O’quv fanining vazifasi - talabalarni har xil darajada avtomatlashtirilgan (asbob va
zagotovkani
avtomatik almashtirish, avtomatik nazorat qilish va x.k.) bir operatsiyali, ko’p
operatsiyali va moslanuvchan ishlab chiqarish modullari (MICHM) kabi raqamli dasturda
boshqariladigan har xil vazifalarni bajarishga mo’ljallangan dastgohlar
turlari bilan tanishtirish;
talabalarni MICHT ning RDB texnologik jihozlarini mustaqil o’rganishusullariga va yangi
maxsus jihozlarni yaratishda strukturaviy-texnologik modellash usullaridan foydalanishga
o’rgatish; raqamli dasturda boshqariladigan texnologik jihozlarning
texnikaviy-iqtisodiy
ko’rsatkichlari, klassifikatsiyasi, tuzilishi hamda tuzuvchi elementlari, texnologik operatsiyalarni
bajarish xususiyatlari, turli o’lchamdagi detallarga ishlov berish o’ziga xosligi, tizimlarni
aniqligi, ishonchligini oshirish va diagnostikasi bo’yicha talabalarning
mustaxkam bilimlarini
ta’minlash; raqamli dasturda boshqariladigan texnologik jihozlar va tizimlarni zamonaviy
boshqarish tizimlari,
ularning tuzilishi, texnologik imkoniyatlari hamda dasturlarni tayyorlash
asosiy printsiplari bilan talabalarni tanishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: