O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent arxitektura qurilish universiteti menejment fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi


Iqtisodiy o ‘sish mohiyati va mazmuni


Download 70.73 Kb.
bet2/5
Sana31.01.2024
Hajmi70.73 Kb.
#1818753
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu iqtisodiy osish2

Iqtisodiy o ‘sish mohiyati va mazmuni.

Iqtisodiy o‘sish - ishlab chiqarishni takomillashtirish, iqtisodiyotda progressiv o‘zgarishlar va qayta qurishlarning muhim shart-sharoitidir. U taraqqiyotning ajralmas qismi, ijtimoiy rivojlanishning asosini tashkil qiladi. Iqtisodiy o‘sish - aholining moddiy faravonligini oshirish vositasi hisoblanadi. Shu sababli u davlat iqtisodiy siyosatining negizi bo‘lib qoladi. Iqtisodiy o‘sish nafaqat ishlab chiqarish, balki taqsimot munosabatlarini takomillashtirish, mehnat resurslarining bandligini ta’minlash, investitsion faollikni oshirish va pirovard natijada davlat budjeti daromadlarining ko‘payib borishini ta’minlash manbai hisoblanadi. U ko‘pgina ichki va xalqaro darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolami muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradi. Iqtisodiy o‘sish mamlakat aholisining turmush darajasini oshirishga, ekologiya, mudofaa muammolarini hal etishga imkoniyat tug‘diradi. “Global inqiroz sharoitida iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlash, joylardagi mavjud muammolami manzilli hal etish,5 ko‘makka muhtoj yurtdoshlarimizni qo‘llab-quwatlash, yoshlari- mizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish - Prezidentdan boshlab barcha darajadagi rahbarlaming bosh vazifasi bo‘lmog‘i darkor”1.Iqtisodiy o‘sish - to‘liq bandlik bilan mujassamlashgan ishlab chiqarish real hajmining uzoq muddat mobaynida o‘sishidir. Iqtisodiy o‘sish YAIM, davlat iqtisodiy qudrati va insonlar farovonligining o‘sishida o‘z ifodasini topadi. Shuningdek, iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi milliy mahsulot miqdorining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishi hamda sifatning yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ham ifodalanadi.Hozirgi kunda iqtisodiy o‘sish nazariyasida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ma’lum muddat oralig‘ida erishishgina emas, balki uni uzoq muddat davomida o‘sish sur’atlarida saqlash ko‘zda tutilmoqda. Ya’ni o‘sishni barqarorligini ta’minlovchi omillarni aniqlab ulami takomillashtirish ustida ish olib borish zamonaviy iqtisodiyot nazariyasini oldida turgan asosiy vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Demak yuqoridagi fikrlami umumiylashtirib barqaror iqtisodiy o‘sishga quyidagicha ta’rif beriladi:Barqaror iqtisodiy o‘sish - bu uzoq vaqt davomida iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan o‘sib borishidir. Makroiqtisodiyot nazariyasi va jahon amaliyoti ko‘rsatishicha mamlakatlami yillik YAIMni o‘sish sur’ati 7% dan kam boMmasa YAIMning hajmi 30 yilda 2 marta ko‘payadi. Aksincha YAIMning yillik o‘sish sur’ati 10% dan kam bo‘lmasa, mamlakat YAIM hajmi 7 yilda 2 marta ko‘payadi.Iqtisodiy o‘sish zamiridagi zamonaviy iqtisodiy nazariyada odatda tabiiy ahamiyatga ega ishlab chiqarish hajmining real tushib ketishi va qisqa muddatli ravnaqi emas, balki uzoq muddatli vaqt oralig‘idagi ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishiga bogiiq ishlab chiqarish real hajmi tabiiy darajasining uzoq muddatli o‘zgarishi tushuniladi. Bunday hollarda o‘qitish predmeti bir uzoq muddatli muvozanat holati boshqasi tomon harakatlanishi bilan izohlanadigan ishlab chiqarish potensial hajmining o‘sishi hisoblanadi. Bunday yondashuvda iqtisodiy o‘sish sur’ati va takliflar omili diqqat markazida turadi. Real iqtisodiy o‘sish tahlilida o‘qitish predmeti iqtisodiy dinamikani aniqlovchi omillargina emas, shuningdek tarmoqlar va takror chiqarish proporsiyasining o‘zgarishi, iqtisodiy o‘sish jarayonidagi institutsional tuzilmalar transformatsiyasi, o‘sish sur’atlarini to‘xtatib turish yoki rag‘batlantirish bo‘yicha davlat siyosati, real ishlab chiqarish potensial ishlab chiqarish hajmidan ortda qolishi sabablari va boshqalar ham bo‘lishi mumkin. Real iqtisodiy o‘sish mohiyati iqtisodiyotni asosiy ziddiyatlaming yangi darajasida qayta tiklash va ruxsat berishdan iborat: ishlab chiqarish resurslarining cheklanganligi va jamiyat ehtiyojlarining cheklanmaganligi o‘rtasida.Bu qarama-qarshilik ikki asosiy usulda bo‘ladi:- ishlab chiqarish quvvatining oshishi hisobiga;- ishlab chiqarish quvvati va jamiyat ehtiyojlari rivojlanishiga ega bo‘lgan samarali foydalanish hisobiga.Biroq bu jarayonda har bir yangi bosqichda ishlab chiqarish imkoniyatlari kengayishidagi rivojlanishda barcha jamiyat ehtiyojlari qondirilmaydi. Jamiyat ehtiyojlari ishlab chiqarish resurslariga munosabatda doimo birinchi bo‘lsa - da, bu ehtiyojlami qondiruvchi ishlab chiqarish mahsulotlari ma’lum mamlakatning ishlab chiqaruvchilari yoki import mahsulotlari vositalari o‘zlashtirilganda vujudga keladi. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, ehtiyojlaming vujudga kelishi qadam - baqadam ommaviy tus oladi va ishlab chiqarishning uzluksiz rivojlanishini nazarda tutadi.Ishlab chiqarish imkoniyatlarining rivojlanishi jamiyat ehtiyojlari o‘sishi miqdori bilangina emas, ulaming tuzilmasida bir ehtiyoj ulushining ortishi va boshqasining ulushi pasayishi bilan shartlanadi. Ishlab chiqarish resurslari va ishlab chiqarish tuzilmasi, qoidaga muvofiq ehtiyojlar tuzilmasi kabi tez o‘zgarishi mumkin emas. Mahsulot yoki xizmatga yangi ehtiyoj tug‘ilishi uchun uning bir vaqtda ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va bozorda iste’molchilar talablariga mos, to‘lash qobiliyatiga ega o‘z sifati va narxi bilan ular talabiga javob beradigan yangi mahsulotning paydo bo‘lishi dalili yetarli.Shu bilan birga ma’lum tovar ishlab chiqarishni ommoviy o‘zlashtirish uchun ma’lum muddat zarur. Ishlab chiqaruvchilar ortda qolishni kamaytirishgagina erishishlari mumkin, lekin uni butunlay eskirtira olmaydilar. Bundan kelib chiqadiki, iqtisodiyot asosiy subyektlarining iqtisodiy o‘sishi tomon intilishi jamiyatda qanday rivojlanish darajasiga erishilganga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud boMadi. Biroq ishlab chiqarish real shartlari o‘sish salohiyatini amalga oshirishda har doim ham yo‘l qo‘ymaydi. Bunday sharoitlarda dipressiya yoki xuddi ichki iqtisodiy omillar kabi milliy iqtisodiyotga munosabatdagi ichki omillar (masalan, urushlar, ichki va xalqaro siyosatdagi o‘zgarish va boshqalar) bilan izohlanishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy tanazzul boshlanadi.Iqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishning yuzaga kelishi shakllari izohida ikki asosiy yondashuv mavjud. Ulardan keng tarqalgani iqtisodiy o‘sishni YAIM (MD) real hajmi o‘sish sur’ati yoki bu ko‘rsatkichlami aholi ehtiyoji hisobida oshirish sur’ati bilan o‘lchanadigan aniq vaqtda milliy iqtisodiyot rivojlanishining jami tavsifi bilan tushunish hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sishni hisoblashning u yoki bu uslubini qo‘llash zarurati, odatda tadqiqot masalalari bilan bog‘liq. Iqtisodiy o‘sishni hisoblashning birinchi usuli, odatda, mamlakatning iqtisodiy salohiyati kengayish sur’atlarini baholashda qo‘llaniladi, ikkinchisidan esa aholining qulay sharoiti dinamikasi tahlilida yoki turli hududlar va mamlakatlarning hayotiylik darajasini solishtirishda foydalaniladi. Hozirgi vaqtda o‘sish nazariyasida ikkinchi hisoblash usuli afzal deb qaraladi.




  1. Download 70.73 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling