O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6AdatpaeXkNBzsF
1
salazkalar va X 1 stolni tutalishi; PB.2 - tokarlik dastgohi supportida bo’ylama Zva ko’ndalang Xsalazkalarini tutalishi; PB.3 - konsolli frezalash dastgohining Y 1 salazkalari va r konsolni tutalishi; PB.4 - o’zaro ko’ndalang stolli vertikal parmalash (yoki konsolsiz frezalash) dastgohining Y 1 salazkalari va Xstolini tutalishi; PB.5 - qo’zgaluvchan Xblokiga o’rnatilgan wqo’zg’aluvchan blok bo’lish doirasi bilan tutalishi (wblokiningX o’qi bo’yicha burilishi qo’l bilan bajariladi, maksimal burilish burchagi ye ga teng); PB.6 - salazkalar vertikal 1 va gorizontal 2 yo’naltirgichlari bilan, masalan, MS12-250 rusumli ko’p operatsiyali dastgohining supporti; PB.7 - to’g’ri burchakli stol 2ga qurilgan buraladigan doiraviy stol 3 (1 - to’g’ri burchali stolning yo’naltirgichlari); PB.8 - gorizontal shpindel kallakni koordinataviy texnologik sxemasida chap, o’ng yoki tepadadan ko’rinish bo’yicha belgilanishi; PB.9 - prizmasimon yo’naltirgichli gorizontal shpindel kallakni koordinataviy texnologik sxemasida tepadadan ko’rinish bo’yicha belgilanishi; PB.10 - shpindel kallak uchun prizmasimon yopiq yo’naltirgichli ko’zg’aluvchan kolonna 1; PB.11 - gorizontal shpindel kallak 1 qo’zgaluvchan kolonna 2 bilan (3- stanina yo’naltirgichlari); PB.12 - supportni ko’ndalang 3 yo’naltirgichlariga o’rnatilgan to’rt holatli avtomatik buriladigan keskich tutqichi 1 ketingi keskich tutqichi 2 bilan; PB.13 - supportni ko’ndalang 2 yo’naltirgichlariga o’rnatilgan to’rt holatli V strelkasi bo’yicha avtomatik uzlukli buriladigan keskich tutqichi 1; PB.14 - revolver kallakli 2 vertikal parmalash dastgohining shpindel bloki 1 asboblar 3 bilan; Rasm 52. Qo’zgaluvchan (PB) va yordamchi qo’zg’aluvchan bloklarning shartli belgilari Yordamchiqo’zgaluvchan VB bloklarning shartli belgilari asboblarni avtomatik almashuvi qurilmalarini ta’riflashda qo’llaniladi (VB.1 - ikki tutgichli qo’l manipulyator bilan; VB.2 - disksimon asbob magazini; VB.3 - asbobiy revolver kallak). STMni ta’riflovchi til tarkibiga quyidagilar kiradi: STF - strukturaviy texnologik formula; SPF - strukturaviy parametrik formula; DQF - dastgoh quvvati formulasi; FTS - tsikl (davr) formulasi; KTS - koordinataviy texnologik sxema; KKTS - kombinatsiyalashgan koordinataviy texnologik sxema; KSS - koordinataviy strukturaviy sxema. Bulardan tashqari STMni ta’riflash hamda xizmat ko’rsatish qurilmalarining ishlashini ta’riflash uchun tsiklograflardan foydalaniladi. TSiklograf - bu xizmat ko’rsatish qurilmalari ishlashining davriy ta’rifidir. Xizmat ko’rsatish qurilmalari asboblar va detallar avtomatik almashuvi qurilmalari, avtomatik manipulyatorlar, sanoat robotlari va boshqalardan tashkil topgan. Koordinataviy texnologik sxema (KTS) - bu dastgohning texnologik vazifasi, tarkibi, koordinat tizimi hamda harakatlanuvchi va qo’zg’almas organlarning o’zaro aloqadoligini ifodaluvchi shartli yassi tasvirdir. Eng avval KTS - bu ishlov berish texnologik sxemasining tasviri. Unda ishlov berilayotgan detal, kesish asbobi, ishchi organlarining shakl beruvchi va yordamchi harakatlari ko’rsatilishi lozim. KTSda shartli belgilar yordamida ko’p o’lchovli ob’ektlar yassi ko’rinishda tasvirlanadi. Shu belgilar tufayli ko’p (3 va undan yuqori) koordinatali dastgohlar oddiy chizma yordamida tasvirlanadi. KTS dastgohning oldi, tepa, chap yoki o’ng tomoni (qaysi biri tushunish uchun qulay, va maksimal darajada axborotga ega bo’lsa) ko’rinishida qurilishi mumkin. Tokarlik dastgohlarning KTSi asosan tepa ko’rinishida, parmalash va frezalash dastgohlarining KTS oldi, chap yoki o’ng ko’rinishida qurilishi mumkin. KTSda asbob tashuvchi harakatlanuvchi organlarining musbat koordinataviy yo’nalishlari ISO 841 standartiga ko’ra katta X, Y, Z, U, V, W, P, Q, R harflar, detalni tashuvchi organlarining musbat koordinataviy yo’nalishlari esa o’sha, faqat shtrixli (X 1 , Y 1 , Z 1 , U 1 va hokazo)harflar bilan belgilanadi. Yordamchi harakatlarning koordinat o’qlari kichik (x, y, z, u, v, w …….) harflar bilan yoziladi. X, Y, Z koordi nat o’qlari atrofidagi burilishlar A, B, C harflari, yordamchi harakatlar uchun esa kichik a, b, charfladi bilan belgilanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling