O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent arxitektura qurilish universiteti menejment fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi


Download 70.73 Kb.
bet1/5
Sana31.01.2024
Hajmi70.73 Kb.
#1818753
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu iqtisodiy osish2


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH UNIVERSITETI
MENEJMENT FAKULTETI “IQTISODIYOT” KAFEDRASI

Mavzu: Iqtisodiy o‘sish va rivojlanish.

Bajardi: Xudoyberdiyev Oybek


Guruh: 45-21
Tekshirdi: Tashmuxamedova Karima

Toshkent-2023



Reja:
Kirish.
1 .Iqtisodiy o‘sish mohiyati va mazmuni.
Asosiy qism.
2.Iqtisodiy o‘sishning dastlabki shartlari.

3.Iqtisodiy o‘sish va iqtisodiyot tarkibidagi o‘zgarishlar.


4.Iqtisodiy o‘sish va rivojlanish.


Xulosa.


Foydalanilgan adabiyotlar.


KIRISH
Bugungi kunda dunyoda qashshoqlik va kambag‘allikka barham berish hamda barqaror rivojlanishni ta’minlash muammolari markaziy o‘rinda turibdi. Soni о‘sib borayotgan aholi uchun mos, to‘yimli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalana olishni ta’minlash deyarli barcha halqlar to‘qnash kelayotgan eng murakkab muammolardan biri hisoblanadi. 0 ‘zbekistonni 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o‘sish barqarorligini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini, investitsion va eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mehnat bozorida keskinlik darajasini pasaytirish, aholi daromadlari o‘sishi va kam ta’minlanganlikni qisqartirish nazarda tutiladi.Iqtisodiy o'sish, jumladan uning sifati to‘g‘risidagi masala mamlakat, uning mintaqalari, umuman biror-bir ijtimoiy tizimning rivojlanish istiqbollarini aniqlash uchun ham juda muhim. Iqtisodiy o‘sish jamiyatning rivojlanish istiqbollarini prognozlash imkonini beradi. Bundan tashqari, iqtisodiy o‘sish resurslaming cheklanganligi muammosini hal etish uchun sharoit yaratadi.Ushbu fan asosida magistrlarga iqtisodiy o‘sish, uning tarkibi, xususiyatlari, turlari, omillari, modellari, mexanizmlari va ulaming amal qilish qonuniyatlari, davlatning iqtisodiy o‘sish va rivojlanish siyosati hamda uning asosiy yo‘nalishlari, iqtisodiy o‘sish to‘g‘risidagi turli xil qarashiar, ulaming asoslari va manbalarini, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda davlat hamda nodavlat sektorining ahamiyatini o‘rgatadi.Shuning uchun fanning eng dolzarb vazifalaridan bo‘lib o‘tkazilayotgan tahlillarga asoslanib magistrlarga empirik usullarni baholay olishni; iqtisodiy o‘sishga taalluqli bo‘lgan eng samarali adabiyotlarni ajratib ola bilishni; nazariy modellami tahlil qila olish va asosiy mexanizmlami tushunishni; iqtisodiy o‘sish mavzusiga tegishli ma’lumotlami yig‘ishni va o‘tkazilayotgan tahlillarda o‘zlarining empirik bilimlarini qo‘llay olishni; o‘z fikrini bildira olishi va ulami himoyalay olishni; iqtisodiy o‘sish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni tahlil qila olishni o‘rgatadi.з
Biroq, mavjud salohiyat, uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida qo‘llanilishiga qaramay, 0 ‘zbekistorniing potensial va real imkoniyatlarini baholash imkonini beruvchi, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy o‘sish va uning oqibatlarini idrok etishni ta’minlovchi sifat jihatidan yangi mexanizmni yaratish talab etiladi. Bundan kelib chiqib, iqtisodiy o‘sish sifatini oshirish, uning muvozanati muammolari tahlili amalda adekvat yechimini topmaydi, shuningdek uning o‘sish paradigmalari mazkur muammo bo‘yicha o‘quv qo‘llanma yozishga undaydi.“Iqtisodiy o‘sish” fani bo‘yicha o‘zbek tilida tayyorlangan mazkur o‘quv qo‘llanma, ilk adabiyotlardan hisoblanib, magistrlarga iqtisodiy o‘sish, uning tarkibi, xususiyatlari, turlari, omillari, modellari, mexanizmlari va ulaming amal qilish qonuniyatlari, davlatning iqtisodiy o ‘sish va rivojlanish siyosati hamda uning asosiy yo‘nalishlari, iqtisodiy o‘sish to‘g‘risidagi turli xil qarashlar, ulaming asoslari va manbalarini, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda davlat hamda nodavlat sektorining ahamiyatini o‘rgatadi. Shu sababli, muallif o‘quv qo‘llanmani takomillashtirish bo‘yicha bildirilgan har qanday taklif va mulohazalami minnatdorchilik bilan qabul qiladi.



  1. Download 70.73 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling