O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent arxitektura qurilish universiteti menejment fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi


Download 70.73 Kb.
bet5/5
Sana31.01.2024
Hajmi70.73 Kb.
#1818753
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu iqtisodiy osish2

Iqtisodiy o ‘sish va rivojlanish.

Iqtisodiy adabiyotda “Iqtisodiy o‘sish” va “Iqtisodiy rivojlanish” tushunchalari mavjud. Turli iqtisodiy maktab va yo‘nalishlaming vakillari bir necha bor o‘sish va rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi muammolariga murojaat qilishgan. Mazkur tushunchalar ba’zan bir- biriga tenglashtirilgan bo‘lsa-da, ammo ko‘pchilik hollarda ular bir- biriga mos mazmun mohiyatni bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish iqtisodiy o‘sishning jabhalaridan biri hisoblanadimi, yoxud aynan “rivojlanish”, “o‘sish”ni o‘z ichiga oluvchi keng tushuncha sifatida qabul qilish lozimmi? Bugungi kunda mazkur savolga berilayotgan javoblar ichida umumqabul qilingan, yakdil fikrlar mavjud emas.22 Masalan, I M.Tenyakov o‘zining “Iqtisodiy o‘sishning sifati milliy rivojlanishning omili sifatida” mavzusidagi dissertatsiyasida (2007) turli iqtisodiy maktablaming “o'sish” va “rivojlanish” tushunchalariga bergan ta’rif va talqinlarini batafsil tahlil etar ekan, u iqtisodiy maktablarni “o'sish” va “rivojlanish” talqinlariga munosabati tamoyili bo‘yichatizimlashtiradi.Yozef Shumpeter iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish o‘rtasidagi tafovutlami ko‘rsatib beradi. Buning ifodasi sifatida u, o‘zining “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” asarida pochta karetalari va temir yoMlardan foydalanishni taqqoslagan holda, misol keltiradi.3 Y. Shumpeter iqtisodiy o‘sishni miqdoriy o‘zgarishlar - bir vaqtning o‘zida ayni bir xil tovar va xizmatlami ishlab chiqarish va iste’mol qilishning o‘sishi, iqtisodiy rivojlanishni esa, ishlab chiqarish, mahsulot va xizmatlar, boshqaruv, iqtisodiy faoliyat turlari va hayot faoliyatining boshqa sohalaridagi yangiliklar va ijobiy sifat o‘zgarishlari sifatida izohlaydi. Bir vaqtning o‘zida iqtisodiy o‘sish borasidagi tadqiqotlarda “iqtisodiy o‘sish” va “iqtisodiy rivojlanish” tushunchalari o‘xshash qarashlar ham, keng tarqalganligini inobatga olish zarur. Masalan, professor K.X, Oppenlender o‘z fikrini quyidagicha shaklda ifoda etadi: “Biz o‘sish va rivojlanishni sinonimlar sifatida tushunamiz. 0 ‘sish va rivojlanish o‘rtasidagi farqlanishlar sun’iydir”.Iqtisodiy o‘sish muammolarini tadqiq qilayotgan tadqiqotchi- olim uchun iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanishning o‘zaro nisbati kabi jihatlami chetlab o ‘tish ancha mushkuldir. Ushbu tushunchalar aynan bir xil emas, ulaming mazmun-mohiyati turlicha deb, hisoblovchilar fikriga qo‘shilamiz. Iqtisodiy o‘sish haqida gapirar ekanmiz, hatto intuitiv tarzda ham iqtisodiy o‘sish salbiy boiishini, iqtisodiy rivojlanish uchun esa qandaydir bir ijobiy holat, oldinga qarab qandaydir harakatlanish xosligini tasawur etishimiz mumkin. Biroq buning o‘zi yetarli emas, iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanishni tushunish borasidagi chalkashlikni yo‘qotish uchun bir muncha aniq mezonlar zarur.Iqtisodiy o‘sish odatda biror bir aniq son bilan ifodalanuvchi aniq bir qiymatga masalan, yalpi ichki mahsulot (yalpi qo‘shilgan qiymat)ga “bog‘lab” qo‘yilgan boMadi. Iqtisodiy rivojlanish esa, ushbu yo‘sinda jamiyat farovonligi (uning biror bir jihati yoki barcha moddiy, ma’naviy -axloqiy kabi jihatlarining umumiyligi) ko‘rinishida aks etadi. Iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish - keng qamrovli kategoriyalardir, ammo tadqiqot maqsadidan kelib chiqib ulaming asosiy jihatlarini ajratib olish biz uchun muhim hisoblanadi. o‘sishni talqin etishda iqtisodiy jihat, iqtisodiy rivojlanishni tushunishda esa ijtimoiy jihat ustuvorlik qiladi, deb hisoblaymiz. Shuning uchun “Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo‘lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘proq tahlil qilinadi”5,-deydi F.Egamberdiyev. Shu asnoda shartli tarzda yalpi ichki mahsulot dinamikasini iqtisodiy o'sish, jamiyat farovonligi dinamikasini esa iqtisodiy rivojlanish deb hisoblashimiz mumkin. Mazkur talqin yetarlicha sodda bo‘lib ko‘rinsada, umuman olganda bu talqin fanda allaqachon o‘z tasdig‘ini topib ulgurgan6.Har qanday ishlab chiqarishning pirovard maqsadi - bu jamiyat ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir, deb ta’kidlash albatta adolatdan bo‘lar edi. Ammo bu o‘rinda ehtiyojlami yuqori darajada qondirish, bu farovonlikning asosiy maqsad va vazifasi ekanligini unutishimiz mumkin emas. Shunday qilib, iqtisodiy farovonlik-iqtisodiyot va takror ishlab chiqarishning pirovard maqsadi boisa, iqtisodiy o‘sish esa- oraliq maqsad, ya’ni yalpi ichki mahsulot yaratish zaruriyatidir. Mahsulot yaratish -bu sof ishlab chiqarishga xos masaladir, ammo takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini hisobga olgan holda farovonlikning o‘sishini ta’minlash- bu pirovard maqsad hisoblanadi va shu yo‘sinda biz iqtisodiy rivojlanishni talqin etishimiz mumkin.Shu tariqa, biz iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish kategoriyalarini talqin etish borasida tez-tez uchrab turadigan ko‘pgina chalkashliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz. Buning uchun iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish kategoriyalarini farqlashning quyidagi me’zonlarini taklif etamiz:• Iqtisodiy o‘sish ko'proq yalpi ichki mahsulotning o‘sishi bilan, iqtisodiy rivojlanish esa - farovonlikning o‘sishi bilan uyg‘unlashadi;• Iqtisodiy o‘sishga iqtisodiy jihat (oraliq tavsifga ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish) xos bo‘lgani holda, iqtisodiy rivojlanishga ijtimoiy jihat xosdir, bunda jamiyat farovonligining o‘sishi pirovard maqsad sifatida namoyon bo‘ladi Ekonomika darsliklarida iqtisodiy o‘sish ko'pincha YAIM dinamikasi bilan bog‘lashadi, Iqtisodiyot nazariya darsliklarida esa hayot darajasi va sifati kabi muammolami qamrab olgan holda iqtisodiy rivojlanish kategoriyasiga katta e’tibor qaratiladi Mazkur talqin, bir muncha tor hisoblansada, ammo u mazkur ko‘p qirrali tushunchalaming asosiy jihatlarini ajratib olish, ularni tushunishdagi eng muhim holatlami qayd etish imkonini beradi. Real hayotda jamiyat hayotining turli jihatlarini qamrab oluvchi iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy, ekologik va shu kabi jihatlar o‘zaro mustahkam aloqa va bog‘liqlikda bo‘lgan holda, vaqt o‘tishi bilan mazkur jarayonlar murakkablashib boraveradi.Iqtisodiy o‘sish mavzusi bilan bog‘liq holda sifat kategoriyasi haqida so‘z yuritilganda nimani nazarda tutishimiz lozim? Sifat - bu avvalo, iqtisodiy o‘sish jarayonlarining amalga oshish tavsifidir. Iqtisodiy o‘sishning tavsifi esa - bu uning turli tuman xususiyatlarining yig‘indisi hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sishning tavsifini farovonlik tamoyili bo‘yicha talqin qilishimiz mumkin. Masalaga oydinlik kiritish maqsadida shuni ta’kidlashimiz lozimki, yalpi ichki mahsulot - farovonlikning moddiy asosi sanaladi. Ammo, shuning bilan bir qatorda atrof-muhit va milliy boylikni ham esdan chiqarmasligimiz lozim. Yuqoridagi fikrlarga qo‘shimoha ravishda ijtimoiy tashkil etuvchilar: ma’naviy-axloqiy jihatlar va millatning madaniyati va qadriyatlariga ham alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Keyingi paytlarda iqtisodiyot nazariyasidagi mazkur zamonaviy yondashuvlarga inson baxti aholi farovonligi tushunchasini qo‘shish ko‘zga tashlanmoqda. Iqtisodiy o‘sish sifati — bu kuzatuvchi tomonidan farovonlik me’zonining iqtisodiy o‘sish tamoyili bo‘yicha tasniflanishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy o‘zgarishlar jarayonidir. Iqtisodiy o‘sish sifatining mohiyati - bu mamlakat yalpi ichki mahsuloti kategoriyasining to‘laligicha jamiyat farovonligi kategoriyasigatransformatsiyalanishidir.Yalpi ichki mahsulot jamiyat farovonligini shakllantirishda qanchalik ishtirok etishiga qarab iqtisodiy o‘sishning sifati namoyon bo‘ladi deb, aytishimiz mumkin bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sish sifatida yo‘qotilishlar imkon qadar kam bo'lishi lozim Bu yalpi ichki mahsulotning jamiyat farovonligiga transformatsiya jarayonini yuqori darajada bo‘lishiga bog‘liqdir, zero ijobiy tavsifga ega bo‘lgan turli jarayonlar bilan birgalikda salbiy tavsifga ega bo‘lgan jarayonlar ham yuz berishi tabiiydir. Bunday jarayonlarga insonlar sog‘lig‘ining yomonlashuvi, atrof-muhitning ifloslanishi, aholining turli - xil tabaqalanishlar (daromadlar, savodxonlik darajasi, hududlar va shu kabilar bo'yicba) iqtisodiy o‘sish sifati bilan doimo birga kechadigan jarayonlami ta’kidlab o‘tish mumkin.


Xulosa

Yuqorida ta’kidlanganidek, turli davrlarda davlatning iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki turlicha, bevosita yoki bilvosita amalga oshirilgan. Ayni paytda deyarli barcha iqtisodchilar davlat iqtisodiyotni tartibga solishi kerak, deb hisoblaydilar, ammo qay darajada va qanday usullar bilan - bu kungacha aniq aytish mumkin emas. Aytishimiz mumkinki, mustaqil davlatlarning barqaror jahon tuzilmasi shakllanganidan so‘ng jahon iqtisodiy makonini super davlatlarning ta’sir doiralariga bo‘linib, uni qo‘llab-quvvatlash va mamlakat ichidagi jarayonlarni tartibga solish mutlaqo zaruratga aylandi. Shu bilan birga, ma'lum bir bosqichda bozorning o'zini o'zi tartibga soluvchi boshlanishiga qaratilgan boshqaruvga neoklassik yondashuvlarning ta'siri kuchayadi, ammo bu davlatning iqtisodiy jarayonlardagi rolining pasayishini anglatmaydi. Shunchaki tartibga solish yanada nozikroq, malakaliroq bo'ladi, Iqtisodiy o'sish har qanday iqtisodiy tizimda ijtimoiy ishlab chiqarishning eng muhim belgisidir. Iqtisodiy o'sish deganda odatda milliy iqtisodiyot faoliyati natijalarining sifat va miqdoriy o'zgarishi tushuniladi. Iqtisodiy o'sish deganda, har qanday vaqtda cheklangan resurslar muammosini hal qilish ma'lum darajada osonlashadi va inson ehtiyojlarini yanada kengroq qondirish mumkin bo'ladi.Iqtisodiy o'sish o'z ifodasini potentsial va real yalpi milliy mahsulotning (YaIM) o'sishida, mamlakat, mamlakat, mintaqaning iqtisodiy qudratining oshishida topadi. Bu o‘sishni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikkita ko‘rsatkich bilan o‘lchash mumkin: ma’lum vaqt oralig‘ida real YaIMning o‘sishi yoki aholi jon boshiga YaIMning o‘sishi. Shu munosabat bilan iqtisodiy o'sishni aks ettiruvchi statistik ko'rsatkich yalpi ichki mahsulotning yillik o'sish sur'ati hisoblanadi. Ammo bunday hisob-kitob mamlakatning iqtisodiy o'sishi haqida to'liq tasavvurni bermaydi, chunki iqtisodiy o'sish nafaqat ishlab chiqarish hajmining miqdoriy o'zgarishi, balki mahsulot va ishlab chiqarish omillarining yaxshilanishidir.


Hozirgi vaqtda iqtisodiy o'sish muammolari turli millatlar, xalqlar va ularning hukumatlari vakillari tomonidan olib boriladigan iqtisodiy muhokamalar va muhokamalarda markaziy o'rinni egallaydi.

III. FOYDALANILGAN BOSHQA ADABIYOTLAR


3.3. Крнун хужжатлари маълумотлари миллий базаси,та 18.04.2020 йил.


3.4. Узбекистон республикасининг ижтимоий-иктисодий холати. — Т.: 2020. - 333 б.«г
3.5. www.ceep.uz - Узбекистон Республикаси Иктисодиёт» вазирлиги хузуридаги самарали иктисодий марказ расмийсайти.н
3.6. www.stat.uz - Узбекистон Республикаси Давлатр статистика кумитасининг расмий сайти.i;

3.8. www.worldbank.org


3.9. www.invest.gov.uz
3.10. www.spot.uzе
3.11. www.uis.unesco.org.
3.12. www.norma.uz
3.13. www.biznes-dail.uz
Download 70.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling