O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/118
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1809058
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   118
Bog'liq
6AdatpaeXkNBzsF

Lazer datchiklari 
Lazer datchiklari (o’lchov o’zgartirgichlari) juda istiqbolli bo’lib, RDB dastgohlari surish 
yuritmalarida keng qo’llaniladi. Ular boshqa turdagi datchiklar ta’minla olmaydigan ko’chish 
tezligida yuqori imkon berish qobiliyati va aniqlikda o’lchash xususiyatiga ega. Lazerli o’lchov 
o’zgartirgichining tarkibi lazer, raqamli ko’chish hisoblagichi, oynalar va prizmalar tizimi va 
fotopriyomnikdan tashkil topgan (rasm 34). 
Rasm 34. Lazer datchigining sxemasi: 
1- o’lchash chizg’ichi; 2 - lazer; 3 - optik tizimi;4 – 
fotopriyomnik 
Lazer datchiklari quyidagi afzalliklariga ega:
 O’lchashlarni ko’chirishlarning eng yuqori tezliklarida (18 m/min gacha) amalga 
oshirish qobiliyati; 
 Yuqori o’lcham aniqligi (0,5 mkm/m); 
 O’lchash va signalni o’zgartirishda eng yuqori ildamlikni ta’minlash. 
Elektromagnit datchiklari 
 
Elektromagnit datchiklari orqa aloqa datchiklari sifatida RDB dastgohlarda keng tarqalgan. 
Buni qator sabablar va birinchi navbatda datchiklarning yuqori ishonchliligi va xalaqitga nisbatan 
chidamliligi, chiqish signallarni fazaviy shaklda ifodalash, nisbatan arzonligi bilan izoxlash 
mumkin. Elektromagnit datchiklari jumlasiga aylanuvchi transformatorlar, redusinlar, selsinlar, 
induktosinlar kiradi. 
 
 
 


Aylanuvchi transformatorlar 
 
Aylanuvchi transformator induktsion mikromashinadan iborat bo’lib, unda chiqish
kuchlanishi kirish kuchlanishi hamda rotorning burilish burchagining funktsiyasini bildiradi. 
Shunda kirish kuchlanish bilan bog’lanish chiziqiy, burilish burchagi bilan esa sinusli yoki kosinusli 
bo’ladi.
Aylanuvchi transformatorning statorida ikkita o’zaro perpendikulyar obmotkalar 
(chulg’amlar), rotorda esa ikkita 90
0
ga siljitilgan obmotkalar(chulg’amlar) mavjud (rasm 35). Stator 
obmotkalaridan biriga sinusoidal o’zgaruvchan tayanch kuchlanish berilganda burchak chastotasi 
bilan aylanadigan magnit maydoni hosil bo’lib, rotor obmotkalarida huddi shunday chastotali, lekin 
fazasi bo’yicha φ burchakkasiljigan elektr xarakatlantiruvchi kuch (EXK) induktsiyalanadi. 
)
sin(
max





t
U
U
чик
bu yerda φ - rotorning burilish burchagi bo’lib, surish yuritmasi ishchi organining haqiqiy 
harakati funktsiyasi hisoblanadi. 
Rotor aylanishni bevosita yoki mexanik uzatma orqali ishchi organidan oladi. Bunday 
sinus – kosinusli aylanuvchi transformatorning (boshqa hollarda rezolver deb ham ataladi) chiqish 
signali taqqoslovchi qurilma (odatda fazaviy diskriminator) ning ikkinchi kirishiga uzatiladi, va 
unda berilgan harakatni korrektsiyalash uchun farq signallarini ishlab chiqiladi. Bunday holda 
aylanuvchi transformator ishchi organning haqiqiy holatini o’lchash uchun, taqqoslovchi qurilma 
esa farq signallariniishlab chiqish uchun xizmat qiladi. Aylanuvchi transformatorlar ikkita asosiy 
guruhga bo’linadi: 1) kontakt halqa va cho’tkali (VTM-1, VTM-1C, VTM-4, VTM-6 tipidagi) va 2) 
kontaktsiz (VTM-1V, BSKT-232-2 va boshqalar) transformatorlar. 
Kontakt halqali aylanuvchi transformatorlarning xizmat muddati cheklangan, bunga 
cho’tkalar va halqalarni yeyilishi sabab bo’ladi. 
Aylanuvchi transformatorlarning afzalliklari(1) soddaligi va dastgohlarga o’rnatish osonligi 
va (2) ko’chirishlarni o’lchash va signalni o’zgartirish oddiyligidan iborat. Ular asosan o’rta 
aniqlikdagi dastgohlarda keng ko’llaniladi. 
Rasm 35. Aylanuvchi transformatorning sxemasi: 
1, 4 - stator obmotkalari (chulg’amlari); 2-stator; 3-rotor; 
φ - rotorning burilish burchagi VTM-1, VTM-1V tipidagi 
aylanuvchi 
transformatorning 
asosiy 
texnik 
xarakteristikalari umumiy bo’lib, quyidagilardan iborat: 
1) nominal kuchlanish – 26 V; 2) nominal chastotasi – 
400 Gts; 3) salt yurish toki – 40 mA; 4) salt yurishda 
transformatsiya koeffitsienti - 1  0,05; 5) rotorning 
aylanish chastotasi –3000 min
-1 
; 6) trigonometrik qonun bo’yicha kuchlanishni ishlab chiqish 
hatoligi +0,3% dan ortiq yemas. 
Ikki polyusli fazasi 200ga bo’lingan VTM-1Vrusumdagi transformatorlar N aniqlik sinfiga 
mansub dastgohlarning surish yuritmasi orqa aloqa zanjirida ishlatiladi. Diskretligi 0,01 mm 
bo’lgan surish yuritmasida ishchi organ harakatining quyidagi tezligi ta’minlanadi, ya’ni 
мин
м
мин
мм
n
N
F
/
6
/
6000
3000
200
01
,
0
АТ










Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling