O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 0.54 Mb.
bet6/12
Sana11.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1259971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Tohirov Nozimjon (2)

3-bosqich:
Urushdan keyingi dastlabki o’n yillar ichida fan-texnika inqilobi ta’sirida ishlab chiqarish kuchlari rivojida keskin o’zgarish yuz berdi. Uning ta’sirida jahon kapitalistik iqtisodiyotining ichki mexanizmi va tashkiliy strukturasida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bunday sharoitda raqobatga bardosh berish uchun ishlab chiqarish ko’lamini ancha oshirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib uni modernizastiyalash kerak edi. Hatto dunyoning etakchi davlatlari kompaniyalar uchun ham bu yangi talablar og’irlik qilardi.
O’z navbatida yirik seriyali, ommaviy ishlab chiqarish ko’pincha milliy chegaralar doirasidan chiqib ketadigan yanada katta bozorlarni talab qilardi. Bunday sharoitda ishlab chiqarishni xalqaro kooperastiyalash va ixtisoslashtirish muammosi yanada dolzarb bo’lib qolgan edi. Predmetli “xalqaro” ixtisoslashtirishdan detalli (mayda) ixtisoslashtirishga “o’tish” mayda va kooperastiyali ixtisoslashtirish, kooperastiyalashtirish bilan bog’liq ichki, tarmoqlararo ishlab chiqarish texnologik majmualarining paydo bo’lishi, rivojlanishi aniq ko’zga tashlana boshladi.
Mehnatni taqsimlashning, mamlakatlar o’rtasida ixtisoslashuvining chuqurlashuvi tamoyillari yangi, yanada ko’lamli muhim jarayonning – ishlab chiqarishni xalqaro umumlashtirishning ifodasi bo’ldi, buning ahamiyati iqtisodiy hodislar doirasidan chiqib, jahon siyosatida ham yangi davrning boshlanganligini anglatardi. Shu bilan birga xalqaro savdo sohasida ham sezilarli qayta o’zgarishlar yuz berdi, ulardan eng yirigi va barqarori – bu odatdagi tijorat savdosi rolining ichki firmalar almashuvi doirasida yoki uzoq muddatli kooperativ hamda pudrat munosabatlari asosida barqaror texnologik aloqalarga xizmat ko’rsatuvchi tovar ayriboshlashlarga nisbatan ancha pasayib ketishi bo’ldi. Bularning hammasi birga qo’shilib xo’jalik hayotining internastionallashuvini, ya’ni kapital, ishlab chiqarish, texnologiya, ilmiy tadqiqotlar jarayonini almashinuvini anglatadi. Xulosa shuki, xo’jalik hayotining internastinallashuvi–jahon iqtisodi rivojining muayyan bosqichi bo’lib, o’zaro bog’liq ikki jarayonni o’z ichiga oladi:

  • xalqaro mehnat taqsimotini rivojlantirish;

  • millatlararo xalqaro ishlab chiqarishni tashkil etish.

Ishlab chiqarishni umumlashtirish va xo’jalik hayoti internastionallashuvining yuksak darajasi xalqaro korparastiyalarning paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun iqtisodiy asosdir.
Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, etakchi pozistiyalarni AQSh, Yaponiya va Evropa Ittifoqi mamlakatlari egallamoqda, bular boshqalardan ancha ilgarilab ketishgan. 2017 yilda bu erda 100 yirik xalqaro korporastiyalardan 85 tasining shtab-kvartirasi joylashgan. Shuni ham aytish kerakki, barcha filiallarning ¾ tasi AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Franstiya va Germaniyaga to’g’ri kelmoqda.
Dunyo taraqqiyotining hozirgi sharoitida hech bir mamlakat, hatto eng qudratli hisoblangani ham yakka hokim bo’lishga qodir emas. Har yili maxsus ekspertlar tomonidan dunyo mamlakatlarining «globallashuv indeks»lari tuzib chiqiladi. Jumladan, 2017 yilda A.T.Kearney va Foreign Policy jurnali tomonidan dunyoning 64 mamlakati bo’yicha «Globallashuv indeksi» e’lon qilindi. Bu mamlakatlar hissasiga jahon aholisining 84%, jahon YaIMning 96% to’g’ri keladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling