O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6AdatpaeXkNBzsF
Induktosinlar
Induktosinlar chiziqli va doiraviy induktosinlarga bo’linadi. RDB dastgohlarida chiziqli induktosinlar surish yuritmasi ishchi organi ko’chirilishini bevosita o’lchash uchun, doiraviy induktosinlar esa asosan bo’lish stollarida foydalaniladi. Induktosinlarning ishlash printsipi aylanuvchi transformatorlarnikiga o’xshash bo’lib, farqi induktosinlarda stator va rotor chulg’amlari tekislikka yoyilgan bo’ladi. CHiziqli induktosinlar uzunligi 250 mm dan bo’lgan po’lat chizg’ichlaridan tashkil topgan bo’lib, harakati o’lchanishi kerak bo’lgan ishchi organga nisbatan qo’zg’almas tekislikka aniq birlashtirilib o’rnatiladi. Ishchi organning qo’zg’almas chizg’ichlariga qaragan yuzasigasirpang’ich (polzunok) mahkamlanadi. Bunda qo’zg’almas chizg’ich va sirpang’ich orasidagi oraliq 0,2 – 0,3 mmdan oshmasligi hamda qiyshamagan bo’lishi kerak. Qo’zg’almas chizg’ich va ishchi organ bilan harakatlanadigan sirpang’ichning yuz tomonlari bir-biriga qaratilgan bo’ladi. CHizg’ich qalinligi 10 mm tashkil etadi (rasm 36). Rasm 36. CHiziqli induktosinning chulg’amlari: a) chulg’amlarning sxematik rasmi; b) chulg’amlarning ulash sxemasi; 1- yakkalovchi(izolyatsiyalovchi)asos;3,4,5- chulg’amlar. CHizg’ichning (1) izolyatsiyalovchi asosiga qadamih =2mmva eni 1mm bo’lgan chulg’am (5) fotoximik usulda yassi zigzag shaklida qo’yib chiqilgan. Sirpang’ich (2) xuddi shunday qadam va enga ega bo’lgan ikkita yassi chulg’amli qisqa lineykadan iborat bo’lib, ular bir biriga nisbatan 0,25 qadamga, yani 90 elektrik gradusga siljitilgan. Masofaα = kh + 0,25h, bu yerda k -butun son,h–chulg’am qadami. CHiziqli induktosin chulg’amlarining sxematik rasmi va ularni ulash sxemasi rasm 36da keltirilgan. U 1 va U 2 – 90 0 ga siljitilgan induktosinga kiruvchio’zgaruvchan tok kuchlanishlari, U – induktosin chiqishidagi kuchlanish. Farqlarni o’lchash kompensatsion sxemasida 3- va 4- chulg’amlar90 0 ga siljitilgan ikkita tok bilan oziqlanadi. Ularda yuguruvchi magnit maydoni tomonidan qo’zgalmas chulg’am 5da elektr yurituvchi kuch vujudga keltiriladi. Uning fazasi sirpang’ich 2 ning chizg’ich1 ga nisbatan siljishiga proportsional bo’ladi. Kaskad sxemasi asosida ulangan 3- va 4-chulg’amlarga amplitudasi bo’yicha modulyatsiyalangan sinusiodal U 1 vakosinusoidal U 2 kuchlanishlar uzatiladi. CHulg’amlarda hosil bo’lgan pulsatsiyali magnit maydoni tomonidan qo’zg’almas chulg’am 5 da elektr yurituvchi kuch keltiriladi. Bu kuchning amplitudasi sirpang’ich 2 ning siljishiga proportsional bo’ladi. Induktosin ishchi organ xolatini faqatgina o’zining qadami chegarasida o’lchash imkonini beradi. Qadamlar soni RDB qurilmasida berilgan harakat bo’yicha aniqlanadi. Induktosinlarning afzalligi ularning yuqori aniqligi (±1,5mkm), konstruktsiyasining soddaligi, katta masofadagi ko’chirishlarni o’lchash mumkinligi va tannarxning arzonligidadir. Kamchiliklari: oziqlanish chastotasini 10 kGts gacha ortirish zaruriyati (aylanuvchi transformatorlarda chastota 400- 500 Gtsni tashkil etadi). Induktosin magnit sistemasida ferromagnit serdechnikning yo’qligi tufayli chiqish signali kichik bo’ladi, odatda bu signal 3-6 mV dan ortmaydi. Bu esa chiqish signaliga boshqa halaqitlarning ta’sirini ortishiga olib keladi va halaqitlarni kamaytirishni hamda o’lchash chulg’amining chiqishiga kuchaytirgich o’rnatilishini talab yetib, sxemani murakkablashuviga olib keladi. Masalan,aylanuvchi transformatorlarda chiqish signalining qiymati 20-30 V ga yetadi. Uzunligi 250 mm bo’lgan standart chizg’ichlarni ketma-ket ulash yo’li bilan ulangan induktosinlarni ishchi organ harakatining ma’lum uzunliklarda qo’llash ancha qulay va maqsadga muvofiq hisoblanadi. Harakati uzun katta yirik stanoklar uchun egiluvchan tasmali induktosinlar yaratilgan. Tasmasi po’latdan,eni 19 mm, qalinligi 0,8 mm, bosma yassi chulg’amli va qadami 5mm qilib yaratiladi. Tasmastanokning qo’zg’almas qismiga tarangli qilib mahkamlanadi, sirpang’ich harakati o’lchanadigan ishchi organiga o’rnatiladi. Tasmali induktosinlarning aniqligi chizg’ichlarga nisbatan past, biroq yirik stanoklar uchun yaroqlidir. Induktosinlar ishchi organ harakatining 10m/min tezliklarida normal ishlay oladi va oshirilgan aniqlikdagi stanoklarda foydalaniladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling