O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet75/118
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1809058
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   118
Bog'liq
6AdatpaeXkNBzsF

 


3-Amaliy mashg’ulot 
RDB dastgohlarida bosh harakati yuritmasini loyihalash va tanlash 
Ishlov berilayotgan detallarning nochiziq konturlari approksimatsiyalanadi, ya’ni 
nochiziq kontur boshqa oddiyroq bo’lgan geometrik elementlar bilan almashtiriladi. 
Almashtirish to’g’ri chiziq, yoy, aylana yoki parabolaning kesmalari bilan amalga 
oshiriladi. Misol qilib 13-rasmda 1 va 2 nuqtalar bilan chegaralangan y = f(x) egri 
chiziqni xorda, kesuvchi va urinma chiziqlari bilan approksimatsiyasi ko’rsatilgan. 
Approksimatsiya natijasida 1 va 2 
nuqtalar bilan chegaralangan egri 
chiziq siniq chiziqlarni tashkil 
yetuvchi 1-a-b-2 to’g’ri chiziqli 
kesmalar 
bilan 
almashtiriladi, 
bunda 
“a 
– 
b” 
kesmasi 
approksimatsiya 
maydoni 
deyiladi. 
Bunda approksimatsiyalash xatoligi yegilish δ strelkasi bilan o’lchanadi, u esa 
o’z navbatida approksimatsiya qadami bilan belgilanadi. Approksimatsiya qadami Δx 
va Δy koordinataviy kichik surishlar yoki Δφ markaziy burchak qiymatiga bog’lik. 
Approksimatsiya aniqligini oshirish uchun to’g’ri chiziq kesmalarining uzunligini 
kichraytirish kerak. 
Approksimatsiya qilish usullari uchun approksamatsiya qadami quyidagi 
formulalardan topiladi: 
A) xordalar bilan approksimatsiyalash uchun: 
∆ = 2 cos
1 −
B) kesuvchi chiziqlar bilan approksimatsiyalash uchun: 
∆ = 2 cos
V) urinma chiziqlar bilan approksimatsiyalash uchun: 
∆ = 2 cos
Bu formulalarda R- aylana yoyi radiusi, δ - approksimatsiya xatosi. Approksimatsiya 
qadamini koordinatalar bo’yicha ΔX va ΔY kichik surilishlar bilan ham belgilash 
mumkin. 
Yuqorida 
qayd 
etilganidek, 
haqiqiy 
traektoriyani 
berilgan 
traektoriyaga 
yaqinlashtirish uchun oraliq nuqtalar (yoki approksimatsiya maydonchalar) sonini 
ko’paytirish, hamda ushbu nuqtalar orasida asbobga koordinataviy surishlar ketma-
ketligini ta’minlab berish kerak. 
Qo’shimcha tayanch nuqtalar nuqtalarini kiritish boshqarish dasturini tuzishda 
hisoblar va dastur xajmini keskin o’sishiga olib keladi. SHuning uchun amaliyotda
ikki oraliq nuqtasi orasidagi asbob traektoriyasini batafsil ifodalash maxsus 
hisoblash qurilma – interpolyator yordamida amalga oshiriladi. Yoki boshqa so’zlar 
bilan aytganda, approksimatsiya sodir bo’lishi uchun harakat ikkita koordinat o’qlari 
bo’yicha bir vaqt oralig’ida amalga oshirilishi lozim, asbob markazining traektoriyasi 


esa “a - b” kesmasiga mos kelishi kerak. Bunday talabni maxsus qurilma - 
interpolyator ta’minlab beradi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling