O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/118
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1809058
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   118
Bog'liq
6AdatpaeXkNBzsF

Doimiy uzunlikdagi kadrlarda axborotni yozish uchun ma’lum va o’zgarmas kodli 
satrlarning soni ajratiladi. Kadr uzunligi ko’chirishlar haqidagi raqamli axborotlar va maksimal 
darajadagi funktsional komandalar to’plamidan tashkil topadi. Bunday kadrlarda axborotlar doimo 
bitta tartibda joylashadi, shuning uchun boshqarish funktsiyalarni alohida belgilash kerak 
bo’lmaydi. 
Kadrdagi so’zlar soni yoki axborot xajmi o’zgarishiga qaramasdan bunday kadrlarda 
o’zgarmas satrlar sonidan foydalaniladi. Bu esa perfolentani ortiqcha sarflanishiga olib keladi. 
O’zgaruvchan uzunlikdagi kadrlar faqat dastur jumlasini tuzish uchun kerak bo’lgan 
so’zlardan tashkil topadi. Kadrlarni bir-biridan ajratish uchun har bir kadr albatta “kadr oxiri” 
belgisi bilan yakunlanishi lozim (ISO-7bit standartida bu belgi “LF” harflari bilan belgilanadi). 
O’zgaruvchan uzunlikdagi kadrlarda eng kalta kadr ikki so’zdan tashkil topadi: “%” - dastur 
boshi va “LF” – kadr oxiri. Kadrning maksimal uzunligi RDBQning dastur formatiga bog’liq. 
Dastur formati - bu eng ko’p axborot yozilishi mumkin bo’lgan kadrning strukturasidir. 
O’zgaruvchan uzunlikdagi kadrlarda ham so’zlar ketma-ketligi doimiy va o’zgarmas bo’ladi. 
Adresli kodlarda har bir raqamli axborot uning adres (yoki kod) belgisi bilan birga 
yoziladi. Shuning uchun adresli kodlarda so’zlar ketma-ketlik tartibiga qattiq talab qo’yilmaydi. 
Faqat kadrlarni ajratish uchun kadr oxiri alohida belgi bilan belgilanishi kerak. 
5-mavzu. MICHT dastgoxlari yuritmalari. Surish yuritmalari. Bosh xarakat yuritmalari. 
 
Dastgoh ishchi organining harakatini ta’minlovchi mexanikaviy, elektrik, gidravlik, elektron 
va boshqa qurilmalar dastgoh yuritmasini tuzadi. Vazifasiga qarab dastgohlarda bosh harakat, surish 
va yordamchi harakat yuritmalari mavjud.
Bosh harakat yuritmasi bevosita kesish jarayonini ta’minlaydi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling