O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti
-mavzu. Avtomatlashtirilgan RDB texnologik jihozlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6AdatpaeXkNBzsF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayrim RDB dastgohlarining KTSga misollar
10-mavzu. Avtomatlashtirilgan RDB texnologik jihozlar.
Dastgohlarning KTSni tuzishdan avval quyidagilarni bilish lozim: 1) Dastgohning texnologik vazifasi va komponovkasi (tuzilishi) bilan tanishib olish; 2) Barcha shakl beruvchi va yordamchi harakatlarni aniqlash va ularni o’ng koordinat tizimiga bog’lab qo’yish; 3) Ishchi va ijro etuvchi organlar harakatlarining musbat yo’nalishlarini aniqlash. KTSni qurilishi ko’rinish turini belgilashdan boshlanadi: KTS yu - tepadan ko’rinish; KTS ch - chapdan ko’rinish; KTS o’ - o’ngdan ko’rinish; KTS b - oldindan (bosh) ko’rinish. Keyin detal va asbob ishlov berish jarayonidagi ko’rinishda tasvirlanadilar. Bunda detal shartli ravishda (“x” belgisi bilan) detalni tashuvchi organga, asbob esa shpindel yoki asboblarni tashuvchi organlarga (revolver kallak, asbob tutqichlari va hokazo) biriktiriladi. Shundan keyin asbob va detalni tashuvchi organlar ketma-ketlik tartibda boshqa organlar va stanina (qo’zgalmas blok) bilan tutashtiriladi. Koordinat o’qlarning (harakatlanuvchi bloklar) musbat yo’nalishlari va aylanishlari yuqorida qayd etilgan tavsiyalarga binoan ko’rsatiladi. Stanina boshqa qo’zgalmas bloklar bilan birgalikda “Np” deb belgilanadi. Ayrim RDB dastgohlarining KTSga misollar. 1.RDB vertikal frezalash dastgohining KTSni tuzish (rasm 53). Sxemani tuzishdan avval dastgohning komponovkasi (tuzilishi) bilan tanishiladi. Stol 1 (X koordinatasi) stanina 2 ning yo’naltirgichlari bo’yicha harakat qiladi. Asbob (freza 6) frezerlash kallak 5da (koordinata Z) aylanadigan shpindel 6 ga mahkamlangan. Frezalash kallaki polzun (sirpang’ich) 6 yo’naltirgichlari bo’yicha vertikal surish harakatini amalga oshiradi. Polzun o’z navbatida staninaga mahkam biriktirilgan ustun 3 ning yo’naltirgichlari (koordinata Y) bo’yicha harakat qiladi. Rasm 53. Vertikal frezalash dastgohining komponovkasi: 1 - stol; 2 - stanina; 3 - stoyka (ustun); 4 - polzun; 5 - frezalash kallaki; 6 – shpindel. Ishlov berish jarayonida freza va ishlanayotgan detal “detal - stol 1 - stanina 2 - ustun 3 - polzun 4 - frezalash kallaki 5 - shpindel 6 - asbob (freza)” zanjiri bo’yicha yopiq tizimni tashkil etishadi. Harakatlanuvchi bloklarni ularning koordinata belgilari, qo’zgalmas bloklarni esa Np belgisi bilan almashtirib ushbu yopiq tizimni boshqacha qilib yozish ham mumkin, ya’ni “detal – X - Np – Y – Z – C v - freza”. Yopiq tizimning bunday yozuvi KTS elementlarining minimal sonini aniqlashga imkon beradi, ushbu misolda dastgohning KTSi yettita elementdan tashkil topadi. Vertikal frezalash dastgohlarning KTSini tepadagi ko’rinishda qurish qulay bo’ladi. Sxema tuzilishi detal hamda frezani ajralmagan kontakt holatida tasvirlanishidan boshlanadi. SHakllangan tizim keyin ko’zg’almas va harakatlanuvchi bloklarning shartli belgilari bilan yopiladi (rasm 54). Rasm 54. Vertikal frezalash dastgohining KTSi: 1 - detal; 2 - shpindel kallaki; 3 – freza. Dastur bo’yicha avtomatik boshqarish X, Y, Z o’qlari bo’yicha amalga oshirilayotgani KTSdan ko’rinib turibdi.Avtomatlashtirilmagan rostlanish surilishlar (kichik x, y, z, w harflari bilan belgilangan) mavjudligini kuzatish ham mumkin. SHpindel vertikal joylanishi haqida S v belgisi ko’rsatib turibdi. Nuqtasi markazda joylashgan kichik doiralar rasm tekisligiga perpendikulyar bo’lgan (biz tomon) harakat yo’nalishini bildiradi. 2.Tokarlik patron va markazli dastgohining KTSi (rasm 55).Sxema tepadan ko’rinish asosida Np.6, PB.2,PB.5 shartli belgilar yordamida tuzilgan. Murakkab shaklli, aylanish jism turidagi detal patron 2 da qisilib, ketingi babka 4 markazi bilan patronga tiralishi mumkin. Bo’ylama support Z staninaning gorizontal yo’naltirgichlarida harakatlanadi, bo’ylama support yo’naltirgichlari bo’yicha ko’ndalang salazkalar X harakat qiladi. Salazkalar orqasida kesib tashlash keskichlar uchun xizmat qiladigan keskichlar tutqichi 3 joylashgan, oldida esa yuqori support uchun yo’naltirgichlarga ega burilish doirasi 5 ko’rsatilgan. Gorizontal shpindelga o’rnatilgan detalning aylanishi (bosh harakat) C Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling