O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6AdatpaeXkNBzsF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dastgohning asosiy harakat yuritmasi
2-Laboratoriya ishi
2R135F2 rusumidagi vertikal parmalash RDB dastgohini struktura-texnologik modellashtirish Dastgohning vazifasi va asosiy uzellari 2R135F2 rusumidagi dastgohi uncha katta bo`lmagan partiyadagi detal ichki yuzalariga ishlov berishga mo`ljallangan. Ishlov beriluvchi detal o`zaro bir biriga perependikulyar harakatlanuvchi stolga (1rasm) kerakli holatda, ishlov beriladigan yuza tekisligi va aylanuvchi shpindel o`qlariga mos holatda mahkamlanadi. Ichki yuzaga ishlov berish 6 pozitsiyali revolver kallakli shpindelda joylashgan kesgichlar orqali amalga oshiriladi. 1-rasm. 2R135F2 rusumidagi vertikal parmalash RDB dastgohini umumiy ko`rinishi: 1. Stanina; 2. Asosiy harakat elektrodvigateli; 3. Revolver kallagini burilish uzatmasi; 4. Parmalash kallagi; 5. Parmalash kallagining uzatish yuritmasi; 6. Shpindel; 7. Revolver kallagi; 8. Boshqarish pulti; 9. Ko`ndalang harakatlanuvchi stol; 10. Bo`ylama harakat. Parmalash, zenkerlash va ochib kengaytirish dastgohda "tez olib borish-ishchi uzatish-tez qaytarish" sikl bo`yicha amalga oshiriladi. Zenkerlash uzatilmasdan ishchi xodi ohirida uzluksiz hosil qilinishi mumkin. Stol, slazkalar va revolver kallagi supporti elektromexanik yopiq uzatmalarga ega. Harakat vintli uzatma yuritmasi o`lchovchi o`zgartirgichlar-selsinlar, joylashishni nazorat qiluvchilar bilan bog`langan. Dastgoh "S-70-3 Koordinata" RDB tizimiga asoslangan. Boshqaruv dasturi ISO - 7 bit kodi asosida 8 qatorli perfolentaga yoziladi. Dastgohning asosiy harakat yuritmasi Dastgohning pog`onali tezliklar qutisi elektromagnit mufta yordamida avtomatik o`tadigan shpindelning 12 chastotali aylanishini taminlaydi. Kesishuvchi stol uzatma yuritmasi Kesishuvchi stolning ko`ndalang va bo`ylama yo`nalishlardagi harakati har biri stolning 2 xil harakat tezligini (tez va sekin) ta`minlovchi alohida yuritmalar orqali amalga oshiriladi. Harakat tezligini Katta tezlikdan kichik tezlikka elektromagnit muftalar orqali o`tkaziladi. Kesishuvchi stol asos, slazka va stoldan tashkil topgan. Slazka ko`ndalang yo`nalishda, stol esa bo`ylama yo`nalishda harakatlanadi. Qaytish aloqa zanjiridagi harakatni nazorat qilish uchun datchiklar va aylanali, kontaktli, kodli, tishli uzatmaning qadamli vintlari bilan bog`langan o`zgartirgich qo`llaniladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling