagichlar, keng impulsli o’zgartirgichlar;
 Avtomatik rostlash tizimi tuzilishi bo’yicha: bir konturli, ko’p konturli; 
 Boshqarish turi bo’yicha: analogli, raqam-analogli; raqamli. 
Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda har bir ishchi harakati alohida yuritmalar 
bilan amalga oshiriladi. Aksariyat hollarda barcha yuritmalar avtomatik tarzda boshqariladi va 
rostlanadi. Lekin ayrim hollarda rostlanmaydigan yuritmalar ham uchrab turadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling