O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/118
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1809058
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   118
Bog'liq
6AdatpaeXkNBzsF

 
 
 
 
 
8-mavzu. Dastgoxlarni strukturaviy texnologik modellash (STM) asoslari. 
 
Ishchi mashinaning texnologik imkoniyatlari, boshqarish tizimi, tuzilishi hamda xizmat 
ko’rsatuvchi qurilmalari to’g’risidagi formulalar, sxemalar va tsiklogrammalar majmui 
mashinaning strukturaviy texnologik modeli (STM)ni tashkil etadi. 
STMni ta’riflash tili va strukturaviy texnologik modellash Toshkent politexnika institutining 
“Metall qirqish stanoklari” kafedrasining professori Molchanov G.N. tomonidan ishlab chiqilgan va 
o’quv jarayonida qator fanlarni dars berishda keng qo’llanilib kelmoqda. 
STM bu real texnologik jihoz (yoki ular komplekslari) obrazini identifikatsiya qiladigan, 
o’zaro bog’langan formula va sxemalarning axborot-mantiqiy tizimidir. Modelning tarkibi 
jihozning ishlash printsipi, konstruktsiya g’oyasi, texnologik imkoniyatlari, kinematikasi
yuritmalari, xizmat ko’rsatish qurilmalaridan iborat. Xizmat ko’rsatish qurilmalariga odamni 
bevosita ishlab chiqarish jarayonidan chetlashtiradigan, ya’ni detallar va asboblarni avtomatik 
almashuvi, diagnostika, nazorat qilish va hokazo, sharoitlarga yo’l ochib beradiganqurilmalar 
kiradi. 
STM murakkab ishchi mashinalarni o’rganish, loyhalarini ishlab chiqish va tahlil qilish 
uchun xizmat qiladi. 
Ishchi texnologik mashinalarni yaratish jarayonida (rasm 50) STM loyihani tayyorlash 
bosqichida qo’llaniladi. 
Rasm 50. Ishchi mashinalarni yaratish jarayonida strukturaviy texnologik modellash o’rnini 
ifodaluvchi sxema 
Ишлаб 
чиқариш 
Ишчи машина 
Лойиҳани 
тайёрлаш 
Конструкция 
лойиҳасини 
тайёрлаш 
СТМ намунаси 
Ишчи чизмалар, 
технология жараёнлар 


STMni tuzishda asosiy va maxsus belgilar, shartli grafika belgilari va sxemalaridan 
foydalaniladi. Asosiy belgilar sifatida lotin, yunon va kirillik alifbosi xarflari, o’nlik raqamlar, 
maxsus belgilar sifatida esa algebra, logika, informatika belgilari ishlatiladi (jadval 1).

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling