O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti Geografiya (sirtqi) yo`nalishi 5-bosqich talabasi


Meliorativ geografik rayonlashtirish


Download 40.74 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi40.74 Kb.
#1830241
1   2   3
Bog'liq
2 5195101572618534973

Meliorativ geografik rayonlashtirish

Meliorativ rayonlashtirish — yer va suv resurslaridan unumli foydalanish maqsadida melioratsiya obʼyekti (hududi — vodiy, voha, xoʻjalik)ni iqlim, tuproq va gidrogeologik sharoitlarga koʻra, region, oblast, zona, rayon va kichik rayonlarga boʻlish. Meliorativ rayonlashtirish tabiiy sharoitlarning xususiyatlari va xoʻjalik yuritish ahvolining aks taʼsirini nazarda tutgan holda yerlarning meliorativ holati koʻrsatkichlarini atroflicha oʻrganishga asoslanadi. Keyingi 20—35 yil ichida tuproq-meliorativ va gidrogeologik-meliorativ rayonlashtirish uslubiyati (B. Fedotov. M. Pankov, L. Rozov, V. Kovda, D. Kats, M. Krilov, N. Hojiboyev va boshqalar) ishlab chiqildi. Sugʻorma dehqonchilik rayonlaridagi tajribasugʻorish st-yalari va ilgʻor xoʻjaliklarda oʻtkazilgan koʻp yillik tadqiqotlar asosida gidromodul boʻyicha rayonlashtirish usullari ham ishlab chiqilgan (V. Legostayev, B. Konkov, B. Fyodorov va boshqalar). Alohida xoʻjalik dalalari va yer massivlari boʻyicha Meliorativ rayonlashtirish agromeli-orativ rayonlashtirish deyiladi.
Umumiy majmuada gidrotexnik melioratsiyaning fundamental ahami-yati, ularning melioratsiya obʼyektining gidrologik va tuproq sharoitlariga taʼsir etish xususiyatlari takso-nomik birliklar (meliorativ oblast, rayon, kichik rayon, uchastka)ni ajratish uchun asos boʻladi; ularning doirasida meliorativ majmuaning tabaqalashtirilgan parametrlari (shoʻr yuvish va sugʻorish normalari, suv berish texnikasi elementlari, drenaj tipi va uning jadalligi va boshqalar) meliorativ holat koʻrsatkichlarini boshqariladigan tartibga solishni va optimal meliorativ rejimni taʼminlaydi. Sugʻoriladigan yerlarni rayonlashtirishda sizot suvlarning oqib chiqishining gidrogeologik sharoitlari katta ahamiyatga ega. Shunga koʻra, sizot suvlari yetarli darajada va kuchsiz oqib chiqib ketadigan, amalda chiqib ketmaydigan meliorativ zonalarga boʻlinadi. Sugʻoriladigan vohalar va zaxi qochiriladigan maydonlar geomorfologik tuzilishining oʻziga xosligi, gidrogeologik, tuproq jarayonlari sharoiti, yoʻnalishi alohida axamiyatga ega.
Litologomorfologik, gidrogeologik va tuproq sharoitlari turlicha boʻlgan katta xududni Meliorativ rayonlashtirishda bir zona ichida bir nechtadan meliorativ oblastlar, rayonlar, bir necha kichik rayonlar boʻlishi mumkin. Mas, Qarshi choʻlini Meliorativ rayonlashtirish da 2 ta zona (boʻz va choʻl), 6 ta meliorativ oblast, 15 ta rayon, 31 ta kichik rayon farqlangan (M. M. Rasulov, 1976). Sugʻoriladigan yerlarni Meliorativ rayonlashtirishda qoʻllaniladigan tadbirlarni belgilashda yerdan foydalanish koeffitsiyenti ham hisobga olinadi.
Meliorativ rayonlashtirishda har bir meliorativ oblast, rayon, kichik rayon va ulardagi tuproq guruhi uchun tavsiya etiladigan tadbirlar turi, tarkibi va koʻlami obʼyektning tabiiy hamda irrigatsion-xoʻjalik sharoitlarini atroflicha hisobga olinib belgilanadi. Meliorativ rayonlashtirish bajariladigan ishlarning texnik yechimi uchun ilmiy asos boʻladi.
Tuproqlarni geografik rayonlashtirish, ularning zonalligi va fasialligi. MDH va O’zbekiston jumhuriyati bepoyon sarhadlari tuproq qoplamining nihoyatda xilma-xilligi bilan xaraktyerlanadi. Bu mamlakatlarda shimoldagi tundra gleyli tuproqlardan boshlab, subtropik kengliklardagi qizil va sariq tuproqlarga qadarli bo’lgan deyarli barcha tuproq tiplari uchraydi. Tuproqlarning kenglik bo’yicha tarqalishida ma’lum geografik qonuniyat mavjud. Tuproqlarni geografik rayonlashtirish prinsiplari V.V.Dokuchaevning tuproqlarning yer yuzasida zonal tarqalish ta’limotiga asoslangan. Tabiiy tuproq qatlamining gorizontal (kenglik) va vertikal (balandlik bo’ylab) yo’nalishda astasekin bir-biri bilan almashib borish qonuniyatlari mavjud. Tuproqning geografik tarqalishi tuproq paydo qiluvchi omillar bilan bevosita bog’liq bo’lib, shunga ko’ra tuproq tiplari ham o’zgarib boradi. Jumladan, iqlim sharoitining kenglik yo’nalishi bo’yicha, ya’ni shimoldan janubga qarab o’zgarishi bilan, shu yo’nalishda o’simlik va tuproq qoplami ham o’zgarib boradi. Demak, tabiiy sharoitlari deyarli bir xil bo’lgan mvayyan geografik kengliklarda ma’lum tuproq tiplari tarqaladi va mintaqalarni hosil qiladi.
Tekislik territoriyalari bo’ylab tuproqlarning ana shunday tarqalishini V.V. Dokuchaev gorizontal zonallik deb atadi. O’simlik qoplamining tarkibi bilan bog’liq bo’lgan, u yoki bu tuproq tipi ko’pchilikni tashkil etadigan 95 territoriya - gorizontal tuproq zonalari deb ataladi. Quyidagi asosiy tabiiy tuproq zonalari ajratiladi: tundra, podzol yoki tayga-o’rmon, o’rmon-dasht, qora tuproq yoki dasht, kashtan tuproq yoki quruq dasht, qo’ng’ir yoki cho’l-dasht, cho’l va dasht, tog’ oldi cho’l-dasht zonasi. V.V.Dokuchaevning gorizontal tuproq zonalari haqidagi qonuni hozirgi vaqtda butun yer shari tuproqlari uchun ham qo’llaniladi. V.V.Dokuchaev yer sharida: boreal (arktika), o’rmon, qora tuproqli dasht, ayeral (cho’l) va latyerit tuproqlari kabi 5 ta zonani ajratadi. V.V.Dokuchaev davrida tabiatshunoslik, haqiqatan ham, tabiiy xodisalarga geografik tahlil bergan. Ammo bu kontenentlar, ko’pchilik hollarda esa, mamlakatlar geografiyasi edi. Kontenentlar ayrim qismlari, ularning mamlakatlari tavsiflangan va shu sohada ko’pgina olimlar tabiatni ilmiy bilishda chuqur hissa qo’shganlar. Tabiatning global taqsimlanishi sohasidagi V.V.Dokuchaevning zonallik qonunini asosiy mohiyati quyidagilardan iborat. Tundra, tayga, dashtlar, cho’llar, savannalar va x.z. – yaxlit tabiiy xosilalardir, qaysiki o’simliklar, hayvonot dunyosi, tuproqlar, nurash po’stlog’i, yer usti qatlami, atmosfera qatlami va boshqalar, bir-biridan ajralgan holda faoliyat ko’rsata olmaydigan, tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu tabiiy hosilalar zonal joylashishni namoyon etadi yoki Yer sharida tarqalishi poyas, zona shakliga ega. V.V.Dokuchaevning ta’limoti Yer usti xususiyatlarini o’rganadigan, ko’pgina tabiiy-geografik fanlarda o’z aksini topdi. V.V.Dokuchaev tuproqshunos sifatida eng avval o’zi tomonidan yaratilgan qonuniyatni Yerda tarqalgan tuproq qoplamini analiz qilishda qo’lladi. Uning ta’kidlashicha, tuproq va gruntlar, bir tomondan havo, suv va yer o’rtasidagi birgalikdagi asriy o’zaro ta’sirlashuvning, ikkinchi tomondan tirik va o’lik organizmlarning birgalikdagi o’zaro ta’sirlashuvi natijasining to’g’ridan-to’g’ri ko’zgusi, tasviri ekanligi aniq haqiqat hisoblanadi. Tuproq paydo bo’lishining keltirilgan omillari yer yuzasida zonal taqsimlanar ekan, unda, tuproq ham yer yuzasida zonal, iqlim, o’simliklar va boshqalarga qat’iy bog’liq holda, joylashishi muqarrardir.
V.V. Dokuchaev kenglik zonallik qonunini ham ta’riflab byerdi: 96 Tuproqning asosiy tiplari ekvatordan polyuslarga tomon, kengliklarga u yoki bu darajada parallel tarzda, polosa yoki zonalar shaklida taqsimlanadi. V.V.Dokuchaev birinchi marta, tabiatning makonda geografik tarqalish qonuniyatining boshqa imkoniyatlarini ham ta’kidladi. Hozir, zonalarning kenglik bo’ylab joylashishi zonallik qonuniyatining faqat bitta shakli hisoblanadi. Zonalar, ko’p hollarda kenglik orientasiyasiga bo’y sunmaydi va kontenentning barcha qismini kenglik polosalar bilan qoplamaydi. Zonalarning submyeridional tarzda, shuningdek konsentrik orientasiyalari ham uchraydi. Tabiiy zonalarning geografiyasini o’rganish har bir tabiiy zonaning fasialligi (provinsialligi) haqidagi ta’limot bilan to’ldiriladi. Tuproq xossalari va tuzilishining xususiyatlari bo’yicha zonalarning bir xilda emasligi aniqlangan. Rossiyaning janubi (Shimoliy Kavkaz, Qirim) G’arbiy va Sharqiy Sibirga o’xshamaydi, garchi tuzilishida umumiy tip belgilarga ega bo’lsa ham. Iqlimning gidrologik, va geologik sharoitlari, releflarning mahalliy uzunlik va boshqa o’zgarishlari, dune geografik poyaslarining ko’pchilik qismida gorizontal zonallikning radikal murakkablashuvini belgilaydi va spesifik mahalliy xodisalarning paydo bo’lishi, zonal taqsimlanishning maxsus qonuniyatlarining shakllanishiga olib keladi. Shunday qilib, tabiiy zonalarning fasialligi, ularning doimiy kompleksituproq kabi tabiiy omillarning o’ziga xos kompleksi bilan belgilanadi. V.V.Dokuchaev shuningdek, tog’li o’lkalarda tuproqlarning vertikal yo’nalish bo’yicha almashinib tarqalish qonunini ham kashf etdi. Vertikal tuproq zonalari tekislikdagi kengliklar bo’ylab tarqalgan tuproqlar singari, tog’larning pastidan boshlab shimoliy qismiga qarab ma’lum qonuniyat asosida tarqalsada, ba’zan undan farq qiladi. Jumladan, tog’larda tuproq tiplarining chegarasi yoki o’rni keskin o’zgaradi. Tekisliklardagi ayrim tuproqlar tog’li ulkalarda uchramaydi yoki to’liq ifodalanmagan bo’ladi. Umuman olganda V.Dokuchaevning tuproqlar zonalligi qonuniyati bu yerda saqlab qolinadi. Hozirgi vaqtda uning tuproq zonalari haqidagi ta’limoti tuproqshunoslikning ko’p sohalarida keng ishlatilmokda. 97 Tuproq-gegrafik rayonlashtirish prinsiplari haqidagi ta’limot keyinchalik L.I. Prasolov, I.P.Gyerasimov, P.A.Letunova, Ye.N.Ivanova, N.N.Rozov va boshqalar tomonidan yanada rivojlantirildi. Ular tomonidan o’tkazilgan ko’plab tadqiqotlar natijasida tuproq qoplamining ilgari noma’lum bo’lgan geografik qonuniyatlari ochildi.


Xulosa
Meliorativ rayonlashtirish tabiiy sharoitlarning xususiyatlari va xoʻjalik yuritish ahvolining aks taʼsirini nazarda tutgan holda yerlarning meliorativ holati koʻrsatkichlarini atroflicha oʻrganishga asoslanadi. Keyingi 20—35 yil ichida tuproq-meliorativ va gidrogeologik-meliorativ rayonlashtirish uslubiyati (B. Fedotov. M. Pankov, L. Rozov, V. Kovda, D. Kats, M. Krilov, N. Hojiboyev va boshqalar) ishlab chiqildi. Sugʻorma dehqonchilik rayonlaridagi tajribasugʻorish st-yalari va ilgʻor xoʻjaliklarda oʻtkazilgan koʻp yillik tadqiqotlar asosida gidromodul boʻyicha rayonlashtirish usullari ham ishlab chiqilgan (V. Legostayev, B. Konkov, B. Fyodorov va boshqalar). Alohida xoʻjalik dalalari va yer massivlari boʻyicha Meliorativ rayonlashtirish agromeli-orativ rayonlashtirish deyiladi. Umumiy majmuada gidrotexnik melioratsiyaning fundamental ahami-yati, ularning melioratsiya obʼyektining gidrologik va tuproq sharoitlariga taʼsir etish xususiyatlari takso-nomik birliklar (meliorativ oblast, rayon, kichik rayon, uchastka)ni ajratish uchun asos boʻladi; ularning doirasida meliorativ majmuaning tabaqalashtirilgan parametrlari (shoʻr yuvish va sugʻorish normalari, suv berish texnikasi elementlari, drenaj tipi va uning jadalligi va boshqalar) meliorativ holat koʻrsatkichlarini boshqariladigan tartibga solishni va optimal meliorativ rejimni taʼminlaydi. Sugʻoriladigan yerlarni rayonlashtirishda sizot suvlarning oqib chiqishining gidrogeologik sharoitlari katta ahamiyatga ega. Shunga koʻra, sizot suvlari yetarli darajada va kuchsiz oqib chiqib ketadigan, amalda chiqib ketmaydigan meliorativ zonalarga boʻlinadi.

Download 40.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling